Toshkent yangiyul poligraph service



Yüklə 5,3 Mb.
səhifə54/207
tarix16.12.2023
ölçüsü5,3 Mb.
#181000
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   207
Toshkent yangiyul poligraph service

41 - rasm. Ochiq zanjirli(batareyali) apparatlarda to‘g‘ri oqimli sistemada ammiak sintezi. 1 — yuqori bosimli kompressor; 2 — katalizatorli ammiak sintez ustuni(kolonnasi); 3 — ammiak kondensatori, sovutgichi.
Ochiq zanjirli sxema munozanat shartlariga muvofiq reaksion aralashmadan tayyor mahsulotni ajratib olmasdan tayyor mahsulotga aylanish darajasi yuqori bo‘lishiga erishish mumkin bo‘lganda ishlab chiqarishda qo‘llaniladi.
Muvozanat unumi katta bo‘lmagan jarayonlar siklik sxema bo‘yicha amalga oshiriladi. Bunda reaksion aralashma reaksion zona orqali har gal o‘tganda tayyor mahsulot aralashmadan ajratib olinadi. Jarayonning tezligi shuning uchun ham katta bo‘ladi.
Siklik sistema reaksion aralashmani yoki geterogen jarayonda fazalardan birini toki tayyor mahsulotga aylanishning mo‘ljallangan darajasiga erishmaguncha bir apparatning o‘ziga ko‘p martalab qayta- qayta kiritilishini ta’minlovchi sistemadir. Siklik sxemaga misol qilib ammiak sintezini, spirtlar sintezini, motor yoqilg‘isi sintezini va boshqalami ko‘rsatish mumkin. Bunda bir sikl mobaynida (xomashyo reaktor ichidan bir marta o‘tganda) dastlabki moddaning ma’lum bir qismi tayyor mahsulotga aylanadi, ammo aralashmadan tayyor mahsulot ajratib olingach, reaksion aralashma yana reaktoiga qaytarib kiritiladi (chiqarib yuborilmaydi), bu jarayon dastlabki moddaning amalda hammasi tayyor mahsulotga aylanguncha davom etadi. Sirkulyatsiyalanuvchi (aylanib keluvchi) aralashmaga bir sikl mobay­nida tayyor mahsulotga aylanish uchun sarf boMgan xomashyoga teng miqdorda toza xomashyo qo‘shiladi.
Qurama texnologik sistema ham qo'llaniladi. Bunda reaksiyaga kirishayotgan fazalardan biri navbat bilan apparatlardan bir marta o'tadi, boshqalari esa sistemaning ba’zi apparatlari orqali sirkulyatsiyalanadi, ya’ni qayta-qayta o‘tkaziladi. Sanoat ishlab chiqarishi taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlaridan biri, siklik KTS ni ishlab chiqishdir, qaysiki, bu sistema ochiq zanjirli sistemaga nisbatan ancha ixcham, kam mablag* talab qiladi va chiqindisiz ishlab chiqarishga yaqinlashishga imkon beradi. Ammo asosiy dastlabki moddalaming konsentratsiyasi kam bo'lganda iqtisodiy nuqtai nazardan ochiq zanjirli sistema afzal hisoblanadi.


  1. Yüklə 5,3 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin