O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining umumxalq tomonidan ma’qullanishi O‘zbekiston Respubiikasining davlat mustaqilligi e’lon qilinganidan keyingi tarixiy vaziyat shunday ediki, endi davlat, xalq o‘z taqdirini o‘zi belgilaydi, deb e’lon qilish yetarli emas edi.O‘zbekistonning davlat mustaqilligi bilan bog’liq qonunlar tizimini yaratish zarur edi.Ayni paytda mustaqillik g’oyasini ham faqat bir tomonlama — havoyi va yuzaki talqin qilish bo‘lmas edi.Binobarin, erishilgan mustaqillikni sobitqadamlik bilan mustahkamlash, buning uchun izchil kurashish lozim edi.
O‘zbekiston erishgan istiqlolni mustahkamlashda xalq tomonidan uning ma’qullanishini hisobga olib, mamlakatda referendum o‘tkazishga qaror qilindi.1991 yil 18 noyabrida Oliy Kengash VIII sessiyasi O‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qildi.Shunga muvofiq 29 dekabrda: “Siz Oliy Kengash tomonidan O‘zbekiston Respublikasi mustaqil davlat deb e’lon qilinishini ma’qullaysizmi?” — degan masalada referendum o‘tkazishga katta tayyorgarlik ko‘rildi.Referendumni uyushqoqlik bilan o‘tkazish maqsadida Markaziy saylov komissiyasi 13 okrug, 7 ming uchastka saylov komissiyalarini tuzdi.Ular joylarda referendum o‘tkazish haqidagi Oonunning so‘zsiz bajarilishini ta’minlash borasida katta tashkiliy ishlarni olib bordilar.Umumxalq referendumiga 10 millionga yaqin kishi, yoki saylov ro‘yxatiga kiritilganlarning 94,1 foizi qatnashdi.Referendumda qatnashganlarning 98,2 foizi O‘zbekiston Respublikasining mustaqil davlat, deb e’lon qilinishini yoqlab ovoz berdi.Shuni aytish kerakki, referendum butun respublika hududida qonun asosida tashkiliy jihatdan uyushqoqlik, fuqarolarning yuksak siyosiy faolligi bilan o‘tdi.Buni referendumda AQSH, Turkiya, Malayziya va boshqa mamlakatlardan kelgan betaraf kuzatuvchilar ham tasdiqladilar.
O‘zbekistonning mustaqil respublika, deb e’lon qilinishi faqat mamlakat xalqi emas, balki jahon jamoatchiligi tomonidan ham qoniqish bilan kutib olindi.Buni mustaqillik kunlarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga kelgan tabriklardan ham bilsa bo‘ladi.Jumladan, Amerika Qo‘shma Shtatlarining o‘sha paytdagi Prezidenti Jorj Bush I.A.Karimov nomiga yuborgan telegrammada shunday deydi:
“Qadrli janob Prezident, SSSR tarqatilgandan so‘ng, sizning mamlakatingizda yuz bergan tarixiy o‘zgarishlar munosabati bilan shuni ma’lum qilish menga qoniqish beradiki, Amerika Qo‘shma Shtatlari Hukumati O‘zbekistonni mustaqil davlat sifatida tan oldi”.
Shuningdek, Shvetsiya Bosh vaziri Karl Bilodt o‘z telegrammasida: “Shvetsiya hukumati nomidan Shvetsiya hukumati O‘zbekiston Respublikasini suveren va mustaqil davlat sifatida tan olish haqida qaror qilganligini ma’lum qilishdan baxtiyorman.
Shu munosabat bilan Shvetsiya hukumati nomidan O‘zbekiston xalqiga ezgu ishlarida muvaffaqiyatlar tilayman”, — degan iliq istaklar bildiradi.
O‘zbekiston mustaqil davlat maqomiga ega bo‘lgan kundanoq dastlab mustaqillikka erishgan Boltiqbo‘yi respublikalari bilan teng huquqli davlat sifatida munosabat o‘rnatish uchun harakat boshladi.1991 yilning 30 sentyabrida respublika Oliy Kengashi Latviya, Litva va Estoniya respublikalari mustaqilligini e’tirof etish to‘g‘risida qaror va shu respublikalar Oliy Kengashlariga Murojaatnoma qabul qildi. Jumladan, Latviya Respublikasining Oliy Kengashini, butun xalqini Latviya to‘la davlat mustaqilligiga erishganligi, u xalqaro ko‘lamda keng tanilganligi va Birlashgan Millatlar Tashkilotiga qabul qilinganligi bilan tabrikladi.Tabriknomada, jumladan, shunday so‘zlar bitilgan edi:
“Latviya bilan O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlar an’anaviy do‘stlik ruhida bo‘lib, xayrixohlik va ikkala respublikaning suverenitetini tan olish prinsiplariga asoslanadi. Mustaqil O‘zbekiston bundan buyon teng huquqlilik va o‘zaro hurmat asosida har tomonlama iqlisodiy va madaniy aloqalarni sifat jihatidan yangi darajada davom ettirish niyatida.
Latviya xalqiga mustaqil demokratik davlat qurilishida katta muvaffaqiyatlar, baxt va ravnaq tilaymiz”.
Xuddi shu mazmundagi murojaatnomalar Litva va Estoniya Respublikalari Oliy Kengashlari nomiga ham yuborildi.Mustaqillik qo‘lga kiritilgan davrdan boshlab O‘zbekiston tarixida mutlaqo yangi davr boshlandi.
O‘zbekiston o‘z suverenitetini qo‘lga kiritgandan so‘ng bu haqda respublika ichkarisida ham, uning tashqarisida ham ayrim kishilar turlicha qarashlarni ilgari surdilar.Jumladan: “O‘zbekiston osongina, kurashsiz mustaqil bo‘lib bo’ldi”, — degan ftkrlar paydo bo‘ldi.To‘g‘ri, 1991 yilning o‘rtalariga kelib sobiq SSSR ning yemirilishi, Ittifoq hukumati esa boshqaruv jilovini qo’ldan chiqarib yuborganligi tufayli mustaqillikka erishish uchun qulay tarixiy shart-sharoit paydo bo‘ldi.Biroq, tarixiy tajriba shuni isbotladiki, o‘ta murakkab rahbarlik siyosatining muhim jihatlaridan biri hal qiluvchi qadamni to‘g‘ri belgilash va qat’iy harakat boshlashdan iborat.O‘zbekiston rahbariyati ana shunday donolik bilan harakat qildi, eng qulay paytdan dadillik bilan foydalanib, respublikaning davlat mustaqilligini e’lon qildi.Mustaqillik bu in’om emas, balki butun xalqning, millionlarning uzoq yillik intilishi tufayli qo‘lga kiritilgan tarixiy kurashning natijasi — buyuk g’alaba.Zotan, O‘zbekistonning davlat mustaqilligiga ega bo‘lganligi buyuk tarixiy ahamiyatga ega voqea hisoblanadi.Chunonchi: