Madaniy meros- bu o’tmishdan qolgan qadroyatlar,goyalar, tajriba, bilimlar va ularni o’zlashtirish yo’llari, ya’I kishilarnng ijodiy faoliyat usullari va uni tashkil qilish hamda natijalaridir. Madaniy meros jarayoni o’ta muhim bo’lib, madaniyatning harakatdagi asosiy qonunlaridan biri hisolanadi. Bu jarayon insoniyatning o’tmishi, buguni va kelajagini bir butun holda birlashtirib,odatiy tarzda tayyor yutuqlarga aylanadi.
San’at —ijtimoiy ong va inson faoliyatining o’ziga hos shakli. San’at odamlarning estetik talablarini qondirish bilan birga,o’z taraqqiyotining turli davrlarida jamiyat a’zolarini ma’lum ruhda tarbiyalash, ularni aqliy va hissiy jihatdan rivojlantirish vositasi sifatida hizmat qilib, ularni turli maqsad, manfaat, histuygu ideallarini ifoda etgan.
Did (estetikada) — hayot va san’atning barcha sohalarida insonning estetik hodisalarni farqlash, tushunish va baholash qobiliyati. Did uzoq ijtimoiy tarihiy taraqqiyot, mehnatning turli sohalaridagi tajribalar natijasida vujudga keladi. Did insonga hos fazilat.U yuksak yoki past, keng yoki tor, cheklangan yoki cheklanmagan, nozik yoki sayoz bo’lishi mumkin. Didning yuksak yoki pastligi biror narsa yoki hodisaga berilgan baho,bildirilgan munosabatda seziladi. Did insonning tabiat, jamiyat, hayot haqidagi tasavvurlari hamda kechinmalari darajasini bildiradi. His-tuygusuz, ma’naviy kechinmasiz estetik Did amal qilmaydi. Har kimning didi xar hil bo’ladi. Shuning uchun Did yo’nalishini xar bir kishining go’zallik haqidagi tushunchasi belgilaydi. Did insonning faqat muomala madaniyatinigina emas, jamiyatdagi muayan ma’naviy darajasini, kamolotini ham ko’rsatadi.
Faoliyat— kishilarning tashqi olamga faol munosabati shakli, insonning oʻzini oʻzi maqsadga muvofiq tarzda oʻzgartirish usuli, inson borligʻining muhim xususiyatlaridan biri. Faqat Faoliyat zamiridagina inson mohiyati namoyon boʻlishi, jamiyatning, har qanday ijtimoiy tuzilmaning mavjudligi taʼminlanishi mumkin. Inson va jamiyat ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, Faoliyat shakllari, asosan, quyidagicha turkumlashtiriladi: moddiy Faoliyat (insonning oʻz xavfsizligi taʼminlanishi, oziqovqat, kiyimkechakka boʻlgan dastlabki ehtiyojlarining qondirilishi va mehnat qurollari orqali tashqi tabiatning oʻzgartirilishi); ijtimoiysiyosiy Faoliyat (ijtimoiy munosabatlarga, ijtimoiy hayotga taʼsir koʻrsatish); maʼnaviy Faoliyat (ilmfan, sanʼat, din, badiiy ijod va b. sohalardagi Faoliyat)