Toshkent tibbiyot akademiyasi miokard infarkti, atipik kechishi, asoratlari


Miokart infarktining atipik klinik turlari



Yüklə 1,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/34
tarix08.05.2023
ölçüsü1,15 Mb.
#109453
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   34
2.МИ. Ўқув-услубий қўлланма Лотин

Miokart infarktining atipik klinik turlari
 Astmatik– yurak astmasi yoki o‘pka shishining klinik belgilari bilan 
namoyon bo‘ladi. Bemorlar havo yetishmaslik hissi, yo‘tal avval quruq, keyin 
pushti rang ko‘pikli balg‘am ajralishiga shikoyat qiladilar. Ular ortopnoe holatida 
bo‘lib, o‘pka ustida krepitasiya va mayda pufakchali nam xirillashlar eshitiladi. MI 
ning ushbu turi ko‘proq qariyalarda, QD bilan og‘rigan bemorlarda va qayta MI da 
kuzatiladi. 
 Aritmik– yurakning o‘tkir ritm va o‘tqazuvchanligining buzilishlari bilan 
kechadi. Bunday holatda tipik og‘riq sindromi yaqqol nomoyon bo‘lmaydi. 
Bemorlar aksariyat hollarda to‘satdan yurak tez-tez, noto‘g‘ri, to‘xtab-to‘xtab 
urishiga, havo yetishmasligiga, bosh aylanishiga shikoyat qiladilar. Bu turdagi MI 
da hilpillovchi aritmiya, qorinchalar yoki supraventrikulyar taxikardiya 
paroksizmlari, ekstrasistoliyalar (ko‘proq politop), Giss tutami oyoqchalari va 
atroventrikular blokadalar kuzatiladi; 
 Abdominal–yurakning pastki bazal sohasida rivojlangan MI da kuzatilib, 
epigastral sohadagi og‘riqlar, ko‘ngil aynishi, yengillik olib kelmaydigan qayd 
qilish, meteorizm, oshqozon-ichak tizimi parezlari bilan kechadi;
 Syerebrovaskulyar – koronar qon tomirlar bilan bir qatorda, bosh miya qon 
tomirlari trombozi (spazmi) natijasida bemorlarda obmork yoki insultning klinik 
belgilari (bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi, qayd qilish, sinkopal holatlar, 
gemiparezlar, paralichlar, ruhiy buzilishlar) bilan namoyon bo‘ladi. Bu turdagi MI 
aksariyat hollarda miya qon tomirlarida kuchli ateroskleroz rivojlangan keksa 
bemorlarda kuzatiladi; 
 Simptomsiz yoki kam simptomli–aksariyat hollarda QD bilan og‘rigan 
bemorlarda va SQAYe belgilari paydo bo‘lganda aniqlanadi. Bemorlar MIni 
qachon o‘tkazganlarini aniq aytib bera olmaydilar, tasodifan EKG tushirilganda 
aniqlanadi. 
Atipik turlarini tashhislashda EKG tekshirish usuli asosiy ahamiyat kasb 
etadi. MI da EKG da ST segmentining yoysimon ko‘tarilishi, qarama-qarshi 
tarmoqlarda uning diskordant siljishi, chuqur, kengaygan Q tishchasi paydo 
bo‘lishi, T tishcha amplitudasining ko‘tarilishi qayd etiladi. Keyin davolash 
jarayonida MI davrlariga ko‘ra ST segmentini o‘rta chiziqga kelishi, T tishcha 
amplitudasi pasayib chuqur, teng yelkali, manfiy T paydo bo‘lishi kuzatiladi.


MI yagona patognomik belgilarga ega emas va uni klinik - laborator hamda 
asbobiy tekshirishda aniqlanadigan belgilari o‘zgarib turadi. Uni tashhislashda 
jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) eksportlari tavsiya etgan quyidagi klinik, 
EKG va ferment o‘zgarishlariga asoslaniladi.
Miokard infarktiga xos bo‘lgan umumiy belgilar: 

Nitrogliserin bilan bartaraf etilmaydigan, uzoq vaqt (30 daqiqadan ko‘proq) 
davom etuvchi anginoz og‘riqlar; 

Kardiospesifik fermentlarning (tropanin 1 va T, kreatinfosfokinazaning MV 
fraksiyasi) ishonchli darajada oshishi; 

EKG dagi o‘zgarishlar (ST sigmentining depressiyasi va patologik Q 
tishchasining paydo bo‘lishi). 

Yüklə 1,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin