155
Bo'lajak pedagoglarni... - suhbatlar orqali rag'batlantirish; - konstruktiv
sharhlar bilan ta'minlash; - yangi ko'rsatmalar
bilan tanishtirib boorish;
Bo'lajak pedagoglar... - o'zlarida kreativlikning boshqa turlarini ham
rivojlantira olishlari; - guruhda ishlay olishlari; - hissiy jihatdan erkin va ijobiy
fikirlarga ega bo'lishlari uchun poydevor bo'ladigan muhitni yaratish.
Haligacha ta'lim tizimida ko'plab yondashuv va metodlar ijodiy fikirlash
emas, talqin va tahlilga, ya'ni berilgan ma'lumotni tushunib, to'g'ri yetkazishga,
nari borsa, bir necha
axborotni umumiylashtirib, xulosa chiqara
olishga
yo'naltirilgan.
O'quv mashg'ulotlarining avvaldan rejalashtirilishidan voz kechish, bo'lajak
pedagoglarda
tanqidiy, kreativ tafakkurni shakllantirish va rivojlantirish,ularni
ijodiy fikirlash, yangi g'oyalarni o'ylab topishga majbur qilish ta'lim olishga
bo'lgan munosabatni o'zgartirish, ularni yutuqlarga erishishga rag'batlantirishda
asosiy omil bo'ladi. O'qituvchining ijodkor va kreativ bo'lishi yoki bo'lmasligi
emas, balki darslarni ijodkorlik, kreativlik ruhida tashkil etish, yangi g'oyalarni
ta'lim jarayonida sinab ko'rishga intilishi zarur.
Dostları ilə paylaş: