Regeneratordan yana reaktor (5)ga boradi. Katalitik kreking natijasida oktan soni 76—82 bo‘lgan 70 % unum bilan benzin, 1215 % bir atomdan to‘rt atomgacha uglerod saqlovchi gazlar va 6 % gacha koks olinadi.Sanoatda qaynovchi qavatli katalizatori bo‘lgan katalitik tipidagi qurilma keng tarqalgan. Katalizator sifatida siyrak yer elementlari bilan aktivlangan alumosilikatlardan (seolitlar) foydalaniladi. Katalizatomi qo‘llash energetik xarajatlarni kamaytirishga, qurilmalaming mahsuldorligini oshirishga, benzinning sifatini va miqdorini oshirishga imkon beradi. Keyingi yillarda gidrokreking keng qo‘llanilmoqda. Bu 6 MPa bosimda 360-450°C da alumosilikatlarga qo‘yilgan metall (Ni, W, Co, Mo) katalizatorlarda amalga oshiriladi. Katalitik riforming - oktan soni yuqori bo'lgan benzin yoki individual aromatik birikmalar olish maqsadida oktan soni kichik bo‘lgan benzin va ligroinni vodorodli muhitida qayta ishlash jarayonidir. Reformingda katalizator tasirida bir vaqtning o‘zida quyidagi: olti a’zoli naftenlaming degidrogenlanishi, parafinlaming digidrogenlanib xalqali birikmalarga aylanishi, besh a’zoli naftenlaming olti a’zoli birikmalarga degigrogenlanib izomerlanishi, parafin uglevorodlaming gidrokrekingni va izomerlanishi reaksiyalari boradi. Kobalt va molibdenli katalizatorlar neft mahsulotlarining S li birikmalarini gidrogenlanib H2S hosil qilinishiga olib keladi. Bu hoi S li (S li birikmalari ko‘p bo‘lgan) neftlarni qayta ishlash imkoniyatini beradi. Reforming ikki tipga - platforming va gidroformingga bo‘linadi. Platforming ftorlangan aluminiy oksidiga joylashtirilgan platina katalizatorda 480-510°C harorat va 2-4 MPa vodorod bosimida olib boriladi. Gidroforming alyumolibdenli katalizator qavatda 1,7-1,9 MPa gaz bosimida amalga oshiriladi. Neft mahsulotlarini tozalash. Haydash yo‘li bilan va krekinglash orqali neft mahsulotlari tarkibida olifmlar, diolifmlar, oltingugurtli kislorodli va azotli birikmalar saqlaydi. Ular kimyoviy aktiv moddalar bo‘lganligidan saqlash vaqtida oksidlanadilar va polimerlanadilar. Neft mahsulotlarini tozalashning usullari kimyoviy va fizik- kimyoviyga bo‘linadi. Kimyoviy tozalash usullariga: gidrotozalash va sulfat kislota bilan tozalashlar kiradi. Fizik-kimyoviyga adsorbsion va adsorbsion tozalash usullari kiradi. Sulfat kislota bilan tozalash usuli katta miqdorda o‘yuvchi reagentlar talab qiladi va bundan foydalanish qiyin bo'lgan chiqindilar hosil bo‘ladi. Shuning uchun hozirgi davrda gidro- tozalash usuli keng tarqalgan. Bu usul oltingugurtli neftdan neft mahsulotlarini olish imkonini beradi. Bu usul 380-420°C va 3-4 MPa bosimda neft mahsulotlarini kobalt-molibdenli katalizatorlar ishltirokida selektiv (tanlab) gidrogenlashga asoslangan. Natijada oltingugurt, kislorod va azotning organik birikmalaridan: uglevorodlar hamda ajralib chiqishi oson bo‘lgan H2S, NH3 va H20 hosil bo‘ladi. Shu bilan bir qatorda diyenlarning va aktiv olefinlarning gidrogenlanib to‘yingan uglevodorodlar hosil qilish jarayoni ham boradi. Gidrotozalashda reforming natijasida olinadigan arzon vodoroddan foydalaniladi. Adsorbsion usullar. Bunda neft mahsulotlari adsorbentlar-tabiiy tuproq, boksit, silikagel kabilar aralashtiriladi, qaysiki, ularning yuzasiga birinchi navbatda oltingugurt, azot va kislorod saqlovchi birikmalar hamda diolifinlar adsorblanadi. Absorbsion usullari kerosin va moylaming zararli aralashmalarini ular bilan aralashmaydigan suyuqliklarda tanlab erib o‘tish xossasiga asoslangan. Shunday suyuqlik sifatida suyuq oltingugurt (IV) oksidi, furforol, nitrobenzol, dixlor etil efiri va boshqalar qo‘yiladi. Erituvchilar yo‘li bilan regeneratsiyalanadi. Gazsimon yoqilg‘ilar. Yonuvchi gazlarga: tabiiy va yo'lovchi gazlar, neftni qayta ishlashdan hosil boigan gazlar (kreking, reforming, piroliz gazlari), generator gazlari koks va domna gazlari kiradi. Ular yoqilg‘i sifatida hamda kino sanoatining xomashyosi sifatida foydalaniladi. 1940- yillargacha dunyoda xalq xo'jaligining gazga bo‘lgan talabi qattiq yoqilg‘ilami qayta ishlashdan hosil bo‘lgan sintetik gaz hisobiga qondirilib kelingan bo‘lsa, hozirgi davrda esa asosan tabiiy va neft gazlari hisobiga qondirilmoqda. Tabiiy gaz tarkibida qo‘shimcha sifatida ozroq noorganik gazlar (vodorod sulfid, uglerod (IV) oksidi, azot, geliy va boshqalar) aralashmasini saqlovchi metan qatoridagi gazsimon uglevodorodlar aralashmasidan iboratdir. Tarkibida neft bo‘lmagan yer ostida tuplangan gazlarni tabiiy gaz, uning konlarini gaz konlari deyiladi. Neft olganda u bilan aralashib chiqadigan gazlarni yo'ldosh (yo'lovchi) yoki neft gazlari deyiladi. Tabiiy gaz asosan metandan tashkil topgan, neft gazlari esa metandan tashqari anchagina uning gomologlarini (C2 dan to C5 gacha) saqlaydi. Gaz kondensati konlari ham uchraydi. (Tabiiy gaz konlaridan gaz chiqqanda bosim kamayib undan suyuq uglevodorodlar kondensat ham ajralib chiqadi). Bu yer ostida qanchalik chuqurlikda joylashgan bo'lsa, uning tarkibida kondensat miqdori ham shunchalik ko‘p bo'ladi. Bazi gaz konlari gazning tarkibi 8-jadvalda berilgan.