47
3.1-rasm. Funksiyalar boʻyicha an’anaviy xarajatlarni hisobga
olish tizimi
Toʻla xarajatlarni hisobga olish tizimi (Absorption-costing) - bu
toʻgʻridan-toʻgʻri ishlab chiqarish xarajatlari va barcha bilvosita
xarajatlar mahsulot tannarxiga kiritiladigan xarajatlarni hisobga olish va
tanlab olish tizimidir. Ushbu tizim tannarxga (toʻgʻridan-toʻgʻri va
bilvosita) bogʻliqlik usuli boʻyicha xarajatlarni tasniflashga asoslangan.
Oʻzgaruvchan xarajatlarni hisobga olish tizimi (Direct-costing), bu
xarajatlarni hisobga olish va tanlab olish tizimidir, unga koʻra faqat
oʻzgaruvchan ishlab chiqarish xarajatlari mahsulot tannarxi va yakuniy
zahiralar smetasiga kiritiladi va umumiy summadagi doimiy xarajatlar
moliyaviy hisobotga olinadi faoliyat natijasi va mahsulot boʻyicha
tasniflanmagan. Ushbu xarajatlarni hisobga olish tizimining asosiy
konsepsiyasi - bu marjinal daromad tushunchasi boʻlib, u korxonaning
barcha oʻzgaruvchan xarajatlarni qoplaganidan keyin olgan daromadidir.
Bu oʻzgaruvchan xarajatlarni hisobga olish metodi asosan mahsulot
birligining minimal narxini hisoblashga moʻljallangan.
Normativ xarajatlarni hisobga olish tizimi yoki ―standart-kost
(xarajat)‖ (Standard-cost) bu normativ (standart) xarajatlar yordamida
xarajatlarni hisobga olish va hisoblash tizimidir. U belgilangan
Dostları ilə paylaş: