mahsulotlar olinadi. Reaktorga kirayotgan gaz oqimi tezligi va reaksiyaga kirishadigan moddalar konsentratsiyasi n i ng doimiyl igi ni (o‘zgarmasligi)ni saqlab turish avtomatlashtirilgan bo‘lsa, unda nafaqat harorat barqaror bo‘ladi, balki reaktorda dastlabki moddalaming mahsulotga aylanish darajasini ham turg‘unlashtiradi, ya’ni aylanish darajasi doim bir me’yorda boradi.
Issiq gazlar aralashmasi
reak- tordan chiqadi, issiqlik almash- tirgich quvurlari ichidan o‘tib, ularning tashqarisidagi bo'shliq orqali kelayotgan dastlabki gazlami kerakli haroratgacha qizdiradi. Bu gazlar qizigach reaktoiga kiradi.
0‘lchagich (masalan, termo- para-X) reaktorga kirayotgan moddalar haroratini o‘lchaydi, agar kerakli haroratdan ozgina chetlashgan bo‘lsa, to‘g‘rilagichga o‘tkazgich orqali signal beradi (to‘g‘rilagich — regulyator, oddatda elektron asbobi), u o‘z navbatida ijrochi mexanizmga (IM) komanda beradi. IM bu reaktorga (1) kirayotgan sovuq gazlami ochib yoki yopib turuvchijo‘mrak (ventil) (3) bo‘lgan elektr motorcha bo‘lishi mumkin.
Agar reaktoiga kiradigan gazning harorati normadan ozgina ortiq bo‘lsa, u IM jo‘mrakchani ochadi, natijada reaktorga kiradigan sovuq gaz miqdori ortib reaktordagi gazlar harorati normal holatga keladi. Mabodo reaktorga kiradigan gazning harorati normadan past bo'lsa IM jo'mrakchani bir oz berkitadi va gaz harorati normal- lashadi.
Murakkab kimyoviy-texnologik sistemalarni kompleks avtomatlashtirishda boshqaruvchi elektron hisoblash mashinalari qo‘llaniladi. Ular turli o‘lchov asboblaridan jarayonni borishi haqidagi axborotlami qabul qilib oladi, optimal sharoitni hisoblaydi va ijrochi - asbobga tegishli buyruq beradi.
Texnologik jarayonlaming avtomatlashgan boshqaruv sistemasini kimyo sanoatida keng qo‘llash hozirgi zamonning eng dolzarb vazifalaridan biridir.
Shuning uchun ham korxona va tashkilotlarda mehnat sharoitini yaxshilash hukumatimizning diqqat markazida bo'lgan muhim vazifalardan biridir.
Kimyo sanoatida tarmoqlar uchun alohida qoidalar texnika xavfsizligi normalari va har bir kimyoviy ishlab chiqarishni loyihalash, qurilish ekspluatatsiya qilish uchun sanoat sanitariya normalari ishlab chiqarilgan va ular amalda tatbiq etilgan.
Kimyo sanoati xodimlari
zararli va zaharli gazlar, suyuqliklar, changlanuvchi va sochilib ketuvchi moddalar bilan hamda yuqori harorat va bosim ostida ishlashlariga to‘g‘ri keladi. Texnika xavfsizligi va mehnat muhofazasi qoidalarida va maxsus qonunlarda mehnat - kashlaming xavfsiz ish sharoitlarini yaratish ko‘zda tutilgan. Kimyoviy korxona binolarining ichida, korxona atrofida, havoda va suvda zararli kimyoviy moddalaming chegaralangan konsentratsiyasi belgilangan.
Ko‘pgina
organik birikmalar, ayniqsa efirlar, spirtlar va ba’zi anorganik birikmalar masalan, vodorod, ammiak va boshqalar osonlikcha o‘t olib ketuvchi va portlovchi moddalar hisoblanadi. Shu boisdan bunday korxonalarda yong‘inning oldini olishning hamda ehtimoli tutilgan yong‘inni tez bartaraf etishning keskin chora- tadbirlari ko'rilgan bo'ladi.
Kimyo korxonalarida yong‘inga qarshi texnik va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etish, davlat inspeksiyasi organlari hamda zavod ichki xizmati xodimlari tomonidan nazorat qilib turiladi.
Korxonaning har bir xodimi, shu jumladan, ishlab chiqarish amaliyotini o'tovchi talaba ham ishlaydigan ish joyiga hatto kimyo labaratoriyalariga ham umumiy ishlash qoidalarini o‘zlashtirgandan va mehnat xavfsizligi instruksiya (ko‘rsatma)larini olgandan so‘ng qo‘yiladi.