Har bir modda qaysi manbadan olingan yoki tayyorlangan bo’lmasin (o’simliklardan, kimyoviy sintez yo’li bilan, mikroorganizmlardan, hayvon organizmidan, minerallardan) dori vositasi bo’lishi uchun butun dunyo davlatlarida qabul qilingan qoida bo’uyicha tekshiruvdan o’tishi shart hisoblanadi. Bu qoidalarga binoan ushbu modda oldin klinikagacha bo’lgan eksperimental tekshiruvdan o’tkaziladi. Bu tekshiruv farmakologlar tomonidan laboratoriya hayvonlarida o’tkaziladi. Bundan asosiy maqsad moddaning biologik faolligini o’rganish, uning dori moddasi sifatida ishlatish mumkinligini va odam organizmi uchun bezararligini aniqlashdir.

. Eksperimental tekshiruvda turli zamonaviy usullardan (farmakologik, fiziologik, patofiziologik, biokimyoviy, gisto-morfologik va boshqalar) foydalaniladi. Bu jarayon ancha murakkab bo’lib, turli soxadagi mutaxasislar (kimyogarlar, texnologlar, farmakologlar va boshqalar) ishtirokida bajariladi. CHunki olib borilayotgan tekshiruv Respublika Sog’liqni Saqlash Vazirligi qoshidagi "Dori vositalar va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish bosh boshqarmasi"ga qarashli farmakologik komitasini bo’lajak yangi dori vositalariga qo’yiladigan talablar bo’yicha bajarilishi talab qilinadi.