Maktabgacha yoshdagi bolalarni teatr tomoshalariga oshno qilish, ularning qo’g’irchoq o’yinlarini tashkil qilishda quyidagilar maqsad qilib olinadi:
bolalar uchun ijodkorlik, faollikni ta’minlovchi shart-sharoitlar yaratish;
teatr ko’rish odobiga o’rgatish;
teatr tomoshalari jarayonida bolalarning nutqi va jismoniy rivojlanishidagi uzviylikni ta’minlash;
xalq yaratgan boy merosimizga bo’lgan muhabbat hissini uyg’otish;
qo’g’irchoq teatrini ota-onalar bilan hamkorlikda tashkil qilish imkoniyatini yaratishdan iboratdir.
Har bir qo’g’irchoq teatri bolaning ruhiyatiga quyidagicha ta’sir ko’rsatadi:
qo’g’irchoq teatri uchun tanlangan ertak bolaning yosh va bilim saviyasiga mos bo’lsa, bolada butun vujudi bilan uni ko’rish va unga nisbatan qiziqish paydo bo’ladi;
kuzatishlarimizdan ma’lumki, ayrim bolalarda ertak qahramoniga nisbatan ruhiy tetiklik yoki qo’rqish, nafrat, ko’ziga yosh olish yoki kulib yuborish kabi emotsional holatlar namoyon bo’ladi;
qo’g’irchoq teatri yakunida o’tkazilgan suhbatda bolalar u yerda ko’rganlari haqida qiziqish va xursandchilik bilan so’zlab berishi doimo ko’rishga xohish bildiradilar.Teatr bolalarga xursandchilik va quvonch baxsh etish bilan birga katta tarbiyaviy ahamiyatga ham egadir.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida hajmi katta ertaklarni qo’yish mumkin emas.Kichik ertak asosida o’yinchoqlar yordamida sahna qo’yish mumkin. Bu kichik ko’rinishlarning har biri ham bolalarda katta taassurot uyg’otadi va bayram tadbirlariga ko’tarinki ruh baxsh etadi. Har qanday badiiy asar qo’g’irchoq teatri orqali ko’rsatilsa, bolalar uchun yanada tushunarli bo’ladi.
Sahna faoliyatini tashkillashtirish uchun sanoatda ishlab chiqariladigan qo’g’irchoq va o’yinchoqlardan foydalanish mumkin. Lekin bolalar o’zlari yasagan o’yinchoqlarning tarbiyaviy qadri eng yuqori ekanini ta’kidlash lozim. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qo’g’irchoq teatr jihozlarini tayyorlash va tomoshalar ko’rsatish quyidagi bosqichlar asosida amalga oshirish tavsiya etiladi: