Har qanday ishlab chiqarishning muhim tarkibiy qismlaridan biri xomashyodirj Xomashyo — iste’mol mahsulotlari va ishlab chiqarish vositalarini olish uchun sanoatda ishlatiladigan tabiiy modda- lardir»'Kimyo sanoatida xomashyo asosiy omil bo‘lib, ishlab chiqarilgan tayyor mahsulot tannarxining 60—70 % ini tashkil etadi.
Sanoatda xomashyo tushunchasidan tashqari dastlabki ashyo, tayyor mahsulot va chiqindi tushunchalari ham qo‘llaniladi. Xomashyo va dastlabki ashyoni bir-biridan farq qilish kerak. Xomashyo, sanoatda qayta ishlanmagan tabiiy moddalardir. Biron bir ishlab chiqarish uchun xomashyo, yarimfabrikat, oraliq mahsulot, yarimmahsulot (asosiy material), qo'shimcha mahsulot va ikkilamchi ashyolar, dastlabki ashyo bo‘lishi mumkin. Yarimfabrikat bu tabiiy xomashyoni sanoatda dastlabki ishlov berish natijasida olingan materialdir.
Oraliq mahsulot deb, xomashyo yoki yarimfabrikatdan olingan individual moddalarga aytiladi. Qaysiki, u ayni korxonada boshqa mahsulot ishlab chiqarish uchun dastlabki ashyo bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Qo ‘shimcha mahsulot deb, korxonada ishlab chiqarish jarayonida asosiy mahsulot bilan biiga qo‘shimcha reaksiyalar natijasida hosil bo‘lgan individual modda yoki aralashmaga aytiladi. Ikkilamchi xomashyo deb, o‘z xizmat muddatini o‘tab bo‘lgan narsalar va materiallarga — sanoatda ishlov berganda hosil bo‘ladigan chiqin- dilarga aytiladi. Qaysiki, u chiqindilami sanoatda qayta ishlab tayyor mahsulotga aylantirish iqtisodiy jihatdan foydalidir.
Tayyor mahsulot deb, xalq xo‘jaligining turli tarmoqlarida amalda foydalanish uchun korxonadan jo'natiladigan moddalar yoki materiallarga aytiladi. Chiqindi deb, texnologik taraqqiyotning ayni davrida amaliy ishlatish sohasini topmagan tashlandiq moddalar yoki materiallarga aytiladi. Bunday bo‘linishlar, albatta, nisbiydir. Masalan, nitrat kislota, ishlab chiqarish korxonasining tayyor mahsuloti bo‘lsa, o‘g‘it ishlab chiqarish korxonasi uchun dastlabki ashyo hisoblanadi.
, Xomashyolar turli belgilariga qarab sinflarga bo‘linadi. Kelib chiqishiga qarab, ular mineral, o‘simlik va hayvonot xomashyolariga, agregat holatlariga qarab, qattiq, suyuq, (neft, namakob), gazsimon (havo, tabiiygaz) xomashyolaiga, tarkibiga qarab ariDiiamk va organik xomashyolarga bo‘linadi. Mineral xomashyolar o‘z navbatida rudali, rudasiz va organik yoki yonuvchi xomashyolarga bo‘linadi. Rudali minerallar to‘g‘ridan-to‘g‘ri ruda deb ataladi.
Ruda deb, tarkibida metall saqlovchi tog‘ jinslari yoki boshqa mineral birikmalaiga aytiladi. Ulardan metallar ajratib olinadi.k Metallar ruda tarkibida, asosan oksidlar va sulfldlar shaklida bo'ladfj Ruda tarkibidagi asosiy komponent — metalldan tashqari doimo begona aralashmalar ham uchraydi. Ishlab chiqarishda foydalanilmaydigan begona aralashmalar chiqindi, ba’zan «bekorchi jism» deb ataladi. Tarkibida ajratib olishga yetarli miqdorda bir necha metall saqlovchi rudalarga polimetall rudalar deyiladi. 0‘zbekistondagi rangli metall rudalari (masalan: mis-rux, qo‘rg‘oshin-rux-kumush) asosan polimetall rudalardir.
^ Rudasiz minerallar deb, metallmas moddalar olinadigan (masalan: fosfor, xlor, oltingugurt, o‘g‘itlar, soda, ishqorlar, kislotalar, sement, shisha va boshqalar) yoki bevosita kimyoviy ishlov berilmay foydalaniladigan tog‘ jinslari yoki minerallarga aytiladi. Rudasiz qazilmalar ishlatish sohasiga qarab shartli ravishda to'rt guruhga bo‘linadi:
qurilish materiallari (tuproq, qum, shag‘al, qurilish toshlari, g‘isht, keramika va boshqalar);
industrial ashyolar, kimyoviy qayta ishlanmay foydalaniladi (slyuda, asbest, grafit, magnezit, korund va boshqalar);
kimyoviy mineral ashyolar, kimyoviy ishlov berib, yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalaniladi (oltingugurt, fosfor, apatit, silvinit, toshtuz va boshqa ko‘pgina tuzlar);
qimmatbaho, yarim qimmatbaho va ishlov berib tayyor- lanadigan ashyolar, mexanik ishlov berilgandan so‘ng foydalaniladi (olmos, yoqut, zumrad, qahrabo, malaxit, feruza, yashma, marmar va boshqalar) \
Organik yoki yonuvchi ashyolar uchga: qazilma, o'simlik va hayvon xomashyolariga bo‘linadi. Qazilma organik yoki yonuvchi xomashyolar (torf, slanes, ko‘mir, neft, tabiiy va yo‘ldosh gazlar)
energiya manbai sifatida hamda qimmatbaho kimyoviy ashyo sifatida ishlatiladi.
0‘simlik va hayvonot xomashyolari ishlatilish sohasiga qarab ikkiga: oziq-ovqat va texnik ashyolariga bo‘linadi. Oziq-ovqat ashyolariga, asosan, ozuqa sifatida iste’mol qilinadigan (kartoshka, lavlagi, sut, g‘alla, o‘simlik, hayvonlar go‘shti va yog‘lari hamda boshqa) mahsulotlar kiradi.
Texnik ashyolarga esa, oziq-ovqat sifatida ishlatishga yaroqsiz bo‘lgan, ammo kimyoviy va mexanik ishlov berilgan, turmushda va sanoatda, texnik maqsadlarda ishlatish mumkin bo‘lgan ashyolar kiradi. Masalan, paxta, yog‘och, yog'och smolasi, somon, zig‘ir poyasi, kanop poyasi, hind kanopi, charm, jun, mo‘yna, ba’zi 0‘simlik va hayvon yog‘lari (hind kanopi moyi, tung moyi (tung daraxti mevasidan olinadigan moy), kit, treska baliqlari yog‘i (turli kunjara, hayvon suyaklari va boshqalar). Ammo, bunday texnik va oziq-ovqat ashyolariga bo‘linish nisbiydir. Chunki, ba’zan oziq- ovqat ashyolari texnik maqsadlarda va aksincha, texnik ashyolar, oziq-ovqat maqsadida ishlatilishi mumkin. Masalan, ba’zi oziq- ovqat yog‘lari qayta ishlanib ulardan sovun, olif va kosmetika vositalari olinadi.