Xulosa
Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika
ixtisoslashtirilgan ilmiy-
amaliy jarrohlik markazi, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy
markazi, Toshkent shahar nefrologiya shifoxonasida amalga
oshirilmoqda. Hukumatning mazkur qarorida kim donor bo’la olishi
yoki bo’la olmasligi masalasiga ham aniqlik kiritilgan. Jumladan,
quyidagi yaqin qarindoshlar donor bo’lishi mumkin: ota-ona, tug’ishgan
yoki tutingan aka-uka
va opa-singillar, er-xotinlar, farzandlari (shu
jumladan, asrab olinganlar), shuningdek er-xotinning ota-onalari. Lekin
ushbu yaqin qarindoshlar 18 yoshga to’lmagan, belgilangan holatda
o’zini o’zi boshqara olmaydigan deb topilgan, ozodlikdan mahrum
qilingan, I va II guruh nogironlari, homilador ayollar hamda
narkomaniya, surunkali alkogolizm va
toksimaniyadan azob
chekayotgan bo’lsa, ulardan transplantatsiya maqsadida buyrak yoki
jigar bo’lagini olishga yo’l qo’yilmaydi. Transplantatsiya bajarilganidan
so’ng, donor va retsipiyent kamida uch yil
davomida profilaktik
dispanser ko’rigi bilan ta’minlanadi. Yurtimizda o’zbek va chet el
shifokorlari hamkorligida birinchi marta jigar serroziga uchragan
bemorda jigar transplantatsiyasi amaliyoti amalga oshirildi. Amaliyotda
21 nafar shifokor, 10 nafar o’rta tibbiyot xodimlari ishtirok etishdi.
Operatsiya jarayoni qariyb 15 soat davom etdi. Birinchi marta
o’tkazilgan murakkab operatsiya muvaffaqiyatli o’tdi.