Tteeaacchhiinngg anguage and literature scientific-methodological journal of the ministry



Yüklə 3,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/121
tarix14.12.2023
ölçüsü3,01 Mb.
#180566
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   121
elektron jurnal 7-son 2023

2023-yil 7-son
Tadqiqot
Rus psixologi va tilshunosi B.F.Lomovning ta’kidlashicha, nutq va fikrlash faoliyatini talab qiladigan har qanday 
vaziyatda uchta omil o‘zaro ta’sir qiladi: qo‘yilgan muammo, uni hal qilish uchun mavjud bo‘lgan bilimlar va tadqiqot 
faoliyati. Talabalar bilan rus tili darslarida bunday faoliyat berilgan muammo, matn, o‘yin topshiriqlari bilan ishlash 
orqali ta’minlanadi.
So‘nggi yillardagi o‘quv dasturlarida “o‘quvchilarga rus tilida olingan ma’lumotlarni idrok etishga, voqealarga o‘z 
munosabatlarini bildirishga, o‘z fikrlarini rus tilida omma oldida ifoda etishga o‘rgatish” iborasi paydo bo‘ldi. 
Yuqoridagilardan kelib chiqib, o‘quvchilar kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishda zamonaviy 
metodikaning dolzarb vazifalari quyidagilardan iborat deb hisoblaymiz:
rus tilini o‘qitishning asosiy maqsadi sifatida rus tilida erkin muloqot qila oladigan til sohibini tayyorlash
bajarilayotgan mashqlar tarkibiga o‘quvchilarning tashabbuskorligi elementlarini kiritish; 
“muloqotdan tilga” yoki “tildan muloqotga” masalasi bo‘yicha aniq pozitsiyani egallash.
Tilni o‘rgatishda shuni nazarda tutish kerakki, tilga o‘rgatish bu nutq faoliyatida muloqotga o‘rgatishdir. 
Ushbu yondashuvda o‘qituvchining asosiy vazifasi o‘quvchilarning kommunikativ kompetensiyasini shakllantirish 
va rivojlantirishdan iborat bo‘lib, o‘qituvchilar o‘z faoliyatlarini o‘quvchilarni rus tilida mustaqil va erkin muloqat 
qilishlariga imkoniyat yaratuvchi metod va texnologiyalarni qo‘llashni asosiy vazifa qilib qo‘yishlari maqsadga 
muvofiq. Bunday faoliyat o‘quvchilarda o‘rganilayotgan tilda muloqot qilish istagini uyg‘otishi va bu muloqot 
o‘quvchilarga quvonch olib kelishi zarur.
Kommunikativ kompetensiyaning tarkibiga kiruvchi nutqiy kompetensiya “...nutq harakatini tashkil etish va 
amalga oshirish (kommunikativ istakni amalga oshirish) imkonini ta’minlovchi til vositasida fikrlarni shakllantirishni 
va ifoda etish usullarini bilishni taqozo etib, shu usullardan boshqalar fikrini tushunishda foydalanish, o‘z fikrini turli 
vaziyatlarda og‘zaki va yozma tarzda ifodalashni bildiradi”[4, 52-bet].
Shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv o‘quvchi shaxsining rivojlanishi vazifasini alohida ta’kidlaydi. Til o‘qituvchisi 
faoliyati har bir o‘quvchining shaxsiy til tajribasini ro‘yobga chiqarish va uni ta’lim mazmuni bilan uyg‘unlashtirishdir. 
O‘qitishning mazmuni va qo‘llaniladigan metodlar o‘quvchilar nutqini rivojlantirish ko‘rsatkichlariga mos kelishi 
kerak. Darsda har bir o‘quvchida ta’lim jarayonining muhim ishtirokchisi bo‘lish imkoniyati paydo bo‘ladi
Rus tilini o‘qitishda tinglab tushunish, gapirish, o‘qish va yozishdan iborat nutq faoliyati tilning tarkibiy elementlarini 
o‘quvchilarning ona tilida o‘xshash elementlari bilan qiyoslash qabul qilingan. Bunday ishlar o‘rganilayotgan 
tilning grammatik materialini o‘zlashtirishga yordam berish maqsadida amalga oshiriladi. Rus tilini kommunikativ 
maqsadlarda o‘rgatish tillarni qiyoslashda metodik nuqtayi nazardan yondashishni taqozo etadi. Bunda tinglab 
tushinish, gapirish, o‘qish va yozuv kabi nutq faoliyati turlariga alohida e’tibor berish lozim. 
Kommunikativ yo‘naltirilgan vazifalar tizimi o‘quvchilarning kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishda 
alohida ahamiyatga ega. Darsliklar, o‘qituvchilar uchun o‘quv qo‘llanmalar va o‘quvchilar uchun ish daftarlarini 
o‘z ichiga olgan zamonaviy o‘quv-metodik majmualar dars jarayonida o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini 
shakllantirish va malakalarni rivojlantirish imkonini beradi. Ammo bu o‘quvchilarning ta’lim jarayonidagi faol 
pozitsiyasi, ularning o‘qituvchi va boshqa o‘quvchilar bilan ham teng ravishda o‘zaro munosabatda bo‘lishiga 
bog‘liqdir. Masalan, Ы tovushi ona tilida yo‘qligi sababli o‘zbek maktablari o‘quvchilari tarkibida Ы tovushi bor 
so‘zlarni talaffuz qilishda qiynaladilar (mЫlo – mIlo, mЫshka - mIshka). Ular, shuningdek, tarkibida yumshoq 
undoshlar bor so‘zlarni talaffuz qilishda ham qiynaladilar (chitat – chitat, privet, iyun, iyul, palto). 
Rus tilini ona tili bo‘lmagan holda o‘qitish uchun zamonaviy texnologiyalardan foydalanish o‘qituvchi va 
o‘quvchini ta’lim jarayonining teng huquqli subyektlariga aylantiradi[6]. Biroq rus tilini ona tili bo‘lmagan til sifatida 
o‘qitish jarayoniga bir qator obyektiv quyidagi to‘siqlar mavjud: 
o‘zbekzabon maktablar uchun rus tili dasturi dastlab rus tilida o‘qitiladigan maktablar uchun mo‘ljallangan 
dasturning soddalashtirilgan versiyasi sifatida tuzilgan
o‘quvchilarning kommunikativ kompetensiyani egallash darajasini emas, balki oraliq ko‘rsatkichlarni baholashga 
qaratilgan.
Rus tili darslarida ijodiy ish muhitini yaratish zarurligiga e’tibor qaratildi. Buning uchun o‘qituvchi va o‘quvchilarning 
birgalikdagi faoliyat subyektlari sifatidagi funksiyalari aniqlandi. Ularning munosabatlari asosi sifatida xar bir 
o‘quvchining fikrini diqqat bilan tinglashni nazarda tutuvchi insonparvarlik yondashuvi tanlandi. Bunday muhitda 
ishlashda til va nutqdagi noaniqliklar izoh berishga sabab bo‘lmaydi. 
Xulosa, rus tili kompetensiyasi og‘zaki va yozma nutq va og‘zaki bo‘lmagan nutq xatti-harakatlarining ma’lum 
bir madaniy darajasini ta’minlaydi. Kommunikativ jarayonning samaradorlik darajasi subyektlarning rus tilidagi 
kommunikativ malaka darajasi bilan belgilanadi. Shunday qilib, rus tilining kommunikativ kompetensiyasi murakkab 
tuzilishga ega bo‘lgan va lingvistik, ijtimoiy-madaniy va kommunikativ kompetentsiyalarning o‘zaro ta’siri va o‘zaro 
ta’siri sifatida faoliyat yuritadigan, bo‘lajak mutaxassisga rus tilini samarali amalga oshirishga imkon beradigan 
shaxsning integrativ shakllanishi sifatida ta’riflanadi. 


veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz
25
2023-yil 7-son
Tadqiqot

Yüklə 3,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin