Tteeaacchhiinngg anguage and literature scientific-methodological journal of the ministry



Yüklə 3,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/121
tarix14.12.2023
ölçüsü3,01 Mb.
#180566
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   121
elektron jurnal 7-son 2023

Key words: 
Key words: literary education, literary laboratory, book-report, book-review.
Adabiy ta’limda boshqa fanlardan farqli o‘laroq, iste’dodli bolalarni tarbiyalash yoki rivojlantirish so‘z vositasida 
amalga oshiriladi. Demak, adabiyot darslarining asosiy vazifalaridan biri badiiy so‘z orqali o‘quvchilarning badiiy va 
estetik didini qaror toptirish, shakllantirish va rivojlantirishdan iboratdir. 
“Maktabda adabiyotni so‘z san’ati sifatida o‘qitish o‘quvchilarda uni jozibali qabul qilish, mustaqil fikrlash 
qobiliyatini kamol toptirishni taqozo etadi. O‘quvchida hayotni, hayotiy voqea-hodisalarni bilish, odamlar va 
ularning ruhiyatini anglashga ehtiyoj tug‘ilishi bilan adabiyotni anglashga qiziqish paydo bo‘ladi. O‘qituvchi badiiy 
asarni o‘qitish orqali o‘quvchilarda paydo bo‘lgan ana shu qiziqishni rivoj toptiradi, ularni san’at olamiga olib kiradi, 
badiiy-estetik didini o‘stiradi”.
1
8-9-sinflarda tahsil olayotgan o‘quvchilarda ayni shu davrda (mos ravishda 15,16 yosh) “o‘tish” davri kuzatiladi. 
“O‘tish” davri psixologiyasini bilish pеdagogik nuqtayi nazaridan ham, psixologik nuqtayi nazaridan ham juda 
muhimdir. 
15,16 yoshdagi o‘quvchilarda atrofni o‘z tafakkuri doirasida keng tahlil qilishga urinish va bu borada o‘z so‘zini 
aytishga kuchli intilishini kuzatish mumkin.
“O‘smirlik davrida nutqning rivojlanishi bir tomondan so‘z boyligini oshishi hisobiga bo‘lsa, ikkinchi tomondan 
tabiat va jamiyatdagi narsa voqеa va hodisalarning mazmun mohiyatini anglashlari hisobiga bo‘ladi. Aynan o‘smirlik 
davridan boshlab, inson aynan nutq bilish jarayonlarining rivojlanishini bеlgilab bеrishini tushuna boshlaydi, o‘smirni 
ko‘pincha muomalada so‘zlarni ishlatish qoidalari - “qanday qilib to‘g‘ri yozish kеrak?”, “qanday qilib yaxshiroq 
aytish mumkin?” kabi savollar juda qiziqtiradi. O‘smirlar maktabdaga o‘qituvchilar, kattalar ota-onalar nutqidagi 
kamchiliklarga kitob, gazеta, radio va tеlevidеniyе diktorlari xatolariga tеz e’tibor bеradilar”.
2
Demak, 8-9-sinfda o‘quvchilar mustaqil xulosalar chiqarishga va shu asosida o‘zi to‘g‘ri deb bilgan ishlarni 
qilishga ko‘proq moyil bo‘ladilar.
Kuzatuv va tadqiqotlarimizga ko‘ra adabiyot darslarida o‘quvchilar ayni shu davrda keskinroq mulohaza 
yuritishga harakat qilishi ulardagi faqatgina tananing biologik va fiziologik o‘zgarishlar bilan bog‘liq bo‘lmay, balki 
ruhiyatdagi psixologik evrilishlarga ham chambarchas bog‘liqdir. Shuning uchun ko‘p hollarda ular o‘zgalarning 
tavsiyalari asosida emas, “o‘z bilganlari” bo‘yicha harakat qilishni yoqtiradilar va bu orqali o‘z “men”ini yaqqol 


veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz
67
2023-yil 7-son
Tadqiqot
ko‘rsatishga urinadilar. Ayni shu holat badiiy asar mutolaasi va tahlilida ham seziladi. Asar kompozitsiyasidan tortib 
to asar qahramonlarining sifatlarigacha bo‘lgan jarayonlarini o‘zi bilganicha mustaqil “analiz-sintez” tarozisiga 
qo‘yishga va bu orqali o‘ziga xoslikni namayon etishga intiladilar. 
Adabiy laboratoriya sharoitida asar kompozitsiyasi, uning syujeti, muallif qarashlarini har tomonlama tahlil qilib, 
mustaqil fikrlarni kitob hisoboti 
(

Yüklə 3,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin