Toshkent tibbiyot akademiyasi


O‘ta yuqori chastotali terapiya (mikroto‘lqinli, SVCh-terapiya)



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə8/10
tarix01.01.2017
ölçüsü1,1 Mb.
#4040
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10

O‘ta yuqori chastotali terapiya (mikroto‘lqinli, SVCh-terapiya)

Davolash maqsadida o‘ta yuqori chastotali elektromagnit tebranishlari qo‘llaniladi. Tebranishlarning to‘lqin uzunligi 1 metrdan 1 mmgacha, tebra-nish chastotasi 300 dan 30000 mGs gacha. Bunda uzunligi 1 mm – 1 sm keladi-gan to‘lqinlar (santimetrli - SMT) va 10 sm – 1 m keladigan to‘lqinlar (ditsemetrli - DMT) dan foydalaniladi.

Elektromagnit to‘lqinlar spektrida ular ultraqisqa to‘lqinlar va infraqizil nurlari orlig‘ida yotadi.

Mikroto‘lqin energiyasi ichkariga kirish va to‘qimalar tomonidan qabul qilish xususiyatiga ega.

SMT va DMT organizmga bo‘lgan ta'sirida turli to‘qimalarda qabul qilingan energiyaning taqsimlanishi bilan farq qiladi, masalan : SMT energiyasi 5 – 6 sm, DMT esa 7 – 8 sm ichkariga kiradi. Teri va teri osti yog‘ kletchatkasi mikroto‘lqinlarni sust yutadi, lekin suvga boy to‘qimalar va muhitlar to‘lqinlarni ko‘proq yutadi.

Mikroto‘lqinlar ta'sirida suvning dipol molekulalari va ionlarning muhitdagi harakati yuz berib, u maydon kuch chiziqlari yo‘nali-shiga mos tushadi, bu mikroto‘lqin energiyasining issiqlikka aylanishiga sabab bo‘ladi. Ayniqsa qonda, limfada, parenximatoz organlarda, mushaklar-da va h.z. Mikroto‘lqin energiyasi ta'siriga va to‘qimalar tomonidan uni qabul qilishga javoban xujayralarning bioximik holatida, kolloid tuzilmalarining disperstlik darajasida, osmotik bosimda, ichkariga kirishida o‘zgarishlar yuz beradi. Issiqlik va issiqliksiz effektlarining paydo bo‘lishi ta'sirning intensivligi va to‘qimalarning qancha miqdorda energiyani qabul qilishiga bog‘liq.

Zaif intensivlikdagi mikroto‘lqinlar qo‘llanilganda, issiqlik ajra-tuvchi chegaradan past bo‘lganda 0,01 vt/sm2, biologik ta'sir mexanizmida isssiqsizlik effekti yuqori bo‘ladi. Katta ko‘rsatkichli oqimlar zichligi qo‘llanilganda – mikroto‘lqinlar quvvati 0,01 vt/sm2 dan katta biologik ta'sir mexanizmida issiqlik effekti yuqori turadi, bu ko‘p miqdorda suv saqlovchi to‘qimalarda issiqlikning endogen hosil bo‘lishiga bog‘liqdir.

O‘YuCh – ta'sir mexanizmi nerv – reflektor – gumoral deb qaraladi. Natijada biologik aktiv moddalar hosil bo‘ladi.

O‘ta yuqori chastotali elektromagnit maydoni ta'sirida ta'sir etilayotgan joydagi to‘qimalarning harorati oshadi (katta intensivlikda butun tana harorati oshishi mumkin). Mikroto‘lqinlarning davolash doza-lari og‘riq qoldirish, yallig‘lanishga qarshi, bakteriostatik ta'sir, to‘qima-larning oziqlanishini yaxshilovchi, regenerativ jarayonlarni stimullash xususiyatiga egadir. Mikroto‘lqinlar ta'siri quyidagilarda aniqlangan, ya'ni kapillyar qon aylanish tezlashgan, kpillyarlarning o‘tkazuvchanligi ortgan. Kichik dozalarda MNSda asosiy jarayonlarga stimullovchi ta'sir ko‘rsatadi, buyrak usti po‘stlog‘ining gormonlar sintezini oshiradi, vegetativ nerv sistemsi funksiyasining vagotonik yo‘nalishi kuzatiladi. SMT va DMT diapozonlarining farqi quyidagicha :

-SMT – terapiyada hosil bo‘lgan energiya 5 – 6 sm chuqurlikka, DMT – terapiyada 7 – 8 sm, ba'zi holatlarda 10 – 12 smgacha chuqurlikka kiradi.

-SMT – terapiyada issiqlik to‘qimalarning yuza qismida hosil bo‘ladi, DMT – terapiyada ham yuza, ham ichki qismida hosil bo‘ladi.

-DMT – terapiya usuli yurak-qon tomir sistemasi funksiyasiga ta'sir etib, miokardning qisqarish funksiyasini yaxshilaydi, yurak mushaklarida modda almashinuvini faollashtiradi. Periferik qon tomirlari tonusini pasaytiradi, natijada mikrotsirkulyasiya yaxshilanadi.

Muolaja o‘tkazishda quyidagi apparatlardan foydalaniladi : SMT – terapiya uchun – LUCh-58, LUCh-2, DMT – terapiya uchun – Volna-1, Volna-2, Romashka. Elektrod sifatida silindrsimon, konussimon, aylanasimon, to‘g‘ri burchak shaklidagi nurlatkichlardan foydalaniladi.

O‘ta yuqori chastotali terapiya quyidagi kasalliklarda keng qo‘llaniladi : qo‘l-oyoq va umurtqa pog‘anasi bo‘g‘imlarining degenerativ distrofik kasalliklarida (deformatsiyalangan osteoartroz va spondilez, tovon suyagining shporasi), periferik nerv kasalliklarida (neyromiozit, nevrit, pleksit, nevralgiya), revmatoid artrit, oshqozon va o‘n ikki barmoq ichak yarasi, obleterik endoartrit, LOR va ayollar jinsiy organlarining yallig‘lanish kasalliklari, gidradenit, operatsiyadan keyingi infiltrat va h.z.

Muolajalar o‘tkazishda ma'lum talablarga javob beradigan alohida joylashgan va himoyalangan xonalardan foydalaniladi.

Magnitoterapiya

Organizmga past chastotali o‘zgaruvchan magnit maydoni va doimiy magnit maydoni ta'siriga asoslangan fizioterapevtik usul magnitoterapiya deb ataladi.

Magnit maydoni – uning yordamida harakatlanuvchi elektr zaryadlar yoki toklarning o‘zaro ta'siri va bog‘lanishi orqali amalga oshadi. Magnit maydoni tabiiy va sun'iy bo‘ladi. Tabiiy magnit maydonlar tashqi va ichki, sun'iy magnit maydonlar esa kuchaytirilgan va kuchsizlantirilganga bo‘linadi. Tabiiy magnit maydon odamzot mavjudligini ta'minlaydi.

Biz doimiy magnit maydonida yashaymiz – gemamagnitli, hamda odam organizmi faqat musbat yo‘nalishdagi shimoldan janubga oquvchi magnit oqim ta'siriga javob beradi.

Sun'iy magnit maydon tokli g‘altak cho‘lg‘amlari atrofida paydo bo‘ladi. Magnit maydonining eng ko‘p zichligi qutblar atrofida bo‘ladi (metallar qutblar atrofiga tortiladi). Magnit maydon kuch chiziqlari yo‘nalishi bo‘yicha doimiy va o‘zgaruvchan, uzluksiz va impulsli tartibda har xil chastotadagi, shakldagi va uzunlikdagi impulslar generatsiya qilishi mumkin.

Magnitlanish xususiyatiga ega bo‘lgan moddalar paramagnitli va diamagnitli moddalar deb ataladi. Paramagnit moddalar tashqi magnit maydonda u bilan bir yo‘nalishdagi magnit xususiyatlariga ega bo‘ladi. Bular asosan alyuminiy, kalsiy, kislorod va h.z.

Diamagnit moddalar tashqi magnit maydonida ma'lum xossalarga ega bo‘lmaydi-yu, lekin tashqi magnit maydon bilan ta'sir qilmaydi va umumiy magnit maydon hosil qilmaydi. Bularga asosan oqsillar va tarkibida oltingugurt bor organik moddalar kiradi.

Ferramagnit moddalar paramagnit moddalarga kiradi. Lekin ko‘proq magnitlanish xususiyatiga davo maydondan chiqqanda bu xussiyat kuchayadi. Bu temir, kobaltdir. Odam to‘qimalari diamagnit moddalariga kiradi. Odam to‘qimalarining magnit o‘tkazish xususiyati 1 ga teng.

Doimiy magnit maydonining ta'sir mexanizmi. Klinik va sinov kuzatishlar bilan shu narsa aniqlandiki, doimiy magnit maydon ta'siri ostida bioto‘qimalarda murakkab fizik-kimyoviy jarayonlar yuz beradi. Qator fizik-kimyoviy jarayonlar ichida magnit maydon ta'siri mexanizmida EYuKni yo‘naltirish, hamda magnit maydon qator kimyoviy, fizik-osmatik jarayonlar biologik sistemalarda xujayra darajasida ta'sir etadi. Magnit maydon o‘tkazuvchanlik sistemsida ta'sir qiladi, chunki magnit maydon ta'sirida orientatsion hodisalar ro‘y beradi yoki magnit maydonida ionlar, dipollar ma'lum qutbga tortilishadi. Orientatsion hodisalarning hosil bo‘lishi rN o‘zgarishiga, membrana orqali kaliy, natriy ionlari o‘tishiga, ATF sinteziga olib keladi. Doimiy magnit maydon bo‘sh radikal bog‘lanishlarni faollashtiradi, jumladan, oksidlanish-qaytarilish xodisa-larini faollashtiradi. Doimiy magnit maydon quvvati va atomlar quvvati, hamda organizm to‘qimalari molekulalari orsidagi rezonansni ko‘paytiradi (rezonans qo‘shiladi va ko‘payadi). Doimiy magnit maydon moddalarda quvvatning taqsimlanishiga yangi ma'lumot beradi, bu esa o‘z navbatida DNK tarkibiga kiruvchi nukleotidlar quvvati darajasining o‘zgarishiga olib keladi.

O‘zgaruvchan magnit maydonining ta'sir mexanizmi. O‘zgaruvchan magnit maydonining ta'siri doimiy magnit maydonining ta'siri bilan o‘xshash-dir, ammo xujayraning elektrik aktiv elementlarini tashqi maydonga nisbatan doimiy yo‘naltirish o‘rniga, tokning g‘altakning har bir yo‘nlishi bo‘yicha yo‘naltirish o‘zgarib turadi va uning atrofidagi maydonga nisbatan ham. O‘zgaruvchan magnit maydoni quyidagi chastotada, ya'ni 1,10,100,1000 Gsda ta'sir ko‘rsatadi. O‘zgaruvchan magnit maydoni eng katta ta'sirini 10 Gs chastotada ko‘rsatadi.

Magnit maydoni maxsus va nomaxsus ta'siriga ega. Nomaxsus ta'siriga sedativ, analgetik, o‘rtacha gipotenziv ta'sir kiradi. Maxsus ta'siri faqat magnit maydoniga xosdir. Bunga mikrotsirkulyasiyani tezlashtirish, degidratatsiya, osmatik va metabolik hodisalarga ta'sir ko‘rsatish kiradi. Magnit maydonining maxsus va nomaxsus ta'siri uning ekspozitsiyasi va intensivligiga bog‘liq. Magnit maydon ko‘proq markaziy nerv sistemasi, ayniqsa, gipotalyamus, miya qobig‘i, so‘ngra retikulyar forma-siyaga ta'sir etadi. Doimiy magnit maydoni MNSning tormozlanishiga ta'sir etib, shartli reflekslarning hosil bo‘lishini sekinlashtiradi. O‘zga-ruvchan magnit maydoni MNSga aksincha ta'sir ko‘rsatadi, ya'ni simpatik hodisalarni kuchaytiradi. Magnit maydoni periferik nerv sistemasiga o‘rtacha sekinlashtiruvchi ta'sir etib, nerv oziqlanishini yaxshilaydi. Doimiy va o‘zgaruvchan magnit maydonlari endokrin sistemasi faoliyatini yaxshilaydi, ya'ni gipofizda tegishli gormonlarning ishlab chiqilishini kuchaytiradi. Ayniqsa bu ta'sir kompensator va adaptatsion faoliyati pasay-gan organizmlarga foyda beradi. Magnit maydonining ta'siri kasal odam-larga sog‘lomlarga nisbatan, qarilarga nisbatan yoshlarga, ayollarga nisbatan erkaklarga kuchliroqdir. Magnit maydonlar immunologik reaktivlikning o‘zgarishida muhim rol o‘ynaydi. Immunologik sistemaga gipotalamus, gipofiz, limfa to‘qimalari orqali ta'sir qiladi. Bu ta'sir tufayli gormonlar ishlab chiqarish ko‘payadi, leykotsitlarning fagotsitar aktivligi oshadi, lizotsim darajasi normallashadi, limfotsitlarning antitela ishlab chiqarish vazifasi yaxshilanadi. Shu bilan magnit maydonning reparatsiya va regeneratsiyaga ta'siri tushuntiriladi. Yallig‘lanishga qarshi ta'siri ko‘proq qon ivishi va suyulishi sistemalarining o‘zgarishi bilan tushuntiriladi, mikrotsirkulyasiya yaxshilanadi, degidratatsiya kuchayadi va nihoyat himoyalnish qobiliyati oshadi. Og‘riqni qoldirish qobiliyati magnit maydonining yallig‘lanishga qarshi ta'siri bilan bog‘liq. Arterial qon bosimini tushiradi, pulsni siyraklashtiradi, yurakning qon aylanishini yaxshilab, miokard qisqarishini kuchaytiradi. Qonda va siydikda 17-KSlarni kamaytiradi. O‘rtacha kattalikdagi qon tomirni kengaytirib, tonusi baland bo‘lgan qon tomirini bo‘shashtiradi. Magnit maydoni qichishishni bosadi. Og‘ir ishlarga chidamlilikni oshiradi. Mikrotomirlarda kolloid-osmatik bosimni normallashtiradi bu esa shishning qaytishiga, kislorodni to‘qima-larga tashilishiga va ishlatilishining yaxshilanishiga olib keladi.

Magnit maydoni terapevtik dozalarda qon elementlariga ta'sir ko‘rsatmaydi. U tashqi nafas jarayonini yaxshilaydi, balg‘am miqdorini kamaytirib, kavernalar bitishini tezlashtiradi (sil kasalligida). Magnitlashtirilgan suvni bir kunda 1 litrgacha ichish mumkin. Diurez reabsorbsiya pasayishi hisobiga ko‘payadi, o‘t pufagidagi va buyrakdagi toshlar yemiriladi. Qon magnitlanganida desensibilizatsiya kuchaygani kuzatiladi. Magnit maydoni radiatsiyadan himoya qilishda qo‘llniladi. Hozirda magnitlangan dorilar rakka qarshi keng qo‘llanilmoqda. Magnitoterapiyani fono, elektroforez, UVCh bilan qo‘llash mumkin, lekin ketma-ketlikka rioya qilish kerak, ya'ni avval magnitoterapiya, keyin boshqa muolajalar qilinadi.

Ko‘rsatmalar: kasalliklarning I – II darajalari, surunkali arterial va venoz yetishmovchiligi, posttromboflebetik sindrom, trofik yaralar, atero-skleroz, yurakning ishemik kasalligi, gipertoniya, o‘pka sili, bronxial ast-maning og‘ir bo‘lmagan darajasi, tayanch-harakat organlarining revmatoid va revmatik kasalliklari, suyak bitishining sekin kechishi, oshqozon va o‘n ikki barmoq ichagining yallig‘lanishi, allergik dermatozlar, bosh miyaning va periferik nerv sistemasining tomir kasalliklari, polinevritlar, ayollar jinsiy organlarining kasalliklari. Magnitoterpiya uchun “Polyus-1” apparatidan foydalaniladi.

Nazariy qismni baholash mezoni

Maksimal ball 25-24

23-21 ball

20-19 ball

17-16 ball

13 ball

a'lo

yaxshi

o‘rta

konikarsiz

yomon

100%-86%

85%-73%

70-56%

53%-46%

43% va undan kam


13.2. Tahliliy qism

Mashg‘ulot jarayonida qo‘llaniladigan yangi pedagogik texnologiya usullari:

.

«BIRGALIKDA O‘QIYMIZ» TeXNIKASI



Birgalikda o‘qish: o‘quv guruhi kichik guruhlarga bo‘linadi. Har bir kichik guruh o‘rganilayotgan mavzuning ma'lum bir sohasida ekspert bo‘ladi va boshqalarni o‘rgatadi.

Har bir guruhning maqsadi boshqa barcha guruhlar ishtirokchilari mavzu savollarini to‘la hajmda egallab olishdan iborat.



«Birgalikda o‘qiymiz» texnikasidan foydalangan
holda guruhlarda ishni tashkil etish jarayonining tuzilishi

1. Bilim darajasiga qarab 3-5 kishidan iborat bo‘lgan har xil turdagi guruhlar tuziladi.

2. Har bir guruhga bitta topshiriq beriladi –umumiy mavzuning bir qismi, uning ustida butun o‘quv guruhi ish olib boradi hamda tayanchlar – ekspert varaqlari – taqdim etiladi.

3. Har bir guruh ichida umumiy topshiriq taqsimlanadi.


4. Hamma yakka tartibdagi topshiriqni bajaradi.
5. Barcha guruh a'zolarining mini-ma'ruzalari tinglanadi. Umumiy natija (butun ekspert varag‘i bo‘yicha savollar javobi)ni shakllantiradi va uni taqdimotga tayyorlashadi.

6. Spiker yoki guruh barcha a'zolari birgalikda bajargan ish natijalarini taqdimot etishadi.



2-ilova

3-ilova

Ekspert guruhlar ish natijalarini baholash mezonlari

Mezonlar

Maks.

ball

Guruh natijalarini baholash

1

2

3

4

5

6

Axborotning to‘liqligi

1,0



















Axborotning grafik shaklda ifoda etilishi

0,6



















Guruhning faolligi

0,4



















Bal Talabalarning maksimal summasi, jami

2





















4-ilova


EKSPERT VARAG’I2

O’quv topshiriq



««БИРГАЛИКДА ЎҚИЙМИЗ» технолгик харитаси



«BIRGALIKDA O‘QIYMIZ» texnolgik xaritasi

Faoliyat

O‘qituvchi

Talaba

1-bosqich

Bilimiga qarab 3-4kishilik guruhlar tuziladi

2 -bosqich

Guruhlarga mavzuni aloxida qismlari beriladi.

Tayanchlar (ekspert varaqlari).

Mavzular:


  1. O‘zgaruvchan omillar:

a) UVCh-terapiya

b) mikroto‘lqin terapiya

v) darsonvalizatsiya

2. Magnitoterapiya:

a) davolashni mexanizm ta'siri

b)apparatlar, stomatologiyada metodika

v) ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar

3. Ultratovushli terapiya

a) davolashni mexanizm ta'siri

b)apparatlar, stomatologiyada metodika

v) ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar


Guruxlar ichida umumiy mavzular bo‘lishib, ko‘rib chiqiladi.

3-bosqich

Topshiriq to‘g‘ri bajarilishi boshqaradi. Munozara madaniyatini boshqaradi

3.1. Hamma yaka tartibda, mustaqilishlaydi.

3.2. Guruh a'zolar mini dokladlaridan, umumiy doklad tayorlanadi.



4-bosqich

Guruhlarda ish tugagani va taqdimot boshlash haqida aytadi.

Guruh yetakchisi yoki guruh a'zolari taqdimot o‘tkazadi.

5-bosqich

Guruh va azolar ishi, taqdimotini baholaydi.





13.2.3. Grafik organayzer:Diagramma Venna

Taxliliy qisim baholash mezoni:(organayzer):

Maksimal ball 15

13-12 ball

11-10 ball

9-8 ball

7-6ball

100%-86%

85%-73%

70-56%

53%-46%

43% va undan kam


13.3 Amaliy qism

Fizioterapevtik muolajalarni o‘tkazish metodikasi.

1.Maqsad : bemorlarni davolash maqsadida qo‘llaniladigan darsonvalizatsiya muolajasini to‘g‘ri o‘tkazish.

Bajariladigan bosqichlar :





Bajariladigan ish nomi

Bajarmadi

(0 ball)


To‘liq to‘g‘ri bajarildi

1

Muolaja o‘tkazilish xonasiga kirish

0

5

2

Apparatning tayyorgarligini tekshirish

0

10

3

Bemor oldida vakuum elektrodga spirt bilan ishlov

0

10

4

Bemorni o‘tkazish

0

5

5

Apparatni yoqib, quvvat regulyatorini buyurilgan dozaga

0

10

6

Sekin asta regulyator ko‘rsatkichini oshirib, tok kuchini aniqlash

0

20

7

Muolaja o‘tkaziladigan sohaga talk bilan ishlov berish

0

10

8

Elektrod bilan labil usul buyicha patologik sohaga ta'sir etish

0

20

9

Muolajaga buyurilgan vaqt tugagach apparatni o‘chirish

0

5

10

Bemorga javob berish

0

5




Jami :

0

100

2.Maqsad : bemorlarni davolash maqsadida qo‘llaniladigan franklinizatsiya muolajasini to‘g‘ri o‘tkazish.

Bajariladigan bosqichlar :



Bajariladigan ish nomi

Bajarmadi

(0 ball)


To‘liq to‘g‘ri bajarildi

1

Muolaja o‘tkazilish xonasiga kirish

0

5

2

Apparatning tayyorgarligini tekshirish

0

5

3

Bemorni muolaja qabul qilishga tayyorlash: barcha metall buyumlarni olib qo‘yish

0

10

4

Bemorni stulga o‘tkazish

0

5

5

«O‘rgimchak» elektrodni bemor boshidan 15 sm masofa yuqorida o‘rnatish

0

15

6

Bemor oyoqlarini oyoqlar uchun mo‘ljallangan rezina qoplamaga qo‘yish

0

10

7

Apparatni yoqish

0

10

8

Shifokor tomonidan tavsiya etilgan doza – kuchlanishni

0

10

9

Bemorni 10-15 minutga qoldirish

0

5

10

Belgilangan vaqt tugagandan so‘ng apparatni o‘chirish

0

10

11

Bemorni qimirlamasligihaqida ogohlantirish

0

5

12

Elektr maydonni razryadlantirish




5

13

Bemorga javob berish

0

5




Jami :

0

100

3.Maqsad : bemorlarni davolash maqsadida qo‘llaniladigan magnitoterapiya muolajasini to‘g‘ri o‘tkazish.

Bajariladigan bosqichlar :



Bajariladigan ish nomi

Bajarmadi

(0 ball)


To‘liq to‘g‘ri bajarildi

1

Muolaja o‘tkazilish xonasiga kirish

0

10

2

Apparatning tayyorgarligini tekshirish

0

10

3

Bemorni yotqizish

0

10

4

Patologik o‘choq sohasiga elektrodlarni joylashtirish

0

15

5

Apparatni retseptda buyurilgan intensivlikka

0

15

6

Bemorni 10-15 minutgacha qoldirish

0

10

7

Ma'lum vaqtdan so‘ng regulyatorni “O”gacha olib borib, apparatni o‘chirish

0

10

8

Elektrodni olish

0

10

9

Bemorga javob berish

0

10




Jami :

0

100


Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin