Transport-ekspeditsion xizmatlar asoslari



Yüklə 0,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/74
tarix19.05.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#117204
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   74
Yuk jo‘natuvchi – o‘zining nomidan yoki uning nomidan harakat qiladigan
boshqa yuridik shaxs orqali aralash tashish shartnomasini tuzadigan shaxs, yoki
o‘zining nomidan yoki uning nomidan harakat qiladigan boshqa yuridik shaxs
orqali aralash tashish shartnomasining shartlariga muvofiq yukni aralash tashish
operatoriga amalda topshiruvchi shaxs.
Yukni qabul qilib oluvchi – yukni qabul qilib olish uchun vakil qilingan
shaxs.
Tashuvchi – aralash tashish operatori yoki uning agenti bilan yuklarni
qandaydir bir bitta transport turida tashishga shartnoma tuzgan yuridik shaxs.
Agent – aralash tashish operatori nomidan yoki uning topshirig‘i bo‘yicha
aralash tashish shartnomasining bajarilishi bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarni
amalga oshiruvchi shaxs.
Yuklarni aralash tashishning o‘ziga xos xususiyatlari
Tranzit yuklarni tashish uchun avtomobil va havo transportining jalb
qilinishi, shuningdek konteynerli tashishlarning rivojlanishi va tashishlarni
ratsionallashtirishdan manfaatdorlik tashishni transportning bir nechta turi bilan
bajarishga bo‘lgan ehtiyojni dunyoga keltiradi. Mamlakat ichida ham, mamlakatlar
o‘rtasida ham bunday tashishlar aralash (multimodal) tashishlar deb ataladi va [4]
darslikda keltirilgan.
Yuqorida qayd qilib o‘tilganidek aralash tashishni tashkil qilish ikkita
transport-huquqiy muammoni, aynan esa:
·
Transportirovka qilish mobaynida hamkor tashuvchilar bilan o‘zaro
munosabatlarni ishlab chiqish;
·
Tashishning huquqiy rejimini, xususan, hamkor tashuvchilarning yuk
jo‘natuvchi oldidagi javobgarligini aniqlashnihal qilishni talab qiladi.
Aralash tashishda tashish shartnomasi bevosita yuk jo‘natuvchi bilan yukni
tashish uchun qabul qilib oladigan transport yoki ekspeditorlik korxonasi o‘rtasida
tuziladi. Aralash tashish bo‘yicha huquqiy munosabatlarning ishtirokchilari
qatoriga yukni qabul qilib oluvchidan tashqari boshqa turdagi transport


37
vositalariga ega bo‘lgan, tashishda ishtirok etadigan transport korxonalari ham
qo‘shiladi. Butun etkazib berish yo‘li uchun tuzilgan yagona tashish hujjati
bo‘yicha yuklarni tashish aralash tashishlarning muhim alomatlaridan biri bo‘lib
hisoblanadi.
Etkazib berish davomida yuk halokatga uchragan yoki shikastlangan yoki
tijorat nuqtai-nazaridan yaroqsiz holga kelgan taqdirda yukni jo‘natuvchi yoki
yukni qabul qilib oluvchi oldida alohida tashuvchilar emas, balki aralash tashishga
hujjat bergan ekspeditor yoki transport korxonasi bevosita javobgar bo‘ladi, ular
yuk jo‘natuvchi yoki yukni qabul qilib oluvchining asoslangan da’volarini
qanoatlantirgandan keyin o‘zlari ko‘rgan zararni aybdor tashuvchi yoki transport
korxonasidan undirib oladi.
Mamlakat ichidagi aralash tashishlarda javobgarlik tashishda ishtirok
etadigan har bir transport turining transport tashkilotlarining zimmasida bo‘ladi.
Bunda har bir transport turi nomidan belgilangan punktlarda yoki yuklarni qayta
yuklash punktlarida joylashgan transport tashkilotlari chiqadi (javobgarlik yuk
amalda topshirilgunga qadar topshiruvchi tomonning, topshirilgandan keyin esa –
qabul qiluvchi tomonning zimmasida bo‘ladi).
Barcha transport-huquqiy muammolarni hal qilish, shuningdek yuk
egalariga zaruriy huquqiy kafolatlarni taqdim qilish va transport operatsiyalarini
rasmiylashtirishni soddalashtirishga bo‘lgan intilish ekspeditorlik firmalari,
tashuvchilar va xalqaro transport tashkilotlarini halqaro bog‘lanishlarda yuklarni
bir nechta transport turi bilan tashishga mo‘ljallangan konosamentlar va aralash
tashish hujjatlarining proformalarini ishlab chiqishga olib kelgan.
Konosamentlar va aralash tashish hujjatlari, tabiiyki, aralash bog‘lanishda
yuklarni tashish shartnomasi bo‘lib hisoblanadi, u bo‘yicha yukni etkazib berish
bitta tashish hujjati bilan amalga oshiriladi, bu hujjatni bergan shaxs esa butun yo‘l
davomida javobgarlikni zimmasiga oladi. Aralash tashishlarning rivojlanishi
transport xizmatlari bozorida yangi figura – aralash tashish operatorining paydo
bo‘lishiga olib kelgan. Aralash tashish operatori sifatida transport korxonalari ham,
ekspeditorlar ham chiqadi, biroq har qanday holatda ham o‘zining nomidan aralash
tashish hujjatini bergan, ya’ni shartnomani imzolagan aralash tashish operatori


38
tashish uchun to‘liq javobgarlikni zimmaasiga oladi, o‘zining xizmatlarini yagona
to‘lov evaziga taqdim qiladi.
Hozirgi kunda aralash tashish operatorlari sifatida bir tomondan, transport
vositalarining egalari, ijarachilari, menedjerlari, ikkinchi tomondan esa –
ekspeditorlar chiqadi. Zamonaviy tashuvchi bir paytning o‘zida aralash tashish
operatori ham bo‘lishi mumkin. Ekspeditr, operator bo‘lish bilan birgalikda, agar
aralash tashish davomida uning uchastkalaridan birida yukni etkazib berish uchun
o‘zining avtotransporti yoki yollangan kemadan foydalansa – bir paytning o‘zida
tashuvchi ham bo‘lishi mumkin.
Operator ham, odatdagi ekspeditor ham aralash bog‘lanishda yukni tashishni
tashkil qiladi, biroq birinchisi uni o‘zining transport hujjati bilan rasmiylashtiradi,
ikkinchisi esa yuk jo‘natuvchiga amaldagi tashuvchining transport hujjatini
topshiradi. Shundan kelib chiqqan holda, yuklarni tashishning tarmoq qoidalarida
shunday shart borki, u yukni ekspeditorning yukni qayta yuklash punktida
joylashgan vakilining manziliga etkazib berishni ko‘zda tutadi, bunda nakladnoyga
“Yukni keyinchalik avtomobil transportida tashish uchun” yoki “yukni keyinchalik
temir yo‘l transporti bilan jo‘natish uchun” degan belgi qo‘yiladi. Qayta yuklash
punktidan yuk to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lanishdagi yuklar uchun imtiyozli tariflardan
foydalanish bilan keyinchalik transportning mos keluvchi turiga topshirish yoki
saqlash shartnomasi bo‘yicha saqlash uchun yangi hujjat (nakladnoy) bo‘yicha
tashiladi.

Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin