Toshkent tibbiyot akademiyasi



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə3/10
tarix01.01.2017
ölçüsü1,1 Mb.
#4040
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10

3. Ma'ruzalar.

3.1. Ma'ruzalar mavzu rejasi



Ma'ruzaning mavzusi

Soat

1

Fizioterapiya fani masalalari. Fizik omillarning klassifikatsiyasi. Fizik omillarning ta'sir mexanizmi. Ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar.

2

2

Sun'iy omillar.Elektr toki bilan davolash. Elektr toki bilan davolash (doimiy va impulsli toklar). Stomatologiyada qo‘llaniladigan xususiy usullari va o‘ziga xos xususiyatlari.

2

3

Sun'iy omillar. O‘zgaruvchan toklar. O‘zgaruvchan elektr va magnit maydonlar.Yorug‘lik bilan davolash. Ultratovush bilan davolash. Suv va issiqlik bilan davolash. Stomatologiyada qo‘llaniladigan xususiy usullari va o‘ziga xos xususiyatlari.

2


Jami6 soat
3.2. Ma'ruzamatnlariningmazmuni

Ma'ruza 1. Fizioterapiya fani masalalari. Fizik omillarning klassifikatsiyasi. Fizik omillarning ta'sir mexanizmi. Ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar. 2 soat

Fizioterapiya tarixi. Ibn Sinoning fizioterapiya sohasidagi ilmiy merosi. Umumiy va xususiy fizioterapiyani o‘rganish maqsadi va vazifalari. Fizik muolajalar yordamida kasallikning oldini olish. Fizik omillarning ta'sir mexanizmi. Fizioterapiyaning asosini tashkil qiluvchi fizik omillar, klassifikatsiyasi. Umumiy ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar.



Ma'ruza 2. Sun'iy omillar. Elektr toki bilan davolash. Elektr toki bilan davolash (doimiy va impulsli toklar). Stomatologiyada qo‘llanila-digan xususiy usullari va o‘ziga xos xususiyatlari. 2 soat

Galvanik tokning fizik xarakteristikasi. To‘qima va xujayralarda ro‘y beradigan biofizik jarayonlar. Doimiy tokning odam organizmiga ta'siri. Ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar. Elektroforez usulining afzalliklari. Dori moddalarini yuborish qoidalari, ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar.

Impuls toklari, shakli va chastotasiga binoan tafsif berish (elektrouyqu, DDT, amplipuls, flyuktuarizatsiya). Ularning ta'sir mexanizmi, ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar, elektr tashhis qo‘yish, elektr qo‘zg‘atuvchanlik.

Stomatologiyada qo‘llaniladigan xususiy usullari.



Ma'ruza 3. Sun'iy omillar. O‘zgaruvchan toklar. O‘zgaruvchan elektr va magnit maydonlar.Yorug‘lik bilan davolash. Ultratovush bilan davolash. Suv va issiqlik bilan davolash. Stomatologiyada qo‘llaniladigan xususiy usullari va o‘ziga xos xususiyatlari. 2soat

O‘zgaruvchan toklarning fizik xarakteristikasi. Yuqori chastotali terapiya usullari, ularni tebranish chastotasi, energiyani yuborish usullari va apparat tuzilishiga binoan farqi (darsanvalizatsiya, ultra yuqori va o‘ta yuqori chastotali toklar). O‘zgaruvchan tok va yuqori chastotali tebranishlar ta'siri ostida to‘qimalarda ro‘y beradigan biofizik hodisalar. Har bir omilning fiziologik ta'siri. Stomatologiyada xususiy ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar. Magnit maydonining fizik tavsifi. Ko‘rsatma, qarshi ko‘rsatmalar,

Ultratovush terapiya. Fizik omil tavsifi. Muhitga qarab ultratovushni yutilishi. Ultratovushning asosiy dozimetrik parametrlarni organizmga ta'siri. Ko‘rsatma, qarshi ko’rsatmalar.

Yorug‘lik bilan davolash. Yorug‘lik oqimining fizik xarakteristikasi. Turli spektrdagi nurlarning biologik ta'siri. Organizmda kechadigan fotobiologik jarayonlar. Biodoza haqida tushuncha.

Balchiq bilan davolash (peloidoterapiya). Balchiq turlari va uning tarkibi. Balchiqning asosiy fraksiyalari va qo‘llash usullari,ta'sir mexanizmi va organizm reaksiyasi. Ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar. Parafin va ozokeritning xususiyatlari va tarkibi. Ta'sir mexanizmi. Organizmning fiziologik reaksiyasi. Qo‘llash usullari. Ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar.

Suv bilan davolash. Chuchuk suv bilan davolash - gidroterapiya, mineral suv bilan davolash - balneoterapiya. Mahalliy va umumiy suv muolajalari. Suvlarning umumiy va xususiy ta'siri, tashqi va ichki qo‘llanish usullari, ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar.



Integral ma'ruza: (Gorizontal integratsiya) «Fizioterapiyaga kirish. Stomatologik kasalliklarni oldini olishda va davolashda fizik omillarning roli» Ma'ruzaning maksadi: Talabalarga stomatologik kasalliklarni oldini olishda va davolashda fizik omillarning roli bilan tanishtirish. Ma'ruza stomatologiya fakultetining 5 kurs talabalariga mo‘ljallangan. Ma'ruzachilar: Terapevtik stomatologiya kafedraning professor, t.f.d. Kamilov X.A., Xalq tibbiyoti, reabilitologiya va jismoniy tarbiya kafedraning katta o‘qituvchisi Visogorseva O.N. Muddat: 9 semestr.

Eslatma:ma'ruzalar multimediya ko‘rinishida berilgan.



Adabiyotlar: A. 1,2,3,4,5,6,7.

Q.1,4,6,7,9,10.



4. Amaliy mashg‘ulotlar mavzulari

Ama

liy mash-

g‘ulot


Mos keluvchi ma'-ruza

Soat

Mavzular nomi va ularning bo‘limlar bo‘yicha mazmuni.

Adabiyotlar

1

2

3





1,2

2,3


3

6

6

5




Elektr toki bilan davolash: Doimiy va impulsli toklarning stomatologiyadaahamiyati.

Galvanizatsiya. Elektroforez. Elektrouyqu. Diadinamoterapiya. Amplipulsterapiya. Fizioterapevtik muolajalarda qo‘llani-ladigan fizik omillarga tafsif, ta'sir mexanizmi, fiziologik ta'siri, qo‘l-laniladigan fizik apparatalar, usullari, ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar, dozirov-kasi. Stomatologiyada qo‘llaniladigan xusu-siy usullari va o‘ziga xos xususiyatlari.

«Kim tezrok, kim ko‘prok», klaster tuzish, Venna diagramasi usullarini o‘tkazish.

Ultrayuqori chastotali va o‘ta yuqori chastotali terapiya. Darsonvalizatsiya. Magnitoterapiya. Ultratovush bilan davolashni stomatologiyada o‘ziga xosligi.

Fizioterapevtik muolajalarda qo‘llaniladigan fizik omillarning tavsifi, ta'sir mexanizmi, fiziologik ta'siri, qo‘llaniladigan fizik apparatalar, usullari, ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar, me'yorlash. Stomatologiyada qo‘llaniladigan xususiy usullari va o‘ziga xos xususiyatlari.

“Venna diagramasi” va “Birgalikda o‘rganamiz” usullarini o‘tkazish.

Yoruglik bilan davolash. Aerozolterapiya. Aeroionoterapiya. Gidroaeroionoterapiya. Suv va issiqlik bilan davolash. Peloidoterapiya.

Fizioterapevtik muolajalarda qo‘llaniladigan fizik omillarga tavsif, ta'sir mexanizmi, fiziologik ta'siri, qo‘llaniladigan fizik apparatalar, usullari, ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar, me'yorlash. Balchiq bilan davolash (peloidoterapiya). Balchiq turlari va uning tarkibi. Balchiqning asosiy fraksiyalari va qo‘llash usullari, ta'sir mexanizmi va organizm reaksiyasi. Ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar. Parafin va ozokeritning xususiyatlari va tarkibi. Ta'sir mexanizmi. Organizmning fiziologik reaksiyasi. Qo‘llash usullari. Ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar. Stomatologiyada qo‘llaniladigan xususiy usullari va o‘ziga xos xususiyatlari.

“Grafik organayzerlar tuzish” usuli va keys-stadi texnologiyasi foydalanadilar.


A.1,2,3,4,5,6

7,9,12,13,14

Q.4,5,6,9,11

A.1,2,3,4,5,6,8,12,13,14

Q.4,5,8,10,11

A.1,2,3,4,6,7,9,12,13

Q.1,2,4,5,6



5. Mustaqil ish

Mashg‘ulot №

Mos keluv-chi

Ma'-ruza №

Mustaqil ishlar mavzusi va mazmuni

Ajra-tilgan

soatlar

Adabiyotlar

1

1

1



2
2

2

2



3

3

3



2,3

2

2



2
1,2

1,2


1, 2

3


2,3

2,3


Stomatologiyada elektroanalgeziya. Elektroodontodiagnostika.

Diadinamoterapiya, amplipulsterapiya, flyuktuorizatsiya. Ta'sir mexanizmi. Usullari, me'yorlash, apparatlar. Ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar.



Stomatit va gingivitlarni davolashda dorili elektroforezning ahamiyati.

Kasallikning turli davrlarida qo‘llash xususiyatlari, Ta'sir mexanizmi. Usullari, me'yorlash, apparatlar, ko‘rsatma va qarshi ko’rsatmalari.



Insonning yoshiga qarab fizik muolajalarning qo‘llanilish aspektlari. Pediatriyada va geriatriyadagi turli fizik omillarni me'yorlash muammolari.

ChPJB artrit va artrozlarni davolashda ultrafonoforezni qo‘llash.

Fizik omil, ta'sir mexnizmi, zamonaviy qo‘llanilish usullari, fizik apparatlar.



Yuz nervi jarohatlari va kasalliklarida sun'iy fizik omillarni qo‘llash.

Fizik omillari, ta'sir mexnizmi, zamonaviy qo‘llanilish usullari, fizik apparatlar, ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar. To’laqon kompleks tuzish.



Yuz jag‘ sohasining yallig‘lanish jarayonlarida operatsiyadan keyingi davrda fizik omillarni qo‘llash.

Fizik omillari, ta'sir mexnizmi, zamonaviy qo‘llanilish usullari, fizik apparatlar, ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar. To’laqon kompleks tuzish.



Uch shoxli nerv kasalliklarida fizioterapevtik omillar.

Fizik omillari, ta'sir mexnizmi, zamonaviy qo‘llanilish usullari, fizik apparatlar, ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar. To’laqon kompleks tuzish.



Stomatologiyada lazer bilan davolash.

Magnitolazer, lazerapunktura. Lazer nurlari bilan ta'sir etish. Stomatologik kasallikning o‘tkir davrida qo‘llash xususiyatlari. Usullari, dozalari, apparatlar, ko‘rsatma va qarshi ko’rsatmalari.



Sialitlarni davolashda fizik omillarning roli. Fizik omillari, ta'sir mexnizmi, zamonaviy qo‘llanilish usullari, fizik apparatlar, ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar. To’laqon kompleks tuzish.

Yuz-jag‘ sohasini plastik va tiklanish operatsiyalaridan so‘ng davolovchi fizik muolajalarni qo‘llash.

Fizik omillari, ta'sir mexnizmi, zamonaviy qo‘llanilish usullari, fizik apparatlar, ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar. To’laqon kompleks tuzish.



2

2

2



2
2

2

2



2

2

1



A. 1,2,3,5,6,7

Q. 5,6,12

A. 3,4,5,6,7

Q.5,6,12


A. 1,2,3,5,6,7

Q.2,6,8,12

A. 3,4,5,6,7

Q.5,6,12

A. 3,4,5,6,7

Q.5,6,12
A. 3,4,5,6,7

Q.5,6,12

A. 3,4,5,6,7

Q.5,6,12

A. 3,4,5,6,7

Q.5,6,12
A. 3,4,5,6,7

Q.5,6,12


A. 3,4,5,6,7

Q.5,6,12



6. Fan bo‘yicha ko‘nikma, malakalar va bilimlarini baholash kriteriyalari va reyting nazorati

Talabaning tayyorgarlik sifatini belgilovchi asosiy kriteriyasi uning reytingi hisoblanadi, bu esa joriy va yakuniy nazorat baholarining yig‘indisidan chiqariladi.

Fan bo‘yicha 100 ball kuyidagicha taqsimlanadi:



Nazorat turi

Maksimal ball

Koeffitsient

O‘tish ball

1.

Joriy nazorat

50

0,5

27,5

2.

Yakuniy nazorat

50

0,5

27,5




JAMI

100

1

55,0

Amaliy mashg‘ulotlarni baholash kriteriyasi bo‘lib, talabaning mashg‘ulotga tayyorgarligi va vazifalarni, mustaqil ishini bajarish sifati baholarining yig‘indisidan kelib chiqadigan joriy bahosi hisoblanadi.

Joriy nazoratni baholash mezoni




O‘zlash-tirish %


Baho

Talabaning bilim darajasi

1

96-100


A'lo


«5»

Mavzu bo‘yicha o‘z fikrini to‘liq bayon etadi, barcha berilgan savollarga to‘liq to‘g‘i javob beradi, tahlil qiladi va xulosa chiqaradi, ijodiy fikrlaydi, auditoriyada mavzuni muhokama qilishda faol qatnashadi. Mavzu bo‘yicha vaziyatli masalalarni yechadi, test savollariga to‘liq va to‘g‘ri javob beradi. Erkin tasavvurga ega bo‘lib, kerak bo‘lganda o‘qituvchi bilan o‘z fikrini almasha oladi. TMI 10 ta manbadan oshiq bo‘lgan internet va oxirgi yillar adabiyotlari ma'lumotlaridan foydalanib yozilgan yuqori sifatli referatlar, slaydlar, banerlar, videofilmlar majmuasi tayyorlangan.

2

91-95


Mavzu bo‘yicha o‘z fikrini to‘liq bayon etadi, barcha berilgan savollarga to‘liq to‘g‘ri javob beradi, tahlil qiladi va xulosa chiqaradi, ijodiy fikrlaydi, auditoriyada mavzuni muhokama qilishda faol qatnashadi, mustaqil mushohada yuritadi. Mavzu mohiyatini tushuntira oladi, erkin tasavvurga ega bo‘ladi, o‘qituvchi bilan bemalol fikr almasha oladi. TMI 10 ta manbadan oshiq bo‘lgan internet va oxirgi yillar adabiyotlari ma'lumotlaridan foydalanib yozilgan yuqori sifatli referatlar, slaydlar, banerlar majmuasi.

3.

86-90

Mavzu bo‘yicha o‘z fikrini yetarli darajada bayon etadi, barcha berilgan savollarga to‘g‘ri javob beradi, tahlil qiladi va xulosa chiqaradi, ijodiy fikrlaydi, auditoriyada mavzuni muhokama qilishda qatnashadi. Mavzu bo‘yicha amaliy ish natijalari bo‘yicha mustaqil tekshirish bayonnomasini to‘ldiradi. TMI 10 ta manbadan oshiq bo‘lgan internet va oxirgi yillar adabiyotlari ma'lumotlaridan foydalanib yozilgan yuqori sifatli referatlar, slaydlar majmuasi.

4

81-85

Yaxshi


«4»

Mavzu bo‘yicha o‘z fikrini yetarli darajada bayon etadi, barcha berilgan savollarga to‘g‘ri javob beradi, tahlil qiladi va xulosa chiqaradi, ijodiy fikrlaydi, auditoriyada mavzuni muhokama qilishda qatnashadi. TMI 8-10 ta manbali internet va oxirgi yillar adabiyotlari ma'lumotlaridan foydalanib yozilgan, chiroyli rasmiylashtirilgan, 15-20 ta bir turdagi animatsiyali referatlar. Barcha ma'lumotlarni to‘liq hajmda ko‘rsatib beradi, biroq zerikarli rasmiylashtirilgan.

5

76-80

Javoblar to‘g‘ri, ammo to‘liq emas, o‘qituvchining qo‘shimcha savollari bo‘yicha kamchilikni to‘ldiradi, mavzuni muhokama qilishda yetarlicha faol. Auditoriyadagi topshiriklarni bajarishda qatnashadi. TMI 5-8 ta manbali internet va oxirgi yillar adabiyotlari ma'lumotlaridan foydalanib yozilgan, chiroyli rasmiylashtirilgan, 10-15 ta bir turdagi animatsiyali referatlar. Barcha ma'lumotlarni to‘liq hajmda ko‘rsatib beradi, biroq zerikarli rasmiylashtirilgan.

6.

71-75

Mavzuni muhokama qilishda yetarlicha faol, ammo xatoliklarga yo‘l qo‘yadi. Auditoriya ishlarini bajarishda qatnashadi, kerakli yozishlarni amalga oshiradi. TMI 3-5 ta manbali internet va oxirgi yillar adabiyotlari ma'lumotlaridan foydalanib yozilgan, chiroyli rasmiylashtirilgan, 5-10 ta bir turdagi animatsiyali referatlar. Barcha ma'lumot-larni to‘liq hajmda ko‘rsatib beradi, biroq zerikarli rasmiylashtirilgan.

7.

66-70


Qoniqarli

«3»


Javoblar 50% ga to‘g‘ri, ammo berilgan savolning mohiyatini tushunadi; topshiriqlarni bajara oladi, biroq unda 2-3 xatoliklarga yo‘l qo‘yadi.

8


61-65



Javoblar 50%ga to‘g‘ri, savol mohiyatini hamma vaqt ham to‘g‘ri tushunmaydi, topshiriqlarni o‘qituvchi yordamida bajaradi va shunda ham 2-3 ta xatoga yo‘l qo‘yadi. 2-3 ta manbali internet va oxirgi yillar adabiyotlari ma'lumotlaridan foydalanib qoniqarli yozilgan referatlar. Referat chiroyli rasmiylashtirilgan, biroq xatolari bor, ketma-ketlikka rioya qilinmagan holda, mavzu yarim chala ochib berilgan. Mavzuning yarim mazmunini ochgan 5-10 ta bir xil turdagi animatsiyali, monitor rasmiylashtirilgan slaydlar majmuasi tayyorlangan. Stendlar, bannerlar yoki laminatsiya qilingan materiallar ma'lumotlarning yarmini o‘z ichida mujassamlab, sifatsiz rasmiylashtirilgan.

9


55-60


Javoblar 40% ga to‘g‘ri,javob berishda yanglishib ketadi, savol mohiyatini hamma vaqt to‘g‘ri tushunmaydi, topshiriqlarni boshqa talaba yoki o‘qituvchi yordamida bajaradi. 2-3 ta manbali internet va oxirgi yillar adabiyotlari ma'lumot-laridan foydalanib qoniqarli yozilgan referatlar. Referat chiroyli rasmiylashtirilmagan, xatolari bor, ketma-ketlikka rioya qilinmagan holda, mavzuni ochib berilmagan. Mavzuning yarim mazmunini ochgan 5-10 ta bir xil turdagi animatsiyali, monitor rasmiylashtirilgan slaydlar majmuasi tayyorlangan. Stendlar, bannerlar yoki laminatsiya qilingan materiallar ma'lumotlarning yarimini o‘z ichida mujassamlab, sifatsiz rasmiylashtirilgan.

10


54-30


Qoniqarsiz

«2»


40% gacha to‘g‘ri javob bera oladi, javoblar aniq emas, topshiriqlarni bajara olmaydi. Uy vazifasi bajarilmagan. Referat yomon rasmiylashtirilgan, xatolari bor, ketma-ketlikka rioya qilinmagan holda, mavzuning mazmunini ochib bermagan. 1-2 ta internet va adabiyotlar ma'lumotlaridan foydalanilgan. Mavzuning yarimidan kam qismini ochgan 10 dan kam bir xil turdagi animatsiyali, monitor rasmiylashtirilgan slaydlar majmuasi tayyorlangan. Stendlar, bannerlar yoki laminatsiya qilingan materiallar kam ma'lumotlarni o‘z ichida mujassamlab, sifatsiz rasmiylashtirilgan.

11

30-20


Amaliy mashg‘ulotga qatnashadi, formada, daftari bor. Uyga berilgan vazifa bajarilmagan.Talaba mustaqil ish vazifalarini bajarmagan.



TMI tekshirish mezonlari



O‘zlash-tirish %

Baholash

Talabaning bilim darajasi

1.

86-100

A'lo «5»

10 ta manbadan oshiq bo‘lgan internet va oxirgi yillar adabiyotlari ma'lumotlaridan foydalanib yozilgan yuqori sifatli referatlar. Mavzusi to‘liq va har tomonlama ochib ko‘rsatilgan referatlar, matni mantiqiy ketma-ketlikda yozilgan, referatni tayyorlashda talaba eruditligini, bilimlarining chuqurliligini va savodxon ekanligini namoyish etdi. Referat chiroyli rasmiylashtirilgan. Mavzuni to‘liq ochib beruvchi 30 dan ortiq animatsiyali, zamonaviy ma'lumotlardan foydalangan, aniq va chiroyli slaydlar majmuasi tayyorlangan. Stendlar, bannerlar yoki laminatsiya qilingan materiallar yuqori saviyada tayyorlangan, materiallar mantiqan to‘g‘ri yozilgan, sifatli, aniq va chiroyli rasmiylashtirilgan, barcha ma'lumotlarni to‘liq hajmda ko‘rsatib beradi.

2.

71-85

Yaxshi

«4»


3-5 ta manbali internet va oxirgi yillar adabiyotlari ma'lumotlaridan foydalanib yozilgan referatlar. Referat chiroyli rasmiylashtirilgan, xatosiz, mantiqan to‘g‘ri yozilgan, mavzu to‘liq ochib berilgan. Mavzuni ochib beruvchi 15-20 ta bir turdagi animatsiyali, zamonaviy ma'lumotlardan foydalangan, bir ko‘rinishda rasmiylashtirilgan slaydlar majmuasi tayyorlangan. Stendlar, bannerlar yoki laminatsiya qilingan materiallar yuqori saviyada tayyorlangan, barcha ma'lumotlarni to‘liq hajmda ko‘rsatib beradi, biroq zerikarli rasmiylashtirilgan.

3.

55-70

Qoniqarli «3»

2-3 ta manbali internet va oxirgi yillar adabiyotlari ma'lumotlaridan foydalanib qoniqarli yozilgan referatlar. Referat chiroyli rasmiylashtirilgan, biroq xatolari bor, ketma-ketlikka rioya qilinmagan holda, mavzu yarim chala ochib berilgan. Mavzuning yarim mazmunini ochgan 10-15 ta bir xil turdagi animatsiyali, monitor rasmiylashtirilgan slaydlar majmuasi tayyorlangan. Stendlar, bannerlar yoki laminatsiya qilingan materiallar ma'lumotlarning yarimiini o‘z ichida mujassamlab, sifatsiz rasmiylashtirilgan.

4.

0- 54

Qoniqar-siz «2»

Referat yomon rasmiylashtirilgan, xatolari bor, ketma-ketlikka rioya qilinmagan holda, mavzuning mazmunini yarimidan kam qismini ochib bergan. 1-2 ta internet va adabiyotlar ma'lumotlaridan foydalanilgan. Mavzuning yarimidan kam qismini ochgan 10 dan kam bir xil turdagi animatsiyali, monitor rasmiylashtirilgan slaydlar majmuasi tayyorlangan. Stendlar, bannerlar yoki laminatsiya qilingan materiallar kam ma'lumotlarni o‘z ichida mujassamlab, sifatsiz rasmiylashtirilgan.


Yakuniy nazorat mezonlari




O‘zlash-tirish %

Baho

Talabaning bilim darajasi

1.

96-100

A'lo «5»


O‘rgatuvchi nazorat qiluvchi dastur hamma savollariga to‘g‘ri, aniq, ketma-ketlikka rioya qilgan holda javoblar berilgan.

2.

91-95


O‘rgatuvchi nazorat qiluvchi dastur hamma savollariga javoblar to‘g‘ri, ammo ketma-ket javob berishda to‘g‘irlangan hollari kuzatildi.

3.

86-90


O‘rgatuvchi nazorat qiluvchi dastur hamma savollariga javoblar to‘g‘ri, ammo ketma-ketlikka rioya qilinmagan.

4.

81-85

Yaxshi «4»



O‘rgatuvchi nazorat qiluvchi dastur hamma savollariga javoblar to‘g‘ri, ammo ketma-ketlikda 1 ta ahamiyatsiz xato bor.

5.

76-80

O‘rgatuvchi nazorat qiluvchi dastur hamma savollariga javoblar to‘g‘ri, ammo ketma-ketlikda 1-2 ta xato bor.

6.

71-75


O‘rgatuvchi nazorat qiluvchi dastur savollariga javob berishda xatolar bor(30%). Javoblar ketma-ketligida bir necha to‘g‘irlangan hollari kuzatildi.

7.

66-70


Qoniqarli «3»

O‘rgatuvchi nazorat qiluvchi dastur savollariga javob berishda xatolar bor(40%). Javoblar ketma-ketligi buzilgan.

8

61-65


O‘rgatuvchi nazorat qiluvchi dastur savollariga javob berishda xatolar bor, 45% javoblar noto‘g‘ri yozilgan hamda ketma-ketlik buzilgan.

9.

55-60


O‘rgatuvchi nazorat qiluvchi dastur savollariga javob berishda xatolar bor, 55% javoblar noto‘g‘ri yozilgan hamda ketma-ketlik ko‘p hollarda buzilgan.

10

54 -30

Qoni-qarsiz «2»



O‘rgatuvchi nazorat qiluvchi dastur savollariga javob berishda xatolar bor, 55%dan ko‘p javoblar noto‘g‘ri yozilgan hamda ketma-ketlik ko‘p hollarda buzilgan.

11

30 va undan kam

O‘rgatuvchi nazorat qiluvchi dastur hamma savollariga javoblar noto‘g‘ri yozilgan hamda ketma-ketlik ko‘p hollarda buzilgan.


Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin