31
Oliy ta'lim muassasalari talabalarida kreativ tafakkurni shakllantirish
jarayonida quyidagi holatlar so'z yuritilayotgan jarayonda samaradorlikka
erishishni kafolatlaydi:
-oliy ta'lim muassasalari talabalarida kreativ
tafakkurni shakllantirishga
alohida e'tibor qaratish;
-oliy ta'lim muassasalari talabalarida kreativ tafakkurni shakllantirishning
nazariy asoslarini ishlab chiqish;
-oliy ta'lim muassasalari talabalarida kreativ tafakkurni shakllantirishga
xizmat qiluvchi mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish chora-tadbirlarini
belgilash;
-talabalarning kreativ tafakkurini shakllantirishga yordam beruvchi shakl,
metod va vositalar tizimini asoslash;
-mazkur jarayonda fanlararo aloqadorlikni ta'minlash;
-talabalar tomonidan o'zlashtirilgan nazariy-pedagogik bilimlarning
amaliyotga tadbiq etishga imkon beruvchi shart-sharoitlarni yaratish.
Kreativ pedagogikaning tarkibiy tuzilmasi va asosiy kategoriyalari
Har qanday fan singari “Kreativ pedagogika” fani ham o'zining
tarkibiy
tuzilmasiga ega. Ushbu fan quyidagi tarkibiy tuzilmaga ega:
- kreativ ta'lim asoslari: maqsadi. vazifalari, ob'ekti, predmeti, sub'ektlari,
mazmuni, metodologiyasi, shakllari, metodlari, vositalari,
metodikasi va
texnologiyalari;
- malakali kadrlarni tayyorlash va ular tomonidan kasbiy faoliyatni
tashkil etish jarayonida yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda kreativ
shaxsni shakllantirish bosqichlari
32
Kreativ pedagogikaning umumiy mohiyati uning konpeptsual holatlarini
ifodalovchi bir qator tushunchalar asosida ochib beriladi. Ular quyidagilardan
iborat:
Ijodkorlik – muayyan yangilikning ahamiyati
va foydali ekanligini
belgilovchi shaxs faoliyati va uning natijasi
Ijodkor shaxs – ijodiy jarayonni muvaffaqiyatli amalga oshira oladigan
hamda aniq ijodiy natija (mahsulot)larga ega shaxs
Kreativ shaxs – jarayon yoki natija sifatida ijodkorlikni namoyon etuvchi,
masalalarni yechishga nostandart usullar
bilan yondasha olishga moyil, o'ziga
xos harakatlarni tashkil etish, yangiliklarni ilgari surishga, ijodiy mahsulotlarni
yaratishga layoqatli va tayyor shaxs
Bunyodkor shaxs –
ham jarayon, ham natija sifatida ob'ektiv ijodkorlikni
amalga oshiradigan va talablar darajasida ijodiy mahsulotlarini yarata oladigan
shaxs.
Kreativ shaxsni tayyorlash – ijodkorlikka o'rgatish va o'zini o'zi ijodiy
namoyon etish jarayonida shaxsda barqaror kreativ sifatlarni shakllantirish va
rivojlantirish mazmuni
Ijod – ijtimoiy sub'ektning yangiligi, ahamiyati va foydaliligi
jamiyat yoki
muayyan guruh tomonidan tan olingan faoliyati yoki faoliyati natijasi
Ijodkor shaxs – kasbiy-ijodiy faoliyat tajribalarini qaror toptirish va
boyitish asosida ijodiy g'oya, ularni amalga oshirish ko'nikma va malakalariga
ega shaxsni shakllantirish hamda rivojlantirish.
Kasbiy-ijodiy faoliyat – mutaxassisning kasbiy masalalarni ijodiy hal qilish
muvaffaqiyatini tavsiflovchi faoliyati, innovatsion xatti-harakati
Ijodiy topshiriqlar – muammoli vaziyatlarni tizimli tahlil asosida hal
qilishga yo'naltirilgan masalalar
tizimi
Kasbiy-ijodiy imkoniyat –
1) kasbiy kompetentsiya, malakaga egalik;
2)kasbiy ijod metodologiyasi asoslarini o'zlashtirganlik;
33
3)ijodiy tafakkurning shakllanganlik darajasi;
4)kasbiy-ijodiy layoqat va shaxsiy sifatlarning rivojlanganligi.
Kasbiy ijodkorlik metodologiyasi – ijodkorlikning jarayon va natija sifatida
ob'ektlar hamda muayyan kasbiy faoliyat turlariga munosabat ko'rinishidagi
tuzilishi, mantiqiy tashkil etilishi, metod va vositalari haqidagi ta'limot
Ijodiy tafakkur – tafakkurning ijod jarayonini tashkil etish va ijod natijalari
(mahsullari)ni bashoratlashni ifodalovchi turi
Kreativ qobiliyat – shaxsning ijodiy faoliyatni tashkil etish va uning
natijalanganligiga erishishni ta'minlash imkoniyatini belgilovchi individual
xususiyati
Ijodiy qobiliyat – ijodiy faoliyatni muvaffaqiyatli amalga oshirish va uning
natijalanganligi, o'zini o'zi ijodiy faollashtirish – shaxsning ijodiy faoliyatda o'z
imkoniyatlarini to'laqonli namoyon
qilishi va rivojlantirishi, kabilar
pedagoglarning kasbiy-ijodiy imkoniyati kasbiy masalalarni ijobiy hal qilish va
ularning yechimini tegishli darajada baholashda ko'rinadi.
Dostları ilə paylaş: