Tteeaacchhiinngg anguage and literature scientific-methodological journal of the ministry



Yüklə 3,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/121
tarix14.12.2023
ölçüsü3,01 Mb.
#180566
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   121
elektron jurnal 7-son 2023

Asliddin Ismatov. 
“Ertak nutqining lingvomadaniy o’lchovi va uning kommunikativ strategiyasi” ................................97
Ra’no Fayzullayeva. 
“Xamsa” hayratlari” – so‘nmas e’tiqod ifodasi 
..............................................................................................99
Vaziraxon Alimbekova. 
Janubi-sharqiy andijon shevasida undovlarning qo‘llanishi ......................................................... 102
Qobil Egamnazarov. 
Tilshunoslikda mavjud lingvistik tahlil metodlari haqida ayrim mulohazalar ........................... 104
Shaxnoza Yunusova. 
Reklama matnlarining sintaktik qurilishi .................................................................................................... 106


veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz
3
2023-yil 7-son
Tilshunoslik
Akbarjon XASANOV,
Qo‘qon davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi, f.f.n., dotsent 
 OLAMNING LISONIY MANZARASI VA MILLIY MENTALITET
Koʻchma ma’noli birliklar aynan oʻz maʼnosiga koʻra emas, lug‘aviy ma’nodan farq qiluvchi, biror-bir jihati bilan 
bosh ma’noga bogʻlanuvchi soʻzlar yoki birikmalar hisoblanadi. Koʻchma ma’noli birliklarning kontekstual maʼnosi, 
koʻchma maʼnosi, qarama-qarshi ma’nolari, shakldoshlari va sinonimlari esa olamning milliy lisoniy manzarasiga 
mansubdir. Fanlar oʻzining rivojlanish tarixida bir qancha bosqichdan oʻtgan va aksariyat hollarda tabiiy, ijtimoiy-
gumanitar, hatto, aniq yoʻnalishdagi fanlar ham tarixiy rivojlanishda bir-birlariga taʼsir qilib, parallel ravishda 
harakatlanadi desak, also mubolagʻa boʻlmaydi. Bundan ikki asr avval grammatik kategoriyalarni tartiblashtirish, 
soʻz turkumlari hamda gap qurilishi tadqiqi singari masalalar kun tartibida boʻlgan sof tilshunoslik fanlari ham 
bugungi kunga kelib ayrim yondosh fanlar taʼsirida hamda ularga taʼsir koʻrsatgan holda til va tafakkur, til va 
jamiyat, til va madaniyat, til va milliy mentalitet oʻrtasidagi aloqalarni tahlil qilishga asosiy eʼtiborini qaratmoqda. 
Shundan soʻng zamonaviy tilshunoslik sohalari til hodisalarini antropotsentrik yondashuvlarga asoslangan holda 
oʻrgana boshladi. Nizomiddin Mahmudov tilshunoslikda antropotsentrik paradigmalarning shakllanishi haqida 
mulohaza yuritar ekan, quyidagicha fikrlarini bayon qiladi: “Tilning ana shunday obyektiv xususiyatiga muvofiq 
ravishda antropotsentrik paradigmada inson asosiy oʻringa chiqariladi, til esa inson shaxsini tarkib toptiruvchi bosh 
unsur hisoblanadi. Mutaxassislar taniqli rus adibi S.Dovlatovning “inson shaxsiyatining 90 foizini til tashkil qiladi” [1] 
degan hikmatli jumlasini tilga oladilar. V.A.Maslova taʼkidlaganidek, “inson aqlini insonning oʻzidan, tildan va nutq 
yaratish hamda nutqni idrok qilish qobiliyatidan tashqarida tasavvur etib boʻlmaydi” [2]. Unda olamning milliy tasviri 
(manzarasi, kartinkasi, suratlari) asos muammolardan biri koʻrinishida namoyon boʻladi. Falsafa fanining negizida 
“dunyoning tasviri” tushunchasi shakllangach, tez orada mazkur tushuncha ijtimoiy, ijtimoiy-siyosiy, madaniy, 
ilmiy va boshqa sohalarni qamrab ola boshladi. “Falsafada olam tasvirini aniqlash bilish jarayonini idrok etish, 
voqelikni farqlash hamda ilmiy bilish jarayoni bilan bogʻliq, shuning uchun olimlar borliq tasviri bilan olamning ilmiy 
kartinasini aynanlashtiradilar” [2]. “Olamning lisoniy manzarasi” tushunchasi zamonaviy tilshunoslikning eng yirik 
yoʻnalishlaridan biri hisoblangan kognitiv tilshunoslikka oid tadqiqot ishlarida, ayniqsa, oʻta faoldir. Oʻz-oʻzidan, 
ushbu atama tarkibidagi “lisoniy” aniqlovchisi olamning yana boshqacha tasvirlari ham bor ekanligiga ishora qiladi. 
Haqiqatan ham, turli jabhalardagi zamonaviy ilmiy tadqiqotlar olamning diniy-falsafiy, diniy va ilmiy, mifologik 
tasvirlari kabi masalalarning tahliliga asoslangan holatda boʻladi. Mazkur manzaralar oʻrtasidagi farqni tushunish 
esa olamning lisoniy manzarasi, uning tarkibiy uzvlari, vazifalari va maqsadlarini yana ham toʻlaqonli anglanishga 
yoʻl ochadi. Masalan, olamning falsafiy tasviri dunyoni odam va olam munosabatlari negizida anglashga harakat 
qiladi. Mazkur munosabatlar kognitiv qadriyatlar, ontologik va amaliy faoliyat singari tushunchalar nuqtayi 
nazaridan tahlil qilinadi, yaʼni olam aqliy faoliyat, tushunchalar, gʻoya hamda soʻzlar yordamida anglashiladi. 
Dunyoning mifologik manzarasi esa olamdagi hamma narsalar jonli, ularning har biri oʻzining ruhiga ega degan 
qarash asosda hosil qilingan. Ushbu tasvir yirik dunyo bir necha mayda olamlardan tashkil qilingan, ularda zamon 
va makon har xil, ammo ulardagi barcha mavjud narsalar yagona taqdiri azal – borliq qonuniyatlariga boʻysunadi, 
degan fikrni ilgari suradi [3]. Bunda miflar qahramoni boʻlgan turli xudolar ham mutlaq boʻlgan kuchga ega emas, 
ular ham taqdiri azalga tobedir, deya ishoniladi. Dunyoning diniy tasviri esa har bir narsaning boshlanishi va oxiri 
bor, bunda boshlanish Alloh dunyoni yaratgan vaqt hisoblansa, vaqti kelib borliqning oxiri kelishi, tamom boʻlishi 
toʻgʻrisidagi qarashlar yetakchi hisoblanadi. Borliqning diniy tasvirida odam mavjudligining mohiyati Allohning 
xohishini bajarishdadir, deb uqtiriladi. Oʻz navbatida, turli xil farqlarga koʻra, ushbu manzaralar islomiy, hinduiy, 
nasroniy, buddaviy va boshqa diniy tasvirlarga ham boʻlinishi mumkin boʻladi [3].
Dunyoning ilmiy manzarasi esa, yuqoridagi tasvirlardan farqli oʻlaroq, zamon hamda makonda material vujudlar 
bor, mazkur vujudlar atom deb atalgan mayda zarralardan iborat, ushbu vujudlar oʻtkinchidir, atomlar esa mangu, 
degan qarashlarga asoslangan boʻladi. Har qanday hodisa oʻzining sabablariga ega, odam hayotiy maqsadlari, 
tabiat hamda tarixning hech qanday ahamiyati yoʻq – bularning hammasi abadiy qonuniyatlar doirasida mavjud, 
ularga amal qilgan holatda harakatlanadi. Yaʼni dunyoning ilmiy tasviri boshqalaridan farq qilgan holda mavhum 
tushunchalargagina emas, balki moddiy unsurlarga asoslanadi [3].
Yuqorida keltirilgan dunyo tasvirlari haqida umumiy tasavvur hosil qilar ekanmiz, oʻz-oʻzidan, ushbu tasvirlar 
va dunyoning lisoniy manzarasi oʻrtasidagi sezilarli farqni anglash mumkin boʻladi. Avvalambor, dunyoning lisoniy 
manzarasi hech qanday gʻoyalar asosida shakllanmagan, bunga asosiy sabab til vositalarining moʻtadil ekanligi, 
deyish mumkin boʻladi. Yaʼni soʻz turli xil gʻoya hamda fikrlarni birdek ifodalashga xizmat qiladi. Zero, “dunyoning 
lisoniy manzarasi – olam haqidagi ilmlarning til vositasida aks etishi, shuningdek, yangi-yangi bilimlarni egallash 
va ularni ifodalash vositasidir” [4: 5]. “Olamning lisoniy manzarasi barcha lisoniy imkoniyatlarning majmuasidir. U 
maʼlum bir oʻziga xos madaniyatning ruhi, til sohiblaridan iborat jamiyatning milliy mentaliteti, til imkoniyatlari va 


4
e-mail: til_adabiyot@umail.uz

Yüklə 3,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin