Toshkent tibbiyot akademiyasi miokard infarkti, atipik kechishi, asoratlari


Antitrombotik va antiagregant davo



Yüklə 1,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/34
tarix08.05.2023
ölçüsü1,15 Mb.
#109453
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   34
2.МИ. Ўқув-услубий қўлланма Лотин

Antitrombotik va antiagregant davo barcha MI bilan og‘rigan bemorlarga 
buyuriladi. Aksariyat hollarda aspirin kuniga 325 mg dan kam bo‘lmagan 
miqdorda qo‘llaniladi. Bemorga ilk bor qobiqsiz aspirinni (250-325 mg) chaynab 
ichish tavsiya etiladi. Uni qo‘llashga qarshi ko‘rsatma bo‘lsa (oshqozon va 12 
barmoq ichak yara kasalligini qo‘zish davri, qon ketish, jigarni og‘ir kasalliklari, 
dori vositasini ko‘tara olmaslik), bemorga trombositlarni ADF -reseptorlari 
ingibitorlari tiklopedin yoki klopidogril beriladi. Ayni vaqtda aspirinni klopidogril 
bilan birga qo‘llash samarali hisoblanadi. 
Trombolitik davo. Bemorlarni keyingi bosqichda davolash infarkt turidan (Q 
tishchali yoki Q tishchasiz) kelib chiqqan holda olib boriladi. EKG da Q tishcha 
bo‘lmay faqat RS-T oraliq va T tishcha o‘zgarganda keyingi bosqichdagi davolash 
tamoyillari nostabil stenokardiyadagidek o‘tkaziladi. 
EKG da Q tishcha mavjud bo‘lishi trombolitik davo olib borishga ko‘rsatma 
hisoblanadi. Trombolitik davo RS-T oraliqni turg‘un ko‘tarilishi bilan kechgan 
O‘KS aniqlangan bemorlarda toj tomirlardagi qon aylanishini tiklashning 
(reperfuziya) asosiy usuli hisoblanadi. Ko‘plab ko‘p markazli randomizirlangan 
izlanishlar ushbu gurux dori vositalarini qo‘llash MI dan o‘limni keskin (o‘rtacha 
hisobda 20 % ga) kamaytirishini tasdiqlagan. MI ning birinchi soatlarida fibrinli 
trombni eritish xususiyatiga ega bo‘lgan turli fibrinolitik preparatlarni tomir ichiga 


yuborish aksariyat bemorlarda koronar qon aylanishini tiklanishiga olib keladi. 
Trombolitik davoni MI boshlangandan bir soat ichida (lekin 12 soatdan kech 
bo‘lmagan davrda) kasalxonagacha bo‘lgan davrda boshlash samarali hisoblanadi.
MI tida kuzatiladigan bir qator klinik holatlarda o‘lim xavfi yuqori bo‘lganligi 
sababli zudlik bilan trombolitik davo boshlash maqsadga muvofiq hisoblanadi va 
ular quyidagilar: o‘pkada dimlanish belgilari bilan kechuvchi avj olib boruvchi 
yurak yetishmovchiligi, o‘pka shishi, kardiogen shok, anamnezida avval miokard 
infarkti o‘tqazganligi, o‘ng qorincha miokard infarkti, yondosh qandli diabet va 
boshqalar. 
Trombolitik davoga mutlaq va nisbiy qarshi ko‘rsatmalar: 
Mutlaq: 
 Davom etayotgan ichki qon ketish; 
 Anamnezda bosh miya insulti; 
 Yaqinda (so‘nggi ikki oy) o‘tkazilgan bosh yoki orqa miya jarohati yoki 
jarrohlik amaliyoti;
 Bosh miya o‘smasi, arteriovenoz shuntlar yoki anevrizmalar; 
 Gemorragik diatezlar; 
 Og‘ir boshqarib bo‘lmaydigan arterial gipertenziya.
Nisbiy: 
 Yaqinda (10 kundan ko‘p bo‘lmagan vaqt ichida) “katta” jarroxlik 
amaliyoti (aorto- kororar shuntlash, akusherlik muolijasi, a’zolardan 
biopsiya olish va boshqalar) o‘tkazganlik; 
 Bosh miya qon tomirlari kasalligi; 
 Yaqinda (10 kundan ko‘p bo‘lmagan vaqt ichida) oshqozon ichak tizimi 
yoki jinsiy – siydik chiqarish a’zolaridan qon ketish;
 Yaqinda (10 kundan ko‘p bo‘lmagan vaqt ichida) olingan jarohat; 
 Sistolik qon bosimini 180 va/yoki diastolikni 110 mm.sim.ust. va undan 
yuqori bo‘lishi; 
 Chap bo‘lmacha va qorincha trombozi rivojlanish ehtimoli yuqoriligi (chap 
atriventrikulyar teshikni torayishi yoki hilpillovchi aritmiya); 
 O‘tkir perikardit; 
 Bakterial endokardit; 
 Gemostaz tizimi va jigar hamda buyrak kasalliklari natijasida yuzaga 
kelgan o‘zgarishlar; 
 Tug‘ma jigar yetishmovchiligi; 
 Homiladorlik; 
 Diabetik gemorragik retinopatiya yoki boshqa sabablar natijasida yuzaga 
kelgan oftalmologik holatlar;


 Septik tromboflebit yoki atrioventrikulyar kateterni infeksiya tushish 
ehtimoli yuqori bo‘lgan sohada tromb paydo bo‘lishi; 
 Yoshi 75 dan yuqori bo‘lgan bemorlar; 
 Antikoagulyantlarni (masalan varfarin) ichish davom ettirilganda.
Streptokinaza 1,5 mln birlikda 100 ml 0,9% li izotonik eritmada 30-60 daqiqa 
davomida tomir ichiga tomchilab yuboriladi. Streptokinaza qo‘llanilganda 
bemorning QB tushib ketishi yoki allergik reaksiya rivojlanishi mumkin. Ushbu 
preparat juda yuqori allergenlik xususiyatiga ega bo‘lganligi sabbali uni faqat olti 
oydan keyin qayta qo‘llash mumkin.
Streptokinazaga allergiyasi bo‘lgan bemorlarga plazminogen to‘qima 
aktivatori (faollashtiruvchisi) altepaza qo‘llaniladi. Fibrinolitik vositalarni qayta 
yuborishga zaruriyat tug‘ilganda streptokinazadan keyin altepaza yuborish 
mumkin. Chunki streptokinazani qayta qo‘llash anafilaktik reaksiya chaqirishi 
mumkin.
Alpalaza avval 15 mg bolyus yo‘li bilan vena ichiga, keyin 30 daqiqa 
davomida bir kg tana vazniga 0,75 mg va undan so‘ng 60 daqiqa davomida 0,5 mg 
yuboriladi. Umumiy miqdori tomir ichiga tomchilab 100 mg bo‘lishi kerak. 
Urokinaza 2 mln yoki 1,5 mln birlikdan bolyus yo‘li bilan vena ichiga, keyin 
5 mln birlikda bir soat davomida tomir ichiga tomchilab.

Yüklə 1,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin