Mikroo‘g‘itlar ekishdan oldin tuproqqa solish yoki o‘simlikka changlantirish (sepish) va purkash hamda urug‘larga ishlov berish yo‘li bilan ishlatiladi
Mikroo‘g‘itlar ekishdan oldin tuproqqa solish yoki o‘simlikka changlantirish (sepish) va purkash hamda urug‘larga ishlov berish yo‘li bilan ishlatiladi. Borli o‘g‘itlar. Mikroo‘g‘itlar orasida eng keng tarqalgani borli mikroo‘g‘itlardir. Eng konsentratlangan borli o‘g‘it borat kislotasi - H3B03 dir. Uni urug'larga sepganda talk bilan aralashtiriladi (14— 16 % gacha H3B03 saqlovchi aralashmasi ishlatiladi), oddiy, qo‘sh superfosfat hamda nitroammofosk va boshqalarga qo‘shiladi. Bu maqsadda bura Na^O/ 10H20, borat kislotasining kalsiyli tuzi ham ishlatiladi. Kul tarkibida ham (1kg kulda 200—700 mg gacha) bor uchraydi. Shuning uchun borli o‘g‘it sifatida kul ham ishlatiladi. Sanoatda turli tabiiy bor minerallaridan borat kislota ishlab chiqarishda, chiqindi sifatida qoldiq eritma hosil bo'ladi, u tarkibida 23 % MgS04 va 1,8—2,5 % H3B03 saqlaydi. Bu eritma bug‘lantirilib, tarkibida 13 % H3B03 va 13 % MgO saqlovchi bormagliyli o‘g‘it olinadi. Bu tarkibida ham bor, ham magniy saqlovchi o‘g‘it hisoblanadi.
Misli, ruxli, marganetsli, molibdenli, kobaltli o‘g‘itlar. Misli o‘g‘itlarga odamlarning sutkalik talabi 2 mg atrofida bo‘ladi. Misli o‘g‘it sifatida sulfat kislota ishlab chiqarishda hosil bo‘ladigan kolchedan kuyundisi va mis ishlab chiqarishda hosil bo'luvchi kuyundilar qo‘llaniladi. Ular tarkibida 0,3—0,6 % mis va boshqa mikroelementlar: Zn, Co, Mo saqlaydi. Konsentrlangan misli o‘g‘it sifatida mis kuparosi, CuS045H20 (tarkibida 23,4—24 % gacha Cu saqlaydi) qo‘llaniladi. U ham sof holda, ham boshqa o‘g‘itlaiga qo'shib ishlatiladi. Masalan, miskaliyli o‘g‘it (90 % KC1, 1 % — Su dan iborat). В markali ammofos (0,3—0,5 % Cu saqlaydi) ishlab chiqariladi.