Orqa – bazal;
Orqa – yon devor;
Orqa - tarqalgan (orqa – diafragmal va orqa – yon devor);
Yon devor MI;
O‘ng qorincha MI.
4.Kasallikni bosqichlari:
Prodromal – infarktdan oldingi davr;
O‘ta o‘tkir davri – MI boshlanishidan 2 soatgacha;
O‘tkir davri – MI boshlanishidan 10 kungacha;
O‘tkir osti davri - 10 – kundan 4 - 8 hafta oxirigacha;
Infarktdan keyingi davr – aksariyat holatlarda 4 - 8 haftadan keyin.
Birlamchi miokard infarkti – bemor anamnezi, asbobiy tekshirishlar natijasida
avval MI o‘tqazmaganligi tasdiqlangan holda qo‘yiladi.
Qayta miokard infarkti - bemor anamnezi va asbobiy
tekshirishlar natijasida
avval MI o‘tqazganligi tasdiqlangan hamda oldingi MI dan 28 kun o‘tgandan keyin
boshqa toj arteriyasi qon bilan ta’minlovchi sohada yangi nekroz o‘chog‘i paydo
bo‘lganligini tasdiqlovchi belgilar kuzatilgan hollarda qo‘yiladi.
Residivlovchi miokard infarkti - MI o‘tkazgandan keyin 72 (3 kun) soatdan 28
kungacha vaqt ichida, ya’ni chandiqlanish jarayoni tugashidan oldin, MI ni klinik –
laborator belgilari qayta paydo bo‘lganda qo‘yiladi.
MI ning ko‘p uchraydigan asoratlari:
O‘tkir chap qorincha yetishmovchiligi (o‘pka shishi);
Kardiogen shok;
Yurak ritmi buzilishi;
Yurak o‘tkazuvchanligini buzilishi (SA va AV blokadalar,
Giss tutami
oyoqchalari blokadasi);
Yurakni ichki va tashqi yorilishi, yurak tamponadasi;
Aseptik perikardit;
Tromboemboliyalar;
Yurak anevrizmasi;
Dresler sindromi (perikardit, pnevmonit, plevrit);
Surunkali yurak yetishmovchiligi;
Yuqoridagilardan so‘nggi ikkitasi kech uchraydigan asoratlar guruhiga kiradi.
Dostları ilə paylaş: