soat
16
Glyukoza
1 soatlarda
10
kungacha
3,3-5,5 mmol/l
MV-KFK miokard infarktini tashhislashda muhim ko‘rsatgichlardan biri
hisoblanadi. Uning faolligi kasallik boshlangandan 4-6 soat o‘tgach ko‘tarila
boshlaydi hamda 12-18 soatdan keyin maksimal ko‘rsatgichga yetadi va 48-72
soatdan keyin me’yoriga qaytadi. Agar MI bilan og‘rigan
bemor qoni ikki marta
har 4 soatda tekshirilganda ham MV-KFK faolligi 25% dan yuqori bo‘lsa yoki u
asta - sekin ko‘tarilib borsa, ko‘rsatgich ishonchli musbat hisoblanadi.
Laktatdegidrogenazalar (LDG) faolligi KFK va MV-KFK nisbatan sekinroq
ko‘tarilib, uzoq vaqt saqlanib qoladi. Umumiy LDG faolligi jigar kasalliklarida,
O‘KS da, surunkali qon
aylanishi yetishmovchiligida, eritrositlar gemolizida,
megaloblast kamqonlikda, o‘pka arteriyasi tromboemboliyasida miokarditlarda,
har qanday yallig‘lanish bilan kechuvchi kasalliklarda, elektroimpuls davoda, og‘ir
jismoniy zo‘riqish va shunga o‘xshash qator holatlarda ham ko‘tariladi.
Aspartataminotransferazalar (AsAT) ham MI da tez (MI boshlangandan 24-
36 soat ichida) ko‘tariladigan fermentlar qatoriga kiradi. Kasallikning 4-7 kunida
AsAT me’yoriy ko‘rsatgichga qaytadi. AsAT faolligi
jigar kasalligida ham
ko‘tariladi. Ayni vaqtda jigar to‘qimasi shikastlanganda ko‘proq AlAT, yurak
kasalligida esa AsAT faolligi oshadi. MI da Ritis koeffisenti (AsAT/AlAT nisbati)
1,33 dan yuqori, jigar kasalliklarida esa ushbu ko‘rsatgich 1,33 dan past bo‘ladi.
Miokard infarktni EKG belgilari. MI da koronar qon aylanishini buzilishi
patologik o‘zgarishlarni uchta soxasi shakllanishiga olib keladi: nekroz, uni
atrofida ishemik shikastlanish va ishemiya.
Nekroz sohasi – patologik Q tishcha (davomiyligi 30 ms dan keng,
chuqurligi ≥1/3 -1/4R) paydo bo‘lishi, R tishcha amplitudasini pasayishi yoki QS
kompleksi;
Ishemik shikastlanish sohasi - RS-T oraliqni o‘rta chiziqdan yuqoriga
ko‘tarilishi (transmural MI da) yoki pastga tushishi (yurak mushaklarini
subendokardial shikastlanishida);
Ishemiya soxasi- koronar (teng yelkali, o‘tkir uchli) T tishcha
(subendokardial MI da yuqori musbat, va transmural MI da– manfiy).
MI ning har bir davrida o‘ziga xos EKG o‘zgarishlar (ST segmenti, T va
Q
tishchalari) rasmda keltirilgan.
Miokard infarktining turli davrlarida EKGda kuzatiladigan o‘zgarishlar
O‘ta o‘tkir davri (MI boshlanishidan 2 soatgacha)
toj tomirda qon oqimi
to‘xtashi va og‘riq xuruji paydo o‘lishi bilan bir necha daqiqa ichida yurak
mushagida subendokardial ishemiya yuzaga kelib, EKG da yuqori koronar T
tishchasi va RS-T oraliqni o‘rta chiziqdan pastga siljishi kuzatiladi.
Bu davrda
ishemik shikastlanish jarayoni epikardgacha tarqalgan bo‘lib, EKG da RS-T oraliq
o‘rta chiziqdan yuqoriga ko‘tarilgan bo‘ladi (transmural ishemik shikastlanish).
RS-T oraliq baland musbat T tishchasiga qo‘shilib ketadi va bitta fazali egrilik
hosil qiladi.
O‘tkir davri- qisqa vaqt, 1-2 kun ichida patologik Q tishcha paydo bo‘lishi, R
tishcha amplitudasini pasayishi yoki QS kompleks shakllanishi nekroz o‘chog‘i
paydo bo‘lganligi va uni kengayganligidan dalolat beradi. Bir vaqtning o‘zida
avval musbat keyin manfiy T tishchasi bilan qo‘shilgan RS-T oraliqni o‘rta
chiziqdan yuqoriga ko‘tarilishi bir necha kun saqlanib turadi. Keyin u bir necha
kun ichida sekin - asta o‘rta chiziqqa yaqinlashadi va kasallikning birinchi haftasini
oxiri yoki ikkinchi haftasi boshida izoelektrik chiziqqa keladi . Bu ishemik
shikastlanish sohasini kamayganligini bildiradi.
Manfiy koronar T chuqurlashib,
simmetrik bo‘lib qoladi va o‘tkirlashadi (T tishchani qayta inversiyasi).
MI ni o‘tkir osti bosqichida patologik Q tishcha yoki QS kompleksi (nekroz)
qayd etiladi va manfiy koronar T tishchasi (ishemiya) amplitudasi MI ning 20-21
kunidan boshlab pasaya boradi. RS-T oraliq o‘rta chiziqqa yaqinlashadi.
Kasallikning chandiqlanish davri uzoq vaqt davom etib, bir necha yillar
davomida EKG da patologik
Q tishcha yoki QS kompleks, bir oz manfiy yoki
silliqlashgan yoki musbat T tishcha saqlanib qoladi. Shunday qilib Q tishchali MI
ning o‘tkir davrining asosiy belgilar quyidagilar xisoblanadi:
Patologik Q tishcha paydo bo‘lishi, QS kompleks shakllanishi;
RS-T oraliq elivasiyasi (kutarilishi);
Manfiy (koronar) T tishcha.
MI joylashishi va uning tarqalishiga bog‘liq holda EKG dagi o‘zgarishlar
ma’lum bir tarmoqlarda kuzatiladi. MIga xos bo‘lgan o‘zgarishlar nekroz o‘chog‘i
joylashish sohasiga ko‘ra EKGdagi ma’lum bir tarmoqlarda kuzatiladi.
Dostları ilə paylaş: