Tteeaacchhiinngg anguage and literature scientific-methodological journal of the ministry



Yüklə 3,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/121
tarix14.12.2023
ölçüsü3,01 Mb.
#180566
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   121
elektron jurnal 7-son 2023

Birinchi qadam. 
Laboratoriya a’zolariga aniq ko‘rsatmalar berish. O‘quvchiga quyidagicha ko‘rsatmalar berib 
o‘tilsa maqsadga muvofiq:
Agar siz hali mashg‘ulot uchun belgilangan badiiy asarni o‘qimagan bo‘lsangiz, o‘qiyotganingizda muhim 
joylarni eslatma shaklida yozib oling. 
Agar siz kitobni allaqachon o‘qigan bo‘lsangiz ham, diqqatga sazovor joylarni yozib olishga tezda kirishing. Bu 
kitob hisobotini yozishni boshlaganingizda katta yordam bo‘ladi, chunki biror narsa topish uchun har safar kitobni 
varaqlash o‘rniga sizning oldingizda muayyan shakllantirilgan ma’lumot bo‘ladi.
3. O‘qiyotganingizda lug‘atlar, metafora va adabiy elementlar, masalan, tasvir va simvolizmlarga e’tibor bering. 
Muallifning yozish uslubiga diqqat qiling. O‘zingiz tushunmaydigan narsalarni yoki keyinroq qidirmoqchi bo‘lgan 
muhim deb hisoblagan har qanday atamalarni tagiga chizing yoki qayd daftaringizga yozib qo‘ying. Agar bu bilan 
muammoga duch kelsangiz, Feynman usuli
3
dan foydalaning. 
Ikkinchi qadam. 
Kitob haqida hisobot yoki sharh tayyorlayotganda, avvalo, asar tahlil qilish yo‘nalishini 
aniqlashtirib olish. Masalan, asarning kompozitsion qurilishi, syujet elementlari, sarlavha poetikasi, ilk jumlaning 
asar voqealariga ta’siri, so‘nggi gapning amaliy ahamiyati kabi qiziqarli rubrikalar bilan hisobot tayyorlashingiz 
mumkin.
Uchinchi qadam. 
Tanlab olgan yo‘nalishingiz bo‘yicha asarni tahlil qilish yoki unga sharh yozishni boshlash.
Namuna:
Nomi:
“Nyurnbеrgga sayohat”
Manba:
timur_books
Nomi:
“Amerika fojiasi” bo‘yicha book_revyu
Manba:
mahinsworld
To‘rtinchi qadam. 
Tayyor bo‘lgan materialni laboratoriyada taqdimotini o‘tkazish. Taqdimot qisqa, aniq va 
tushunarli bo‘lishi kerak. Bunda quyidagicha jadvaldan ham foydalanish mumkin:


68
e-mail: til_adabiyot@umail.uz
2023-yil 7-son
Tadqiqot

Yüklə 3,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin