rivojlanadi. Quyidagilar Q tishchali MI bilan og‘rigan bemorlarda o‘tkir chap
qorincha yetishmovchiligi rivojlanishiga olib keluvchi sabablar hisoblanadi:
Nekroz sohasini kattaligi (qorincha umumiy og‘irligini 25 – 30 % dan
ko‘proq);
Chap qorincha miokardi xamda infarkt oldi, ya’ni bevosita nekroz o‘chog‘i
bilan chegaradosh bo‘lgan soha (surunkali ishemiya holatida bo‘lgan –
gibernirlovchi miokard) qisqaruvchanligini keskin buzilishi;
Koronar qon aylanishini kamayishi (ko‘plab toj tomirlar shikastlanishi),
chandiq mavjudligi, miokard gipertrofiyasi, kardiomiositlar metabolizmi buzilishi
va boshqa sabablar hisobiga o‘zgarmagan miokard qisqaruvchanligini pasayishi;
Chap
qorinchani
remodellanishi,
jumladan
uni
dilatasiyasi,
qisqaruvchanligi asinergiyasi, chap qorincha anevrizmasi va boshqalar;
So‘rg‘ichsimon mushaklar disfunksiyasi (ishemiyasi, nekrozi, uzilishi)
hisobiga to‘satdan mitral qopqoqlar nisbiy yetishmovchiligini yuzaga kelishi;
To‘satdan qorinchalar aro to‘siqni yorilishi;
Qon bosimini ko‘tarilishi (so‘nggi yuklamani oshishi);
Aritmiyalarni yuzaga kelishi.
Dostları ilə paylaş: