О ‘simliklami himoya qDishning kimyoviy vositalari, ming t.
—
—
—
—
23,5
27,0
42,4
44,6
Sintetik yuvish vositalari, ming t.
4,6
16,2
Sintetik ammiak, ming t.
—
—
171
1035
1312
27,9
§. Kimyoviy ishlab chiqarishning texnologik va texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari
Har qanday ishlab chiqarishning rentabelligi, mahsulotning arzonligi shu bilan bir qatorda yuqori sifatli bo‘lishi, ishchilar mehnat sharoitlarining yaxshiligi va ishlab chiqarishning zararli chiqindilardan atrof-muhit ishonchli ravishda muhofazalanganligi bilan tavsiflanadi. Shuning uchun ham ishlab chiqarish jarayoni quyidagi ko‘rsatkich- lami o‘z ichiga oladi:
Л) mahsulot unumi; 2) xarajat koeffitsienti; 3) mahsulot tan- narxi; 4) mahsulot sifati; 5) apparatning jadalligi; 6) apparatning mahsuldorligi; 7) material balansi; 8) texnologik sistemaning oddiy yoki murakkabligi; 9) mexanizatsiyalash; 10) avtomatlashtirish; 11) mehnat sharoitining yaxshilanishi^
Xarajat koeffitsienti va mahsulot unumi.Xarajat koeffitsienti deb, ayni ishlab chiqarish jarayonida tayyor mahsulot birligi uchun (odatda 1 t., ba’zan 1 kg. mahsulot uchun) sarflangan xomashyo, yoqilg‘i, elektr energiyasi, bug1 va boshqa materiallar miqdoriga aytiladi. Bulardan eng muhimi xomashyo va yoqilg‘idir, ular mahsulot tannarxini belgilovchi asosiy mezondir.. Ishlab chiqarish usuli, ayniqsa, muhim ko‘rsatkich bo‘lib, u xarajat koeffitsientini keskin pasaytirib atrof-muhitni ifloslovchi ishlab chiqarish chiqindisini kamaytiradi. Xomashyodan kompleks foydalanish, uning barcha komponentlarini xalq xo'jaligi uchun foydali bo'lgan mahsulotga aylantirish, tannarxni pasaytiruvchi vositalaridan biridir^Mahsulot unumi deb, amalda olingan tayyor mahsulotning nazariy olinishi mumkin bo‘lgan miqdoriga bo‘lgan foiz nisbatiga aytiladi. ^
Mahsulot tannarxi (qiymati).Korxonaning mahsulotni tayyorlashdan tortib to tarqatib (sotib) yuborguncha sarflangan barcha xarajatlaming pul birligida ifodalanishi to ‘liq tannarx deyiladi. Korxonaning mahsulot ishlab chiqarish bilan bevosita bog‘liq bo'lgan xarajatlari fabrika-zavod tannarxi deb ataladi.
Ishlab chiqarish tannarxi quyidagilami o‘z ichiga oladi: 1) xom- ashyo, yarimfabrikat va mahsulot ishlab chiqarishning kimyoviy reaksiyalarida bevosita ishtirok etadigan asosiy materiallari; 2) texno- logik maqsadda ishlatilgan yoqilg‘i va energiya; 3) asosiy ishlab chiqarishda band bo‘lgan ishchilar; 4) yaroqsizlanishni (bino qurilma jihozlar vaboshqalar) qayta tiklashga ajratiladigan fondlar (mablag1- lar); 5) sex xarajatlari (asosiy ishlab chiqarish fondlarini saqlash va ulami joriy ta’mirlash uchun sarflanadigan mablag1) va sexning ma’muriy-boshqaruv xodimlarini saqlash hamda mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi uchun ketadigan xarajatlar; 6) umumzavod xarajatlaridan tashkil topadi. u-
Asosiy mahsulot tannarxidan shu xomashyodan olingan qo‘shimcha mahsulotlar qiymati chiqarib tashlanadi. Tannarx kalkulyatsiyasini (mahsulotning tannarxini yoki olish-sotish bahosini hisoblab chiqish), ya’ni material va energiya balanslarining ma’lumotlari asosida mahsulot birligiga bo‘lgan sarfiyotlami hisoblash uchun, xomashyo materiallari, yoqilg‘i va energiya bo‘yicha sarfiyot koeffitsientlari aniqlanadi. So‘ngra xomashyoni, materiallami va boshqa xarajatlami hisobga olib kalkulyatsiya tuziladi.
Turli kimyoviy ishlab chiqarishlarda mahsulot tannarxi va unga bo‘lgan xarajatlar turlicha bo‘ladi. Ko‘pchilik hollarda tannarxga katta ta’sir ko‘rsatadigan narsa bu xomashyodir. U kimyoviy sanoat bo‘yicha tannarxning o‘rtacha 60—70 foizini tashkil etadi. Yoqilg‘i va energiya esa (elektrotermik va elektrokimyoviy ishlab chiqarishlardan tashqari) tannarxning o‘rtacha 10 foizini tashkil etadi. Yuqori darajada mexani- zatsiyalashgan va uzluksiz ishlab chiqarish jarayonlari bilan ta’minlangan kimyoviy sanoatda asosiy ishchilaming ish haqi o‘rtacha
foizni tashkil etadi. Ko‘pchilik kimyoviy ishlab chiqarishlarda ish haqi tannarxning 20 foizini tashkil etadi. Yaroqsizlanish esa tannarxning 3—4 foizini tashkil qiladi. Tannarx tahlilidan uni pasaytirish yo‘llari ham ravshan bo‘lib qoladi.
^Kimyoviy mahsulotning sifati.Kimyoviy mahsulotning sifati (tarkibi va xossalari) uning tarkibida begona aralashmalaming (qo'shimchalar) borligi va ulaming miqdori bilan tavsiflanadi. Yuqori molekular birikmalarda esa uning molekulasining tuzilishi va fizik- kimyoviy xossalariga ham bog'liq bo‘ladi. Tayyor mahsulot toza va konsentrlangan bo'lishi kerak. Begona aralashmalaming xarakteri va miqdori xomashyo va tayyor mahsulotning tozalanish darajasi va qo'shimcha reaksiyalarga bog‘liq bo'ladi. Xomashyoni tozalash qanchalik takomillashgan bo‘lsa hamda tayyor mahsulotdan qo‘shimcha reaksiya mahsulotlari qanchalik to'liqroq ajratib olingan, tozalangan bo‘lsa, sifat shunchalik yuqori bo'ladi. Ayniqsa, mahsulot konsentratsiyasi sifat uchun muhim ko‘rsatkichdir.*/
Toza va konsentrlangan mahsulot olish nafaqat sifat uchun, balki u xomashyo sifatida qo‘llaniladigan jarayonlami jadallash uchun ham juda muhimdir. Ko‘p ming tonnali ishlab chiqarishlarda esa kimyoviy mahsulotlarda foydali komponentlaming konsentratsiyasini oshirish, ularni ortish, tushirish, tashish nuqtai nazaridan ham katta ahamiyatga egadir. Masalan, mineral o‘g‘itlaming tarkibida foydali komponentlarining miqdori 20—50 foizdan ortmaydi. Demak, yiliga 50 mln. t. o‘g‘it ishlab chiqarilsa, 30 mln. t. keraksiz mahsulotni (begona aralashmalarni) transport bir necha yuzlab km masofaga tashigan bo'ladi. Shuning uchun ham ko'pchilik mineral o‘g‘itlar, kislotalar, asoslar, tuzlar va boshqa kimyoviy mahsulotlar tarkibidagi foydali komponentlaming konsentratsiyasini oshirish juda muhimdir.
Har qanday kimyoviy mahsulotning sifati, ya’ni tarkibi va xossalari davlat standartlarida bayon etilgan talablarga (qisqartirilib GOST deyiladi, GOST, ruscha Gosudarstvenniy standart so‘zlaridan olingan) javob beradigan bo‘lishi kerak. Hali standarti qo‘yilmagan yangi mahsulot turiga talab, korxona yoki muassasaning texnik shartlari (TSh) bilan aniqlanadi. GOSTga binoan oziq-ovqat sifatida ishlatiladigan kislotalar, tarkibida kishi organizmi uchun zararli bo‘lgan aralashmalar (qo‘rg‘oshin tuzlari, mishyak va boshqalar) saqlanmasligi kerak.
\jApparatning jadalligi (intensivligi).Apparatning jadalligi deb, apparat mahsuldorligining uning har bir m3 dagi foydali hajmi birligiga yoki apparat ishchi yuzasining 1 m2 dagi kesimiga bo‘lgan nisbatiga aytiladi:
V (1.1)
т-V ’
(1.2)
M G 3 (1.3). = - S t Bunda, J — apparatning jadalligi; M — apparatning mahsul- dorligi; V — apparatning hajmi (m3); G — ishlab chiqarilgan mahsulot; x — mahsulotni ishlab chiqarishga ketgan vaqt (soat); S — apparatning ishchi qismining yuzasi yoki ko'ndalang kesimi (m2).
Masalan, ammiak sintezi apparatning jadalligi, sintez kolonnasining katalizator bilan to'ldirilgan qismining 1 m2 maydonidan 1 soatda olingan ammiakning kg miqdori bilan (bu son 5000 kg/m2soatga teng) tavsiflanadi.
Intevsivlik bu turli kattalikdagi reaktorlarni taqqoslashning eng qulay ko'rsatkichidir. Chunonchi, 100 m3 hajmli reaktor 10 m3 hajmli reaktorga nisbatan 5 marta katta mahsuldorlikka ega bo‘lishi mumkin, ammo bunda uning jadalligi kichik reaktomikidan 2 marta past, ya’ni u 2 marta sekin ishlaydi.
Intensivlash ikki yo‘l bilan amalga oshiriladi: mashina va apparatlaming konstruksiyasini yaxshilash, apparatdagi texnologik jarayonlami takomillashtirish.
_ Apparat jadalligini oshirishning texnologik omillari: haroratni va bosimni oshirish, reaksiyaga kiruvchi reagentlar konsentratsiyasini oshirish, katalizatordan foydalanish, reaksiyaga kirishuvchi moddalarni aralashtirish kabilar bo‘lishi mumkin.
Intensivlash faqat katta energiya talab etmasagina maqsadga muvofiqdir. Apparatning jadalligi va uning mahsuldorligi bir-biriga bog'liq bo‘lgan ko'rsatkichlardir. Ishlab chiqarish jarayoni qanchalik jadalroq ketsa apparatning mahsuldorligi shunchalik katta bo‘ladi.