Tteeaacchhiinngg anguage and literature scientific-methodological journal of the ministry



Yüklə 3,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/121
tarix14.12.2023
ölçüsü3,01 Mb.
#180566
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   121
elektron jurnal 7-son 2023

2023-yil 7-son
Tadqiqot
Haqiqtdan ham bizning komediyalarimizda foydalanilgan badiiy tul, xalq tilidan olingan. Sof va
samimiy, shuningdek tabiiylikni o‘zida aks etgan. Masalan o‘zbek dramaturgiyasining tamal toshini qo‘ygan
Hamza Hakimzoda Niyoziyning bir qator dramalarida, uning xalq og‘zaki ijodi va til uslubi o‘ziga xos
bo‘lib, unda qochirimlar, o‘xshatishlar, sifatlashlar va maqollardan o‘z o‘rnida foydalangan. Shuningdek
dramaturglarimizning o‘z asarlarida xalq og‘zaki ijodining bir qator turlari hisoblangan latifa, askiya,
topishmoq, maqol, matal kabilardan o‘ziga xos va mos, soda, ixcham, ravon shakllar orqali mazmunni
kuchli yorita olganlar. Komediyalarimizdagi personajlar nutqi ham kichik-kichik dialoglarga asoslanganligi,
shuningdek har bir nutqning qofiyalariga qadar e’tibor qaratilishi asar tiliga o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi.
Turli komik asarlardagi bunday diologlarning ixcham, qisqa, mazmundor bo‘lishi shuningdek aniq nutqlardan
tashkil topgan bo‘lishi asarning badiiyligi va tomashabinbobligini yanada oshiradi.
Yana shuni ham inobatga olishimiz kerakki, bizda yaratilgan komik asarlarning hammasi ham, bunday
ta’riflar bilan tasniflay olmaymiz. Ularning ba’zilarida nuqson va kamchiliklar yo‘q emas albatta, guruch
kurmaksiz bo‘lmaydi deganlaridek, shunday asarlar ham borki, ularda qo‘llanilgan til uslubi va komiklikka
xos o‘rinlar sayozlikni keltirib chiqargan.
Kulgi va komiklik tushunchasiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, kulgi komiklikka nisbatan kengroq tushuncha
hisoblanadi. Shu bilan birga har qanaqa ko‘rinishdagi kulguli vaziyatlarni komik vaziyatga tenglashtirib
bo‘lmaydi.
“Komiklikka, ayniqsa, uning bir navi bo‘lmish yumorga bunday keskin talab qo‘yilmaydi. Kulgi deyarli
hamma uchun yoqimli va xuzurbaxshdir. Lekin voqelikdagi har qanday kulgi san’at uchun maqbul
bo‘lavermaydi. Aytaylik, ojiz-notavon ustidan kulish, yo birovning jismoniy noqisligini masxara qilish komizimga
kirmaydi, badiiyatda qatrlanmaydi”.
4
Darhaqiqat, kulgili holatlar turli va rang barang bo‘lgani bilan ulardagi kulgi ijobiy va salbiy, kam
sayqallangan, bo‘rtirilgan yoki shunga o‘xshash soxta sifatlarga bezangan bo‘lishi mumkin. Shu boisdan
yuqorida keltirilgan “…har qanday kulgi san’at uchun maqbul bo‘lavermaydi”, – deyilgan fikrlar, albatta
haqiqatdir. Bundan tashqari har qanday kulgili holatda ba’zi bir komiklik uchqunlarini ko‘rishimiz mumkin,
ammo haqiqiy komik vaziyatdagi kulgi sof, samimiy, iliq go‘yoki, u inson his-tuyg‘ularini junbushga
keltiradigan, rohatbaxsh kulgini hadya eta oladi.
“Chinakam tragizm qanchalik kamyob bo‘lsa, umrboqiy kulgi, komizim ham shu qadar noyobdir”, – 
deydilar adabiyotshunos olim Suvon Meli o‘zining “So‘z-u so‘z” kitobida.
Komik vaziyat va kulgi bir-biri bilan chambarchas bog‘liq tushunchalardir. Binobarin komediya xususida
gap ketganda bu bog‘liqlik alohida ahamiyat kasb etadi. Negaki, komediyalar komik vaziyatga, haqqoniy
kulgiga asoslangan bo‘lishi kerak. Umuman komediya deganda barchamizning ko‘z o‘ngimizda kulgi keladi,
demak, komediyaning asosiy tushunchasi deb – kulgini olishimiz mumkin. Shuningdek, komediyalar o‘z nomi
bilan kulgili asar ma’nosini ham anglatadi.
O‘zbek adabiyotida komediyaning paydo bo‘lishiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, asosan o‘zbek komediya
janri 20 asrda yuzaga kelganligi hammamizga ma’lum. Milliy komediya janri taraqqiyotiga Hamza Hakimzoda
Niyoziyning “Maysaraning ishi”, Abdulla Qahhorning “Tobutdan tovush”, Said Ahmadning “Kelinlar qo‘zg‘oloni”,
Erkin Vohidovning “Oltin devor”, Hamid G‘ulomning “Toshbolta oshiq”, Sharof Boshbekovning “Temir xotin”
kabi asarlari karra hissa qo‘shgan. Komediyalarning turfa xil ko‘rinishlari bo‘lishi mumkin.
“Voqea chalkashligi tufayli tomoshabinda kulgi tug‘diradigan (V.Shekspirning “Xatolar komediyasi”), kishilar
xarakteridagi bemani xususiyatlar kulgi qilib ko‘rsatilgan (Molyerning “Tartyuf”, A.Qahhorning “Ayajonlarim”,
E.Vohidovning “Oltin devor”) komediyalari mavjud”.
5
Bundan tashqari komediyalar kulgining tasnifiga ko‘ra satirik va yumoristik turlarga bo‘linadi. Satirik bu-
kulgili voqealar, holatlar, undagi turli shaxslar xarakteri zaxarxandali, kitobxonni unga bo‘lgan kuchli nafratini
qo‘zg‘atuvchi kulgi aks ettiriladi. Yumoristik kulgida esa, buning aksi o‘laroq, xazil-mutoyibaga boy, samimiy
va beozor kulgili holatlar kuylanadi. Shuningdek komediyaning tragikkomediya turi ham mavjud bo‘lib, kulgili
va tragik vaziyat bir o‘rinda bir-bir birini to‘ldirib sayqallanib keladi.
“Abdulla Qahhorning “Tobutdan tovush”, “Og‘riq tishlar” komediyalari janrning satirik, Said Ahmadning
“Kelinlar qo‘zg‘oloni”, “Kuyov” komediyalari esa yumoristik xillariga mansubdir”.
6
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, hozirgi zamon nuqtayi nazaridan qaraganda, insonlarni kuldirishdan ko‘ra
xafa qilish osonroqdek, insonlar bir-biriga ozor berishdan zerikmaydi go‘yo. Komik asar yaratishga kelsak
uni hamma-ham yoza olmaydi. Kulgili holatlar esa turli vaziyatlarda turlicha bo‘lishi mumkinligiga guvoh
bo‘ldik. Yana shuni ham takidlab o‘tishimiz lozimki, dramaturgiya janrlari ichida komediya o‘zbek adabiyotida
ancha salmoqli o‘rinni egallashini bilamiz. Ayniqsa, o‘zbek komediyasinig tamal toshini qo‘ygan Hamza
Hakimzoda Niyoziyning bu sohada xizmati katta ahamiyatga molik hisoblanadi.


60
e-mail: til_adabiyot@umail.uz
2023-yil 7-son
Tadqiqot

Yüklə 3,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin