veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz
5
2023-yil 7-son
Tilshunoslik
Dilnur BOZOROVA,
Toshkent viloyati Chirchiq davlat
pedagogika universiteti talabasi
ZAMONAVIY TA’LIMDA TIL O‘QITISHNING DOLZARB MUAMMOLARI
Barkamol shaxsni tarbiyalash, uni jamiyat va davlat manfaatlari yo‘lida ijtimoiy-foydali mehnatga layoqatli
kadr darajasigacha tarbiyalash ko‘p qirrali va murakkab jarayondir. Ushbu jarayonning asosiy bosqichi ta’lim
tizimida kechadi. Ta’lim jarayoni nihoyatda murakkab va ko‘p komponentlidir. Ta’lim samaradorligi pedagog
va talaba-o‘quvchining faolligiga, ta’lim vositalarining mavjudligiga, ta’lim jarayonining tashkiliy, ilmiy-metodik
mukammalligiga, jamiyatda ilmli kishilarga bo‘lgan ehtiyoj kabi ko‘plab omillarga bog‘liq. Ta’lim tizimida tashkil
etiladigan o‘quv faoliyati
–
bu insonda muvaffaqiyatli mehnat faoliyatini amalga oshirish imkoniyatini ta’minlash
maqsadida uni o‘qitish hamda tarbiyalashga qaratilgan maqsadli faoliyatdir.
Usbu maqsadli jarayonni qiziqarli tashkil etishda pedagog berilgan mavzularga mos metodlarni to‘g‘ri tanlay
olishi va samarali qo‘llashi lozim. To‘g‘ri tanlangan metodlar va ta’limiy o‘yinlar o‘quvchilar faolligini ta’minlashga
hamda mavzuni oson va tez o‘zlashtirilishi uchun xizmat qiladi. Jumladan, ona tili darslarida “Undalma” mavzusini
o‘rgatishda
“Topog‘on”
ta’limiy o‘yinidan foydalanish mumkin. Bu ta’limiy o‘yinni ikki o‘quvchi yoki guruhlar
o‘rtasida tashkil etish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ma’lum bir o‘quvchi yoki guruh muayyan so‘zni aytadi, ikkinchi
o‘quvchi yoki guruh shu so‘z yordamida undalmali gaplar hosil qiladi.
Namuna:
1-O‘quvchi (guruh): Quyosh.
2-O‘quvchi (guruh): Quyosh, nuring to‘kaver mo‘l-mo‘l. (O.)
1-O‘quvchi (guruh): Bahor.
2-O‘quvchi (guruh): Bahor, ketma bizning bog‘lardan. (O.)
Dostları ilə paylaş: