Toshkent yangiyul poligraph service



Yüklə 5,3 Mb.
səhifə3/207
tarix16.12.2023
ölçüsü5,3 Mb.
#181000
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   207
Toshkent yangiyul poligraph service

BIRIN CHI QISM
KIMYOVIY TEXNOLOGIYANING UMUMIY TUSHUNCHALARI
I BOB. KIRISH. KIMYOVIY TEXNOLOGIYA FANI VA UNING MUHIM VAZIFALARI. KIMYOVIY ISHLAB CHIQARISHNING AHAMIYATI VA TARAQQIYOTI

  1. §. Kimyoviy texnologiya fani va uning muhim vazifalari

Texnologiya so‘zi yunoncha texnos — kasb, hunar, mahorat, logos — fan so‘zlaridan olingan bo'lib, kasb-hunar, mahorat haqidagi fan demakdir. Ammo bunday ma’no hozirgi zamon texnologiyasining mazmuniga to'liq mos kelmaydi.
Texnologiya tabiiy xomashyolarni qayta ishlab, iste’mol mah- sulotlari va ishlab chiqarish vositalariga aylantirish usullari va jara- yonlarini o‘rganadigan fandir. Qayta ishlash usullari — xomashyo tayyor mahsulotga aylanguncha qo‘llaniladigan barcha operatsiyalar (texnologik jarayon davomida bajariladigan har bir ayrim ish) majmuidir. Har qanday kimyoviy mahsulotni ishlab chiqarish bir qancha mexanik, kimyoviy va fizik-kimyoviyjarayonlardan iboratdir. Ularbiigalikda texnologikjarayonni tashkil etadi.
Texnologiya atamasi fan bilan ishlab chiqarishni bog‘lovchi ko‘prik ma’nosini ham anglatadi. Texnologiyaga berilgan bu ta’rif ikki yoqlama tabiatini belgilaydi. Texnologiyani ishlab chiqarish va ishlab chiqarish jarayonlarining bir butunligi haqidagi fan deyish mumkin.
Xomashyoni qayta ishlab mahsulotga aylantiradigan mashina- apparatlar majmuiga texnologik sistema deyiladi.Tegishli mashina va apparatlarda boradigan operatsiyalami birin-ketin ta’riflash yoki grafik shaklida tasvirlashga texnologik sxema deb ataladi.
Texnologiya ikkiga — mexanik va kimyoviy texnologiyaga bo‘linadi.
Mexanik texnologiya qayta ishlanadigan materiallarning faqat shakli va ba’zan fizikaviy xossalarining o‘zgarish jarayonlarini o'rganadi. Kimyoviy texnologiya moddalar tarkibi, xossalari va tuzilishining o‘zgarishi bilan boradigan jarayonlami hamda bu jarayonlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan apparatlarni o'rganadi.
Texnologiyaning bunday bo'lishi nisbatan shartlidir, chunki ba’zan, moddalarga mexanik ishlov berilganda ularda kimyoviy reak- siyalar ham boradi. Masalan, cho'yan yoki po'latni suyuqlantirib, suyuqlanmalarini quyish jarayoni mexanik texnologiyaga kiradi, ammo unda kimyoviy reaksiyalar ham boradi, kimyoviy jarayonlar esa o‘z navbatida mexanik jarayonlar bilan birgalikda sodir bo'ladi.
Kimyoviy texnologiyaning muhim vazifasi kimyoviy mah- sulotlami ishlab chiqarishda u yoki bu kimyoviy reaksiyalaming borishi uchun qulay, optimal iqtisodiy samarali usullar va sharoitlami qidirib topishdir.
Kimyoviy texnologiya xomashyoni kimyoviy qayta ishlashni boshqarish jarayonlarini, ijtimoiy va iqtisodiy omillarni resurslar bilan ta’minlash va ishlab chiqarishdagi xavfsizlikni ta’minlash, parametrlaming (harorat, bosim, jarayon, konsentratsiya, xom­ashyoni qayta ishlash tezligi va boshqalar) optimal qiymatlarini to- pish, apparatlarni tayyorlash uchun materiallami tanlash, jara- yonning texnologik sxemasini yaratish va ishlab chiqarishni yo‘lga qo'yish kabi ishlami bajaradi. Bulami amalga oshirishda u kimyo va fizikaning asosiy (fundamental) qonunlaridan foydalanadi.


  1. Yüklə 5,3 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin