1 — havo kiradigan kanallar; 2 — gorelkalar; 3 — kuydiriladigan material ortilgan vagonchalar. Ishlab chiqarishni kompleks avtomatlashtirish uchun nafaqat reaktorlami balki barcha kimyoviy-texnologik sistemalami hisoblash va modellash zarur. Kimyoviy-texnologik sistema (KTS). Xomashyoni (dastlabki materiallarni) qayta ishlab tayyor mahsulotga aylantirish uchun fizik va kimyoviy jarayonlar amalga oshiriladigan, o‘zaro ta’sirotda, ya’ni bir-biriga bog'liq bo‘lgan apparatlaming birgalikda hammasiga KTS deb ataladi.
Bu bo‘limgacha kimyoviy texnologik aylanishlar amalga oshadigan alohida apparatlar va jarayonlami ko‘rib o‘tdik va ularni jadallashtirish yo‘llari ko‘rsatib o‘tildi. Amaliyotda real kimyoviy ishlab chiqarishlar, xomashyoni qayta ishlab iste’mol mahsulotlariga va ishlab chiqarish vositalariga aylantirishga mo‘ljallangan, bir-biri bilan o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lgan bir qancha texnologik apparatlaming umumiyligi, ya’ni birgaligidan iborat bo‘ladi. Bu murakkab kompleks bo‘lib, ko‘pchilik hollarda apparatlar ishining optimal parametrlari bir-biri bilan mos kelmaydi. Masalan, sulfat kislota ishlab chiqarish jarayoni bir necha ketma-ket bosqichlardan iborat bo‘lib, ularning harorat va gidrodinamika sharoitlari turlicha bo‘ladi: Kolchedanni kuydirish qaynovchi qavatli pechlarda (to'liq aralashtirishga yaqin rejimda) 700°C haroratda olib boriladi.
Kuyindi gazlami tozalash 30°C haroratda nasadkali minoralarda (ideal siqib chiqarishga yaqin rejimda) va elektrofiltrlarda amalga oshiriladi.
Oltingugurt (IV) oksidini, (VI) oksidgacha oksidlash 440— 600°C haroratda kontakt apparatlarida (masalan, tokchali kontakt apparati, qaysiki, uni yacheykali model deb qarash mumkin) olib boriladi.
S03 ni suvda absorbsiyalash 50°C haroratda nasadkali minoralarda amalga oshiriladi.
Demak, butun bir ishlab chiqarish korxonasining unumli faoliyat ko‘rsatishi faqat bitta yoki ikkita apparatning to‘liq ishlashi bilangina tavsiflanmaydi. Shuning uchun ham texnologik jarayonning ayrim elementlarini tekshirish bilangina cheklanib qolmay, shu bilan bir qatorda kimyoviy-texnologik sistemani yaxlit ( butunligicha) tekshirish zarur. KTS tarkibiga kiruvchi jarayonlar va ularga taalluqli apparatlami tartib bilan birin-ketin xarakterlab berishga texnologik sxema deyiladi. Ishlab chiqarishning kimyoviy texnologik sistemasi va sxemasini ikki: ochiq zanjirli va siklik (aylanma) tipga bo‘lish qabul qilingan. Ochiq zanjirli sxemadagi apparatlardan reaksiyaga kirishayotgan barcha komponentlar yoki o‘zaro ta’sirotda bo‘lgan fazolardan biri faqat bir marta o‘tadi. Agar bitta apparatning tayyor mahsulotga aylantirish darajasi kichik bo'lsa, u vaqtda bir necha bir xil tuzilishga ega bo‘lgan apparatlar ketma-ket ishga tushiriladi, masalan, reaktorlar batareyasini ko‘rsatish mumkin (41- rasmda KTS ochiq zanjirli sxemasi gaz fazali jarayonda ko‘rsatilgan).