Toshkent yangiyul poligraph service


Gaz — suyuq (g — s) sistemasidagi jarayonlar



Yüklə 5,3 Mb.
səhifə58/207
tarix16.12.2023
ölçüsü5,3 Mb.
#181000
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   207
Toshkent yangiyul poligraph service

Gaz — suyuq (g — s) sistemasidagi jarayonlar. Gazsimon va suyuq reagentlaming o‘zaro ta’siriga asoslangan jarayonlar kimyo sanoatida va u bilan bog‘liq hamkor korxonalarda keng foydalaniladi.

Bunga: gazlarni absorbsiyalash va desorbsiyalash, suyuqliklarni bug‘lanishi va kondensatsiyalanishi, suyuq aralashmalarni haydash, ya’ni distillyatsiya va rektifikatsiya, suyuqliklarni pirolizi, gazlarni suyuq polimer hosil bo'lishi bilan boradigan polimerlanishi va boshqalar kiradi.
Absorbsiya — bu suyuqliklaming gazlarni yutib eritma hosil qilish jarayonidir. Agar absorbsiya kimyoviy reaksiya bilan borsa, u sorbsiya deyiladi.
Desorbsiya bu, absorbsiyaga teskari jarayon bo‘lib, bunda suyuqlikda erigan gazlar undan ajralib chiqadi. «Desorbsiya» tushunchasi qattiq moddalar sirtiga absorbsiyalangan gaz va suyuq­liklaming undan ajralib chiqishini ham bildiradi.
Distillyatsiya — bu qaynash harorati har xil bo‘lgan uchuvchan suyuqliklar aralashmasini oddiy bug‘lantirish va so‘ngra bug‘larini kondensatlab ajratib olish jarayonidir.
Rektifikatsiya — suyuq aralashmalarni ajratishning ancha takomillashgan usulidir. Bu usul suyuqlikning ko‘p marta bug‘lanib, bug‘laming kondensatsiyalanishiga asoslangan. Rektifikatsiya minora- sida yuqoriga ko‘tarilgan suyuqlik bug‘lari unga qarama-qarshi oqimda minoraning tepasidan pastga tomon oquvchi suyuqlik (flegma) bilan ta’sirlangach kondensatsiyalanadi.
Piroliz — bu yonuvchi materiallami havosiz muhitda termik qayta ishlashdir. Pirolizda yuqori harorat ta’sirida yuqori molekular birikmalar destruksiyalanib (parchalarib) kichik molekular to‘yingan va to‘yinmagan uglevodorodlar hosil qiladi. Bunda izomerlanish, polimerlanish va boshqa reaksiyalar borishi ham mumkin. Piroliz jarayonlari olingan mahsulotlarni rektifikatsiyalash bilan qo‘shima olib boriladi. Suyuq va gazsimon moddalaming piroliziga kreking deyiladi.
Kreking — organik moddalar makromolekulalarining yuqori harorati yoki katalizatorlar ta’sirida ancha kichik molekulalarga va radikallarga parchalanishidir. Hosil bo‘lgan molekula va radikallar keyinchalik bir-biri bilan o‘zaro reaksiyaga kirishib, yangi birikma hosil qiladi.
Polimerlanish qandaydir biror monomerning bir xil molekulalari kimyoviy birikib makromolekula, ya’ni polimer hosil qilishidir.

Yüklə 5,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin