Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti teshabayeva Zamira Sobirovna bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o’rgatish fanidan Darslik



Yüklə 5,25 Mb.
səhifə17/47
tarix17.08.2023
ölçüsü5,25 Mb.
#139637
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   47
дарслик саҳналаштириш

Topishmoqlar
Topishmoq halq ogzaki ijodining eng qadimgi boy janrlaridan biri bo’lib, halqning urf-odatlari, ruhiyati, ahloqiy-estetik qarashlarinin o’zida mujassamlashtiradi.
Topishmoqda narsaning bir necha hil belgilari yashirin, sirli holda berilib, topilishi lozim bo’lgan bir ma’no “kim?”, “nima?” so’oqlarida yashirin javob yotadi. Bolalar topishmoqdagi jumboqni bilishga uni topishga juda qiziqadilar. Topishmoqda topilishi lozim bo’lgan narsaning belgisi taqqoslash yo’li bilan obrazli ifodalanadi.
Masalan: Yer tagida oltin qoziq
U hammaga bo’lar o’ziq (Sabzi)
Dum-dumaloq, jajji oy, chaqib yesang gij-gij moy. ( Yongoq)
Ozi bir qarich, soqoli bir qarich.( Igna-ip)
Qoli yo’q, oyogi yo’q uy poylar. ( Qulf)
Topishmoqlar o’ziga xos mazmun va ifoda shakli bilan bolalarning fikrlash qobiliyatini rivojlantirib, ularni topqirlikka, ziyraklikka va kuzatuvchanlikka o’rgatadi.

Tez aytishlar.
Tez aytish halq ogzaki ijodining o’ziga hos janri.
Halq ogzaki ijodida qofiya va muayan tovushlar takrori asosiga qurilgan sheriy shakldagi janr tez aytish deyiladi
Zanjir, sarjin, anjir.
Oq o’tloq- oppoq o’tloq.
Jo’ja cho’chib, go’ja cho’qir.
Sora allalaydi, Lola arralaydi14
Tez-aytishlar bolalar nutqini ravonlashtirib, aqliy o’tkirlikni rivojlantiradi va hotiralarini o’stiradi.

§ 6. Sahnalashtirish faoliyati jarayonida bolalarda ijodkorlikni rivojlantirish metodlari

Bolalar sahnalashtirish faoliyatida ishtirok etar ekan, obrazlar orqali atrof-olam bilan tanishadi, natijada ular o’ylashga, tahlil qilishga, xulosalar chiqarishga harakat qiladi.


Bolalar sahnalashtirish faoliyati orqali personajlarning replikalarini o’zlashtiradi. Ularda so’z zahirasi ortadi, ijro etayotgan roli bolaning boshqa qahramonlari bilan muloqotga kirishishga undaydi.
Sahnalashtirish faoliyati bolalarda nutq ravonligini shakllantiradi, intellektual va badiiy-estetik tarbiya bilan bog’liq k’oplab pedagogik vazifalarni hal etish imkonini beradi. Shuningdek bolalarda his-tuygu rivojlanadi, ular ijro etgan rollari orqali ma’naviy jihatdan shaxs sifatida shakllana boshlaydi. Ertaklarni sahnalashtirish jarayonida personajlarga hamdard bo’lish va voqealarni ular bilan birga his qilishga ko’mak beradi. Sahnalashtirish faoliyati bolalarning birgalikdagi faoliyati uchun zarur sharoitlar yaratadi.
Sahnalashtirish faoliyati bolalar o’rtasida empatiyani yuzaga keltiradi, ya’ni odamning emotsional holatini mimika, ifodali harakatlar va nutqi bo’yicha ilg’ab olish, turli holatlarda o’zini boshqa odam o’rniga qo’yib ko’rish ko’nikmalarini shakllantiradi.
Bastakor D.B.Kabalevskiy san’atning bolalar uchun ahamiyati haqida shunday fikr bildiradi: «Maktabgacha yoshdagi bolalarda san’at nafaqat go’zallik hislarini, balki odob va axloq tushunchalarini ham paydo qiladi. Bolalarda o’chmas taassurot qoldiradi. Sahnalashtirish faoliyati qanchalik boy va mazmunli bo’lsa, bolalarda dunyo qarashning rivojlanishi shunchalik oson va muvaffaqiyatli kechadi».
Sahnalashtirish faoliyati bolaga muammoli vaziyatlarni bilvosita, ya’ni personaj rolini ijro etish orqali yechishga imkon beradi. Bolalarda o’zaro munosabatlardagi qiyinchilik, o’ziga ishonmaslik, jur’atsizlik kabi sifatlarni yengib o’tishga yordam beradi.
Sahnalashtirish faoliyati bolalarning har tomonlama rivojlanishi uchun muhim ahamiyatga ega. Aynan shu sababdan maktabgacha ta’lim jarayonidagi ish mazmuni va metodlariga qo’yiladigan talablar ortadi. Sahnalashtirish faoliyati bolalarning hissiyotlarini rivojlantirishning tuganmas manbayi hisoblanib, ularni ma’naviy jihatdan boy bo’lish imkoniyatini yaratadi.

Yüklə 5,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin