suyuqliklarning harakatini matematik modellashtirish
λ=0.3164/Re0.25 (13)
Nikuradze formulasi (u Re=1*105÷1*106 gacha o‘rinli):
λ=0.0032+0.221/Re0.237 (13)
Yuqorida keltirilgan (12),(13),(14) formulalar asosida olingan natijalar 5-rasmda keltirilgan.
5-rasm. Silliq trubada qarshilik koeffisienti. 1– laminar oqim(Puazeyl), 2– turbulent oqim (Blazius), 3– turbulent oqim (Nikuradze), •– eksperimental ma’lumot 5-rasmda silliq truba uchun λ koeffisiyentlarning Re soniga bog‘liqligini ko‘rsatuvchi eksperimental va hisoblash natijalari keltiribgan. Olingan natijalarni taqqoslash shuni ko‘rsatadiki Re sonining kichik qiymatlarida nazariy formula (12) eksperiment orqali tasdiqlanadi. Hisoblash va eksperimental natijalarning mosligi Re=2000-2320 gacha bo‘lganda kuzatiladi. Re sonining yanada katta qiymatlarida turbulentlik mexanizmlarining faol ishga tushishi evaziga, qarshilik ortadi. Parametr λ ning Re sonidan bog‘liqligi laminar oqim uchun olingan natijadan keskin farqlanadi.
Eksperimental tadqiqotlar natijasida qisilmaydigan yopishqoq suyuqliklar harakatining chegaraviy qatlamida ham oqimning laminar va turbulent bo‘lishi mumkinligi kuzatiladi.
Qisilmaydigan yopishqoq suyuqliklar harakatini chegaraviy qatlamdagi jism atrofida laminar oqimning turbulent oqimga aylanishi ko‘pgina faktorlarga bog‘liq bo‘ladi. Ular orasida Reynolds sonidan tashqari, tashqi oqimda bosimning o‘zgarish xarakteri, devor sirtining holati (uning silliqligi yoki notekisligi), chegaraviy qatlamdan tashqi oqimda qo‘zg‘alishlarning mavjudligini ko‘rsatish mumkin.