§. Gomogen va geterogen jarayonlar. Apparatlar
Gomogen kimyoviy jarayonlaming tavsifi. Gomogen jarayonlar (bir jinsli, ya’ni bir-birida aralashib erib ketadigan suyuqliklar, masalan, suv bilan spirt aralashmasi yoki gazlar aralashmasida boradigan jarayonlar) sanoatda nisbatan kam uchraydi. Toza gomogen sistema hosil qilish qiyin. Har qanday modda tarkibida juda kam miqdorda bo‘lsa-da, boshqa fazada turuvchi turli aralashmalar saqlaydi. Masalan, 1 ml. distillangan suvda 20 000 dan to 30 000 gacha chang zarrachalari bo‘ladi.
Ko'pgina sanoat ishlab chiqarish jarayonlarida (oksidlash, yonish va boshqalar) havo gomogen muhit hisoblanadi, ammiakni platina katalizatori ustida oksidlash jarayonida esa havo tarkibida chang zarrachalari, suv tomchilari va boshqalar saqlaganligi uchun geterogen muhit hisoblanadi. Sanoatda foydalaniladigan xomashyo har doim tarkibida begona aralashmalar saqlaydi. Mana shu tabiiy begona aralashmalar ko‘pchilik hollarda jarayonning borishiga xuddi katalizator va ingibitor kabi ta’sir etadi. Shuning uchun ham suyuq va gaz fazada boruvchi jarayonlami faqatgina shartli ravishda gomogen deb hisoblash mumkin.
Gomogen sistemalarda reaksiya odatda geterogen sistemalardagiga qaraganda tez boradi. Hatto, bir-biri bilan aralashmaydigan ikki suyuqlikni har qancha toTiq va kuchli aralashtirmaylik, o‘zaro ta’sir etuvchi moddalar molekulalarning to'qnashuvlar soni gomogen sistemalardagiga nisbatan taqqoslab bo'lmas darajada kam bo‘ladi. Gomogen jarayonlami amalga oshirish va boshqarish ancha yengil.
Shu sababli ko‘pgina sanoat ishlab chiqarish jarayonlari gaz yoki suyuq fazalarda, gomogen kimyoviy jarayonlarda olib boriladi.
Gaz yoki suyuq muhitda gomogen jarayonlar. Gaz fazada gomogen sanoat ishlab chiqarish jarayonlari, reagentlar oqimini yetarli darajada girdob holatiga o‘tkazilganda oddiy konstruksiyali reaktorlarda kinetik sohada boradi. Nitrat kislota ishlab chiqarishda NO ni N02ga oksidlash gaz fazada amalga oshiriladi:
N
2 NO
202 va N202 +02^ 2NO
Oksidlash uchun ichida to‘siqlari bo‘lgan minora ishlatiladi (42- rasm). Xlorid va xlorsulfon kislotalari sanoatida vodorod xloridning sintezi ham gomogen jarayonga kiradi. Jarayon maxsus pechda 1400°C gacha haroratda boradi (43- rasm). Reagentlami aralashtirish va oqim girdobini hosil qilish ejektorli (bug1 kuchi bilan ishlaydigan mexanizm) gorelkada (1) amalga oshiriladi, qaysiki, unda vodorod xlorning tizillab otilib turgan oqimi bilan so‘rib olinadi. HC1 sintezi reaksiyasi zanjirli reaksiya bo'lgani sababli, apparatni ehtimol tutilgan portlashdan himoya qilish uchun tepa qismi asbestdan yasaladi (portlash sodir bo‘lsa asbest osongina buziladi).
Ba’zi erituvchilarni, insektisidlarni, yuvish vositalarini ishlab chiqarish, jarayonlari gazsimon uglevodorodlarni yuqori haroratli parchalashda (pirolizda) endotermik jarayonlar, atsetilendan benzolni sintezlash va boshqalar gaz fazoda amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: |