Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti teshabayeva Zamira Sobirovna bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o’rgatish fanidan Darslik


Chimkent kichik qo’g’irchoq teatri



Yüklə 5,25 Mb.
səhifə3/47
tarix17.08.2023
ölçüsü5,25 Mb.
#139637
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47
дарслик саҳналаштириш

Chimkent kichik qo’g’irchoq teatri. Chimkentda katta masjid mahallasida yashovchi qo’g’irchoqboz Saidazimxo’ja Islomxo’jayevdan sotib olgan. Kolleksiya 18 ta qo’g’irchoqdan iborat.
Sayram kichik qo’g’irchoq teatri. Sayramda yashovchi Tursunmuhammad Matkarimovdan sotib olingan. Kolleksiya 6 ta qo’g’irchoqdan iborat.
Toshkent kichik qo’g’irchoq teatri. Toshkentda Sebzor dahasining Xo’japaroshkon mahallasida yashovchi qo’g’irchoqboz Orifjon Otajanovdan sotib olingan. Kolleksiya 10 ta qo’g’irchoqdan tashkil topgan.
Toshkent katta qo’g’irchoq teatri. Bu kolleksiya ham Orifjon Otajanovdan sotib olingan bo’lib, 47 ta qo’g’irchoqdan iborat bo’lgan. Xullas, P.A.Komarov 37 ta qo’l qo’g’irchoq “Chodir jamol” va 47 ta “Chodir hayol” teatri qo’g’irchoqlarini sotib olgan, ya’ni 1906-1907 yillarda Toshkent shahri va Chimkent uyezdida harakatda bo’lgan qariyb barcha qo’g’irchoqlarni qo’lga kiritgan. Shu o’rinda P.A.Komarovning o’zbek qo’g’irchoq teatri qiyofasini avlodlarga saqlash yo’lida jon kuydirgani, fidokorlik qilganini alohida takidlash lozim.
O’zbek qo’g’irchoq teatrining vujudga kelishini olib qaraganimizda, bunda ikki manba muhim va hal qiluvchi rol bajarganini ko’ramiz. Birinchi manba O’zbekiston hududida yashagan qadimgi animistik e’tiqodga tayanuvchi halqlarning marhumni eslash marosimi deb hisoblanadi. Mazkur marosimga ko’ra o’lgan kishining eng yaqin odami uning niqobini yasab kiyadi va marhum harakatlari, nutqi va muomalalarini tiklashga urinadi. Niqob bazan boshga kiyilmasdan qo’lga ushlanganicha harakatlantirilgan. Bunday paytda ijrochi ham marhum ham o’z rolini bajargan va o’ziga xos dialog hosil qilgan. Ushbu marosim o’zbek qo’g’irchoq teatrining paydo bo’lishiga zamin tayyorlagan.5
Qo’g’irchoqbozlarning risolasi ham fikrimizni quvvatlaganday:
“Qo’g’irchoq devlar va parilar podshosi Hazrati Sulaymon payg’ambarimizning vaqtida bo’lgandir. Ul kishining Hudhud degan qush elchilari bor edi, bir kun ul xabar berdi:
“Men bir katta shaharni ko’rdim, lashkarlari ko’p, podshosining bir qizi bor ko’p xushro’y, ani olib kelsangiz ko’p ulug’ ish bo’lur edi” dedi.
Anda hazrat Sulaymon ul podsho bilan urishib, lashkarlarini ham o’zini ham o’ldirib tugatdilar, qizini olib keldilar. Ul qizning oti Guna edi. Bir kun shayton kelib aytdi:
“Ey Guna otangni Sulaymon o’ldirdi, endi otangni suratini qildirib olgin, otangni ko’rgandek bo’lasan. Anda ul qiz Xazrati Sulaymonga “Otamni suratini qildirib bering” deb yalindi. Ul kishi suratchi top, qildirib beray dedilar. Anda Shayton darrov suratchi talqinida kelib, otasi, lashkarlari va sarkardalarining suratini qilib berdi, qachonki ul qiz otasini ko’rgusi kelsa, shayton kelib ul suratlarni ip bilan yurgizib o’ynatib berar erdi. Anda ul qiz otasini ko’rgandek bo’lar erdi”.
Risola qo’g’irchoq tomoshasining paydo bo’lishini Sulaymon davriga bog’laydi, ijodkori shayton deb ta’riflaydi. Bu albatta afsonadan boshqa gap emas. Risola islom aqidalari va talablariga mos holda yozilgani sababli qo’g’irchoq o’ynatishning kelib chiqishi diniy ruhda talqin qilingan. Keltirilgan parchada bizni qiziqtirgan narsa shuki, qo’g’irchoq marhumni eslash uchun o’ylab topilgan degan fikrni o’ziga xos tarzda e’tirof etadi.
Zamonlar o’tishi bilan marhum qiyofasini gavdalantirish marosimi o’zining dastlabki vazifasi va mazmunidan uzoqlashdi. Niqoblar xalq orasidan yetishib chiqqan iste’dodli kishilar masharabozlar qo’liga tushib, marosim oddiy tomoshaga aylandi.
V-VII asrlarda O’rta Osiyo xalqlari sahna san’ati jumladan qo’girchoq teatrida juda katta yutuqlarga erishgani haqida ma’lumotlar uchraydi. Iqtisodiy va madaniy jihatdan taraqqiy etgan Samarqand, Buxoro, Shaxrisabz va Toshkent

kabi shaharlardan chiqqan san’atkorlar Buyuk ipak yo’lidagi karvonlarga qo’shilib ikki yo’nalishda sharq va garb yo’nalishida faoliyat ko’rsatgan. VII-VIII asrlarda O’rta Osiyoning arablar tomonidan istilo etilishi san’atning tushkunlikka yuz tutishiga olib keldi.


Har qanday tasvir (sur’at, haykal, qo’g’irchoq) ta’qiqlandi, tasviriy san’at va haykaltaroshlarning noyob asarlari bilan to’lib toshgan qasrlar, koshonalar yer bilan yakson qilindi. Natijada rassomchilik qo’lyozma kitoblar orasiga kirib ketadi, haykaltaroshlik o’yinchoq va tumorga aylanadi, niqobdorlar teatridagi qo’g’irchoqlar kichrayib masxaraboz qo’g’irchoqboz qo’liga o’tadi. Biroq buni xalqning aql zakovati, istedodi yengib chiqadi: san’at o’lmaydi u yangi tarixiy-ijtimoiy sharoitlarga moslashgan holda yashashni davom ettiradi. Boshqa san’atlar kabi qo’g’irchoq teatri ham yashash uchun kurashdi. Chunki ulamolar qo’g’irchoq o’yini “Shayton o’yini” deb, iloji boricha uni yo’q qilishni istaganlar. Ammo qo’g’irchoqbozlar ustalik qiladilar, kasbni qonunlashtiruvchi risola yozdirib olib, tomosha ko’rsatish huquqiga ega bo’ladilar.
IX-XII asrlarda qo’g’irchoq teatri nisbatan mo’tadil rivojlanib, san’atning boshqa turlari qatoridan mustahkam o’rin egallaydi.
Ammo XIII asrda mo’g’ullar istilosi, boshqa sohalarda bo’lgani kabi, qo’g’irchoq teatri taraqqiyotiga ham kuchli zarba bo’lib tushdi. Bu paytda teatr g’oyaviy badiiy tushkunlikka uchragan. Lekin XIV asr boshidan keskin jonlanish yuz bergan. Undagi mifologik syujetlar va afsonaviy qahramonlar o’rnini hayotiy voqealar va konkret shaxslar qiyofasi egallay borgan. Shu tarzda qo’g’irchoq teatri fosh etuvchi satirik qiyofaga kira boshlagan. Bu davrda “Chodir jamol” va “Fonus xayol” deb ataluvchi, qo’g’irchoq yasash va uni o’ynatishda, shuningdek tomosha mazmuniga ko’ra bir-biridan keskin farq qiluvchi tur keng taniladi.
Ammo keyingi asrlarda ijtimoiy hayot taqozosi ostida qo’g’irchoq teatri va uning turlarida keskin o’zgarishlar yuz beradi. Hayotiy voqelik asosida yaratilgan asarlar ya’ni “Chodir jamol” va “Chodir xayol” qo’g’irchoq teatrlari mofologik va epik repertuarlarni “Fonus xayol” teatrini siqib chiqara boshlaydi. Tomosha texnikasining ogirligi va ko’proq saroy muhiti bilan bog’langanligi tufayli “Fonus xayol” iste’moldan chiqa boshlaydi.
XVIII asrda qo’g’irchoq teatrida biroz jonlanish yuz bergan. Ayniqsa, XIX asr boshidan uning satirik turi o’tkirlashib, voqelikni aks ettirish borasida jiddiy muvaffaqiyat qozongan va ijtimoiy hayotda tobora salmoqliroq o’rin egallay boshlagan.
XIX asr oxiri va XX asr boshlarida o’zbek qo’g’irchoq teatri ikki turdan iborat bo’lgan. 1906 yilda bu to’g’rida P.A.Komarov shunday yozgan edi: “Avvalo shuni bilish kerakki, bu yerdagi tuzem artistlari qo’g’irchoq teatrini ikkiga ajratishadi biri “Chodir jamol” ikkinchisi “Chodir hayol”. “Chodir jamol”, ya’ni qo’l qo’g’irchoq tomoshalari kunduzi ko’cha-ko’yda bo’lib, har qanday sanqi ko’rishi mumkin; chunki har kim ham haq to’layvermaydi, qo’g’irchoqboz kim nima bersa shunga ko’nib ketaveradi. Bu yerda “Jamol” so’zi bir tomondan tomoshaning kunduzi yorug’likda ko’rsatilishiga, ikkinchidan tomoshada xayol afsona emas, balki kundalik hayotdan olingan real, tanish voqealar tasvirlanganiga ishora qiladi.
“Chodir” so’zi esa, ham sahna ham teatr ma’nosini beradi. Demak “Chodir jamol” bu kishilarning kundalik hayotidan olingan voqealarni qo’lga kiyib o’ynatiladigan qo’g’irchoqlar yordamida kunduzi aks ettiruvchi o’ziga xos teatrdir. “Chodir jamol” sahnasi ko’pincha qizil yoki sariq rangli matodan xaltasimon qilib tikilgan bo’lib, chodir deb atalgan.
O’yinchi uning ichiga kirib quyi tomonini beliga bog’lab oladi, yuqori tomoni esa oshiq-moshiqli bolorcho’p, ostona, ikkita yon cho’p vatirgovuchlar yordamida sahna tusini olgan. Qo’g’irchoqboz o’zi ko’rinmasdan o’tirgan yoki tik turgan holda chodir ichida tikilgan cho’ntakda taxlanib yotgan qo’g’irchoqlarni navbati bilan chiqarib o’ynatadi
Komarovning “Chodir jamol” teatri kolleksiyasida hammasi bo’lib, 18 ta personaj bo’lgan. Kolleksiyadagi qo’g’irchoq personajlar: Polvon Kachal,
B ichaxon oyim (Puchiqxon oyim) va boshqalar
Chodir jamol” teatr guruhi. Samarqand 1932-yil


Yüklə 5,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin