Kimyo sanoati xalq xo'jaligining qadimdan ma’lum tarmog‘i bo‘lib, iqtisodiy taraqqiyotga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatadi. Kimyo sanoati xomashyosi bitmas-tuganmas arzon moddalar: tuproq, suv, havo; tabiiy qazilmalar: neft, gaz, toshko'mir, torf, slanets, rudalar, hatto atrof-muhitni ifloslovchi chiqindi tutunlar, zaharli gazlar va boshqalardir.
Kimyo sanoati mana shu yuqorida nomlari qayd qilingan xomashyolardan xalq xo'jaligining qariyb barcha tarmoqlari uchun bir necha o‘n minglab qimmatbaho mahsulotlar: plastmassalar, kauchuk va rezina, kimyoviy tolalar, jun, ipak, charm, o‘g‘itlar, bo‘yoqlar, loklar, chinni buyumlar, shisha, sement, spirtlar, kislo- talar, erituvchilar, motor yoqilg‘ilari, surkov moylari, portlovchi
moddalar, koks, rangli va qora metallar va ulaming qotishmalari, dori-darmonlar, hatto ayrim oziq-ovqat mahsulotlari va boshqalar ishlab chiqarmoqda.
Ulaming ko‘pchiligi tabiatda uchramaydi, sifati jihatidan tabiiy mahsulotlardan qolishmaydi, hatto ba’zi xossalari bo‘yicha ulardan ustun turadi. Faqat rezinadan 30 ming nomda, plastmassadan esa 50 ming nomda buyumlar ishlab chiqarilmoqda. Kimyo sanoati hozirgi paytda 50 mingdan ortiqroq nomdagi kimyoviy mahsulot ishlab chiqarmoqda.
Sayyoramiz aholisi sonining keskin ravishda o‘sib borishi, ekin maydonlarining cheklanganligi, oziq-ovqat mahsulotlarining yetishmasligi sababli avvalo hayvonlar uchun (CaHP04 va CO(NH2)2lami mol ozuqasiga qo‘shib beriladi), keyinchalik esa odamlaming bevosita iste’moli uchun sun’iy va sintetik oziq-ovqat mahsulotlari, ayniqsa, oqsil moddalami mikrobiologik sintez yo‘li bilan ishlab chiqarish ehtiyoji tug‘ildi.
Keyingi yillarda oqsilli preparatlami yirik sanoat korxonalarida mikrobiologik sintez yo‘li bilan ishlab chiqarish yo‘lga qo'yildi. Bunda xomashyo sifatida parafinlar, spirtlar va oiganik kislotalar, katalizator sifatida esa fermentlardan foydalaniladi.
Dunyo bo'yicha ishlab chiqarilayotgan neftning (har yili dunyoda taxminan 2,5 mlrd. t. neft qazib olinmoqda) atigi 4 foizi mikrobiologik sintez yo‘li bilan qayta ishlansa, Yer yuzi aholisining (ularning soni hozirgi kunda 6,3 mlrd kishi, 2006- y.) oqsilga bo‘lgan talabini qondirish mumkin.
Dunyodagi ko'pgina rivojlangan mamlakatlarda biotexnologik usullar yordamida ozuqa oqsili, oqsil vitaminli konsentratlar, fermentlar, turushlar, aminokislotalar, garmonlar (masalan, o‘sish garmoni somatotropin), antibiotik dorilar va boshqalar ishlab chiqarilmoqda.