4.Maqsad : bemorlarni davolash maqsadida qo‘llaniladigan UVCh-terapiya muolajasini to‘g‘ri o‘tkazish.
Bajariladigan bosqichlar :
№
|
Bajariladigan ish nomi
|
Bajarmadi
(0 ball)
|
To‘liq to‘g‘ri bajarildi
|
1
|
Muolaja o‘tkazilish xonasiga kirish
|
0
|
5
|
2
|
Apparatning tayyorgarligini tekshirish
|
0
|
10
|
3
|
Bemorni stulga o‘tqizish
|
0
|
5
|
4
|
Buyurilgan usul bo‘yicha kondensator plastinkalarni o‘rnatish
|
0
|
15
|
5
|
Quvvat regulyatorini buyurilgan dozaga o‘rnatish
|
0
|
15
|
6
|
Apparatni yoqib, UYuCh maydon mavjud-ligini tester yordamida tekshirish
|
0
|
15
|
7
|
5-10-15 minutga qoldirish
|
0
|
10
|
8
|
Ma'lum vaqtdan so‘ng regulyatorni “O”gacha olib borib, apparatni o‘chirish
|
0
|
10
|
9
|
Kondensator plastinkalarni olib tashlash
|
0
|
10
|
10
|
Bemorga javob berish
|
0
|
5
|
|
Jami :
|
0
|
100
|
5. Maqsad : bemorlarni davolash maqsadida qo‘llaniladigan ultra-tovushterapiya muolajasini to‘g‘ri o‘tkazish.
Bajariladigan bosqichlar :
№
|
Bajariladigan ish nomi
|
Bajarmadi
(0 ball)
|
To‘liq to‘g‘ri bajarildi
|
1
|
Muolaja o‘tkazilish xonasiga kirish
|
0
|
5
|
2
|
Apparatning tayyorgarligini tekshirish
|
0
|
5
|
3
|
Bemorni yotqizish yoki o‘tkazish
|
0
|
5
|
4
|
Ultratovush tarqatuvchini olish
|
0
|
10
|
5
|
Quvvat tugmachasini buyurilgan miqdorga olib borish
|
0
|
10
|
6
|
Apparatni yoqish
|
0
|
5
|
7
|
Ultratovush tarqatuvchi yuzasiga suv tomchisini tomizib, vibratsiya hosil qilish
|
0
|
15
|
8
|
Teriga vazelin yoki surtma dorini surtish
|
0
|
10
|
9
|
Buyurilgan vaqt davomida labil usul bo‘yicha aylanma harakatlar bilan ta'sir ettirish
|
0
|
15
|
10
|
Ta'sir etish vaqti 10 minut
|
0
|
10
|
11
|
Apparatni o‘chirish
|
0
|
5
|
12
|
Bemorga javob berish
|
0
|
5
|
|
Jami :
|
0
|
100
|
Amaliy ko‘nikmalarni baxolash mezoni:
100%-86%
|
85%-71%
|
70-55%
|
54%-37%
|
36% va undan kam
|
40-34,4-a'lo
|
34-28,4-yaxshi
|
28-22-urta
|
21,6-14,8-qoniqarsiz
|
14,4 va undan kam-yomon
|
14. Bilim, ko‘nikma va bilishlarni nazorat shakllari
- Og‘zaki javob
- Bahsda aktiv ishtrok etish
- Yozma javob natijalari
- Masalalarini yechish
- Amaliy ko‘nikmalarni bajarish
Talabalar bilmi, ko‘nikma va mahoratini baholashda qo‘llaniladigan
nazorat mezonlari
№
|
Baho
|
a'lo
|
yaxshi
|
o‘rta
|
qoniqarsiz
|
yomon
|
O‘zlashtirish % hisobida
|
100%-86%
|
85%-71%
|
70-55%
|
54%-37%
|
36% va undan kam
|
1
|
Nazariy qism
|
25-24ball
|
23-22 ball
|
21-19 ball
|
18-17 ball
|
15 ball
|
2
|
Analitik qism klaster
|
15-14 ball
|
13- 12 ball
|
11-10 ball
|
9-8 ball
|
7-6 ball
|
3
|
Test vaziyatli masallar
|
15-14ball
|
13-12 ball
|
11-10 ball
|
9-8 ball
|
7-6ball
|
4
|
Amaliy ko‘nikmalar
|
40-34.4ball
|
34-28.4ball
|
28-22ball
|
21.6-14.8 ball
|
14.4 ball
|
16. Nazorat savollar
-
Darsonvalizatsiya ta'sir mexanizmi va ta'sir qiluvchi omil xarakteristikasi.
-
Darsonvalizatsiya metodikalari.
-
Darsonvalizatsiyaning stomatologida ko‘rsatmalari.
-
UVCh-terapii ta'sir mexanizmi va ta'sir qiluvchi omil xarakteristikasi.
-
UVCh-terapiyaga ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmlar.
-
UVCh-terapiyava mikroto‘lqinli terapiyalarni farqi.
-
Magnitoterapiya ta'sir mexanizmi va ta'sir qiluvchi omil xarakteristikasi.
-
Magnitoterapiya ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmlar.
-
Ultratovush terapiya ta'sir mexanizmi va ta'sir qiluvchi omil xarakteristikasi.
-
Ultrofonoforezda dori vositalarni to‘qimalarga o‘tish yo‘li.
11.Ultratovush terapiya va ultrofonoforez muolajalariga ko‘rsatma va
qarshi ko‘rsatmlar.
17. Adabiyotlar
Asosiy
1.Yuldashev K.Yu., Kulikov Yu.A. «Fizioterapiya» (uchebnik dlya studentov) 1994 s. 298
2.S.N Babadjanov Spravochnik fizioterapevta “Abu Ali Ibn Sino”, T, 1999 s.279
Ko‘shimcha adabiyotlar
-
Bogolyubov V.M. «Kurortologiya i fizioterapiya» 1 i 2 tom M. Meditsina, 1985g
-
Yefanov O.I., Dzanagova T.F. Fizioterapiya stomatologicheskix zabolevaniy. M.: Meditsina, 1980. 296 s.
-
Muravyannikova J.G. Osnovi stomatologicheskoy fizioterapii. M.: Feniks, 2002.- 320 s.
-
Pastuxov O.G., Sheftelovich ye.K., yermoshenko, Markarov X.A. Fizioterapiya v stomatologii: Uchebno-metodicheskoe posobie. – Krasnodar: KGMA, 2002.-103 s.
-
Ponomarenko T.N. «Rukovodstvo k prakticheskim zanyatiyam po obщey fizioterapii», M, 2000g.
-
Yuldashev K.Yu., Kulikov Yu.A. «Fizioterapiya». T. 1984g.
Internet manbalari
http://www.doktor.ru
http://www.alhealth.com
http://www.docguide.com
http://www.healthweb.com
http://www.acsm.org
http://www.apta.org
http://www.jphysiol.org
http://www.Stomfac.ru
NORMATIV HUJJATLAR
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING
QONUNI
29.08.1997 y.
N 464-I
TA'LIM TO‘G‘RISIDA
I. Umumiy qoidalar (1-8-moddalar)
II. Ta'lim tizimi va turlari (9-19-moddalar)
III. Ta'lim jarayoni qatnashchilarini ijtimoiy himoya qilish (20-24-moddalar)
IV. Ta'lim tizimini boshqarish (25-29-moddalar)
V. Yakunlovchi xulosalar (30-34-moddalar)
I. UMUMIY QOIDALAR
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
2-modda. Ta'lim to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
3-modda. Ta'lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari
4-modda. Bilim olish huquqi
5-modda. Pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqi
6-modda. Ta'lim muassasasining huquqiy maqomi
7-modda. Davlat ta'lim standartlari
8-modda. Ta'lim berish tili
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonun fuqarolarga ta'lim, tarbiya berish, kasb-hunar o‘rgatishning huquqiy asoslarini belgilaydi hamda har kimning bilim olishdan iborat konstitutsiyaviy huquqini ta'minlashga qaratilgan.
2-modda. Ta'lim to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
Ta'lim to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonundan hamda boshqa qonun hujjatlaridan iborat. Qoraqalpog‘iston Respublikasida ta'lim sohasidagi munosabatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida ta'lim to‘g‘risidagi qonun hujjatlaridagidan o‘zgacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
3-modda. Ta'lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari
Ta'lim O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ustuvor deb e'lon qilinadi. Ta'lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: ta'lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi; ta'limning uzluksizligi va izchilligi;
umumiy o‘rta, shuningdek o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limining majburiyligi; o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi yo‘nalishini: akademik litseyda yoki kasb-hunar kollejida o‘qishni tanlashning ixtiyoriyligi; ta'lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi; davlat ta'lim standartlari doirasida ta'lim olishning hamma uchun ochiqligi; ta'lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv; bilimli bo‘lishni va iste'dodni rag‘batlantirish; ta'lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg‘unlashtirish.
4-modda. Bilim olish huquqi
Jinsi, tili, yoshi, irqiy, milliy mansubligi, e'tiqodi, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, xizmat turi, ijtimoiy mavqyei, turar joyi, O‘zbekiston Respublikasi hududida qancha vaqt yashayotganligidan qat'i nazar, har kimga bilim olishda teng huquqlar kafolatlanadi. Bilim olish huquqi:
davlat va nodavlat ta'lim muassasalarini rivojlantirish; ishlab chiqarishdan ajralgan va ajralmagan holda ta'lim olishni tashkil etish; ta'lim va kadrlar tayyorlash davlat dasturlari asosida bepul o‘qitish, shuningdek ta'lim muassasalarida shartnoma asosida to‘lov evaziga kasb-hunar o‘rgatish; barcha turdagi ta'lim muassasalarining bitiruvchilari keyingi bosqichdagi o‘quv yurtlariga kirishda teng huquqlarga ega bo‘lishi;
oilada yoki o‘zi mustaqil ravishda bilim olgan fuqarolarga akkreditatsiyadan o‘tgan ta'lim muassasalarida eksternat tartibida attestatsiyadan o‘tish huquqini berish orqali ta'minlanadi. Boshqa davlatlarning fuqarolari O‘zbekiston Respublikasida xalqaro shartnomalarga muvofiq bilim olish huquqiga ega. Respublikada istiqomat qilayotgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bilim olishda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng huquqlarga ega.
5-modda. Pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqi
Tegishli ma'lumoti, kasb tayyorgarligi bor va yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega. Pedagog xodimlarni oliy o‘quv yurtlariga ishga qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlagan Nizomga muvofiq tanlov asosida amalga oshiriladi. Pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish sud hukmiga asosan man etilgan shaxslarning ta'lim muassasalarida bu faoliyat bilan shug‘ullanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
6-modda. Ta'lim muassasasining huquqiy maqomi
Ta'lim muassasasini akkreditatsiyalash vakolatli davlat organi tomonidan attestatsiyaga asosan amalga oshiriladi. Ta'lim muassasasi yuridik shaxs bo‘lib, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda barpo etiladi. Nodavlat ta'lim muassasasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda davlat akkreditatsiyasidan o‘tgan paytdan boshlab yuridik shaxs huquqlari va ta'lim faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘ladi. Ta'lim muassasasi qonun hujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan ustav asosida faoliyat ko‘rsatadi. Ta'lim muassasasi attestatsiya natijalariga binoan davlat akkreditatsiyasidan mahrum etilishi mumkin. Ta'lim muassasalari o‘quv-tarbiya majmuilariga hamda o‘quv-ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari va uyushmalariga birlashishga haqli. Ta'lim muassasalari ustavda belgilangan vazifalariga muvofiq pulli ta'lim xizmatlari ko‘rsatish, shuningdek tadbirkorlik faoliyatining boshqa turlari bilan shug‘ullanishga haqli.
7-modda. Davlat ta'lim standartlari
Davlat ta'lim standartlari umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta'lim mazmuniga hamda sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi. Davlat ta'lim standartlarini bajarish O‘zbekiston Respublikasining barcha ta'lim muassasalari uchun majburiydir.
8-modda. Ta'lim berish tili
Ta'lim muassasalarida ta'lim berish tilidan foydalanish tartibi Davlat tili haqidagi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan tartibga solinadi.
II. TA'LIM TIZIMI VA TURLARI
9-modda. Ta'lim tizimi
10-modda. Ta'lim turlari
11-modda. Maktabgacha ta'lim
12-modda. Umumiy o‘rta ta'lim
13-modda. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi
14-modda. Oliy ta'lim
15-modda. Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta'lim
16-modda. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash
17-modda. Maktabdan tashqari ta'lim
18-modda. Oiladagi ta'lim va mustaqil ravishda ta'lim olish
19-modda. Ta'lim to‘g‘risidagi hujjatlar
9-modda. Ta'lim tizimi
O‘zbekiston Respublikasining ta'lim tizimi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
davlat standartlariga muvofiq ta'lim dasturlarini amalga oshiruvchi davlat va nodavlat ta'lim muassasalari; ta'lim tizimining faoliyat ko‘rsatishi va rivojlanishini ta'minlash uchun zarur bo‘lgan tadqiqot ishlarini bajaruvchi ilmiy-pedagogik muassasalar; ta'lim sohasidagi davlat boshqaruv organlari, shuningdek ularga qarashli korxonalar, muassasalar va tashkilotlar. O‘zbekiston Respublikasining ta'lim tizimi yagona va uzluksizdir.
10-modda. Ta'lim turlari
O‘zbekiston Respublikasida ta'lim quyidagi turlarda amalga oshiriladi:
maktabgacha ta'lim; umumiy o‘rta ta'lim; o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi; oliy ta'lim; oliy o‘quv yurtidan keyingi ta'lim; kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash; maktabdan tashqari ta'lim.
11-modda. Maktabgacha ta'lim
Maktabgacha ta'lim bola shaxsini sog‘lom va yetuk, maktabda o‘qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish maqsadini ko‘zlaydi. Bu ta'lim olti-yetti yoshgacha oilada, bolalar bog‘chasida va mulk shaklidan qat'i nazar, boshqa ta'lim muassasalarida olib boriladi.
12-modda. Umumiy o‘rta ta'lim
Umumiy o‘rta ta'lim bosqichlari quyidagicha: boshlang‘ich ta'lim (I-IV sinflar); umumiy o‘rta ta'lim (I-IX sinflar). Boshlang‘ich ta'lim umumiy o‘rta ta'lim olish uchun zarur bo‘lgan savodxonlik, bilim va ko‘nikma asoslarini shakllantirishga qaratilgandir. Maktabning birinchi sinfiga bolalar olti-yetti yoshidan qabul qilinadi. Umumiy o‘rta ta'lim bilimlarning zarur hajmini beradi, mustaqil fikrlash, tashkilotchilik qobiliyati va amaliy tajriba ko‘nikmalarini rivojlantiradi, dastlabki tarzda kasbga yo‘naltirishga va ta'limning navbatdagi bosqichini tanlashga yordam beradi. Bolalarning qobiliyati, iste'dodini rivojlantirish uchun ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etilishi mumkin.
13-modda. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'lim olish maqsadida har kim umumiy o‘rta ta'lim asosida akademik litseyda yoki kasb-hunar kollejida o‘qishning yo‘nalishini ixtiyoriy ravishda tanlash huquqiga ega. Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari egallangan kasb-hunar bo‘yicha ishlash huquqini beradigan hamda bunday ish yoki ta'limni navbatdagi bosqichda davom ettirish uchun asos bo‘ladigan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi beradi. Akademik litsey o‘quvchilarning intellektual qobiliyatlarini jadal o‘stirishni, ularning chuqur, tabaqalashtirilgan va kasb-hunarga yo‘naltirilgan bilim olishlarini ta'minlaydigan uch yillik o‘rta maxsus o‘quv yurtidir. Kasb-hunar kolleji o‘quvchilarning kasb-hunarga moyilligi, mahorat va malakasini chuqur rivojlantirishni, tanlangan kasblar bo‘yicha bir yoki bir necha ixtisos olishni ta'minlaydigan uch yillik o‘rta kasb-hunar o‘quv yurtidir.
14-modda. Oliy ta'lim
Oliy ta'lim yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni ta'minlaydi. Oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlash oliy o‘quv yurtlarida (universitetlar, akademiyalar, institutlar va oliy maktabning boshqa ta'lim muassasalarida) o‘rta maxsus kasb-hunar ta'limi asosida amalga oshiriladi. Oliy ta'lim ikki bosqichga: davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi oliy ma'lumot to‘g‘risidagi hujjatlar bilan dalillanuvchi bakalavriat va magistraturaga ega. Bakalavriat oliy ta'lim yo‘nalishlaridan biri bo‘yicha puxta bilim beradigan, o‘qish muddati kamida to‘rt yil bo‘lgan tayanch oliy ta'limdir. Magistratura aniq mutaxassislik bo‘yicha bakalavriat negizida kamida ikki yil davom etadigan oliy ta'limdir. Fuqarolar ikkinchi va undan keyingi oliy ma'lumotni shartnoma asosida olishga haqlidirlar.
15-modda. Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta'lim
Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta'lim jamiyatning ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarini ta'minlashga qaratilgandir. Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta'lim oliy o‘quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot muassasalarida (aspirantura, ad'yunktura, doktorantura, mustaqil tadqiqotchilik) olinishi mumkin. Ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, ilmiy darajalar va unvonlar berish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.
16-modda. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash
Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash kasb bilimlari va ko‘nikmalarini chuqurlashtirish hamda yangilashni ta'minlaydi. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
17-modda. Maktabdan tashqari ta'lim
Bolalar va o‘smirlarning yakka tartibdagi ehtiyojlarini qondirish, ularning bo‘sh vaqti va dam olishini tashkil etish uchun davlat organlari, jamoat birlashmalari, shuningdek boshqa yuridik va jismoniy shaxslar madaniy-estetik, ilmiy, texnikaviy, sport va boshqa yo‘nalishlarda maktabdan tashqari ta'lim muassasalarini tashkil etishlari mumkin. Maktabdan tashqari ta'lim muassasalariga bolalar, o‘smirlar ijodiyoti saroylari, uylari, klublari va markazlari, bolalar-o‘smirlar sport maktablari, san'at maktablari, musiqa maktablari, studiyalar, kutubxonalar, sog‘lomlashtirish muassasalari va boshqa muassasalar kiradi. Maktabdan tashqari ta'lim muassasalarining faoliyat ko‘rsatish tartibi qonun hujjatlarida belgilab qo‘yiladi.
18-modda. Oiladagi ta'lim va mustaqil ravishda ta'lim olish
Davlat oilada ta'lim olishga va mustaqil ravishda ta'lim olishga ko‘maklashadi. Bolalarni oilada o‘qitish va mustaqil ravishda ta'lim olish tegishli ta'lim muassasalarining dasturlari bo‘yicha amalga oshiriladi. Ta'lim oluvchilarga vakolatli davlat muassasalari tomonidan uslubiy, maslahat va boshqa yo‘sinda yordam ko‘rsatiladi.
19-modda. Ta'lim to‘g‘risidagi hujjatlar
Akkreditatsiya qilingan ta'lim muassasalarining bitiruvchilariga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi ma'lumot to‘g‘risidagi hujjat (shahodatnoma, diplom, sertifikat, guvohnoma) beriladi. Davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi ma'lumot to‘g‘risidagi hujjat oilada ta'lim olgan yoki mustaqil ravishda bilim olgan va akkreditatsiya qilingan ta'lim muassasalarining tegishli ta'lim dasturlari bo‘yicha ekstern tartibida imtihonlar topshirgan shaxslarga ham beriladi, davlat ta'lim muassasalarida o‘qitilishi shart bo‘lgan va ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilab qo‘yiladigan mutaxassisliklar bundan mustasno. Oliy ma'lumot to‘g‘risidagi diplomga o‘zlashtirilgan fanlar ro‘yxati, ularning hajmlari va fanlarga qo‘yilgan baholar yozilgan varaqqa ilova qilinadi. Dissertatsiya himoya qilgan shaxslarga belgilangan tartibda fan nomzodi yoki fan doktori ilmiy darajasi beriladi va davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplom topshiriladi. Davlat ta'lim standartlariga mos kelgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi bilan xorijiy davlatlarning hukumatlari o‘rtasidagi ikki tomonlama bitimlar asosida har ikki tomonning ma'lumot to‘g‘risidagi hujjatlari belgilangan tartibda o‘zaro tan olinishi mumkin.
Tegishli bosqichdagi ta'limni tugallamagan shaxslarga belgilangan namunadagi ma'lumotnoma beriladi. Davlat tasdiqlagan namunadagi ma'lumot to‘g‘risidagi hujjat navbatdagi bosqich ta'lim muassasalarida ta'lim olishni davom ettirish yoki tegishli ixtisoslik bo‘yicha ishlash huquqini beradi.
Dostları ilə paylaş: |