Tuban o simliklar



Yüklə 114,5 Kb.
səhifə1/9
tarix03.02.2023
ölçüsü114,5 Kb.
#82690
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
opaga



TUBAN O SIMLIKLAR
Tuban o’simliklar kelib chiqishi jihatidan sodda tuzilgan organizmlar bo'lib, ulaming tanasi organ (ildiz, poya, barg) larga ajralmagan va to'qimalar ham bolmaydi. Ulaming tanasi qattana yoki tallom deb ataiadi. Ana shu belgilari bilan ham ular yuksak o'simliklardan farq qiladi.
Bir hujayrali, koloniyali va ko‘p hujayrali tuzilishga ega bo'lgan tuban 0‘simliklaming vakillari ko'pincha suvda yashaydi.
Ayrim tuban organizmlarda (shilimshiqlar, zamburug simon organizmlar va zamburugiar)da xlorofili bo'lmaganligi sababli, ular karbonat angidridni mustaqil o‘zlashtira olmaydi. Natijada tayyor organik moddalar hisobiga oziqlanadi. Bunday organizmiar geterotroflar deyiladi. Bu organizmlaming bazi vakillari o‘simlik va hayvon qoldiqlari, ya’ni ehirindilar hisobiga yashaydi. Oziqlanish usulining bu turiga kiradigan o‘simliklami saprofit organizmlar deb yuruiladi. Bckinchi xillari esa tirik o4simlik yoki Jtiayvonlar hisobiga yashaydi va ular parazit organizmlar deyiladi.
Tuban o'simliklaming ikkinchi katta guruhi, ya’ni suvo'tlar avtotrof yoi bilan oziqlanadi. Tuban o'simliklarining xarakterli belgilaridan biri ular har qanday noqulay sharoitlarda ham yashashga moslashganligidir. Masalan, toshlarda, qor tagida, issiq boioqlarda, havoda, turli subektratlarda yashab, normal hayot kechira oladi. Bu o‘simliklar faol vegetativ ko‘payish qobiliyatiga ham ega Shuning uchun ular yer yuzida osongina tarqaladi va o'z turlarini saqlab qoladi.
Tuban organizmlar hozirgi zamon klassifikatsiyasi bo‘yicha quyidagi guruhlar va bo’limlarga bolinadi:
Hujayrasiz organizmlar olami -Noncellulata:
Viruslar dunyosi - Viruses, Vira
Hujayraviy organizmlar viami—Cellulata:
Shakllangan yadroga ega bo‘lmagan organizmlar-Procaryoia:
Arxeyalar —Archaea dunyosi
Bakteriyalar-itacfena dunyosi
Suvo‘tlar -Algae:
Ko‘k-yashil suvo‘ttoifalar, sianobakteriyalar - Cyanophyta, Cyanobacteria bolimi.
Yadroli tallofitlar- Tallobionta eucariota :
Qizil suvo‘ttoifalar - Rhodophyta bolimi;
Yashil suvo‘ttoifalar - Chlorophyta bo‘limi;
Oxrofittoifalar — Ochrophyta bo‘limi;
Gaptofittoifalar yoki primneziofittoifalar - Haptophyta, Prymnesiophyta bolimi;
Dinofittoifalar - Dinophyta bolimi;
Kriptofittoifalar - Cryptophyta bolimi;
Evglenofittoifalar - Euglenophyta bolimi;
Shilimshiqlar yoki miksomitsetlar {Protozoa, Protoctista) dunyosi:
Haqiqiy shilimshiqlar - Myxomycota bolimi;
Plazmodioforamikotalar - Plasmodiophoramycota bolimi.
Zamburug‘simon organizmlar yoki psevdozamburugiar dunyosi — Stramenofilia, Chromista:
Labirintulomukota yoki to'rsimon shilimshiqlar - Labyrinthulomycota boiimi;
Hifoxitrdiomikotalar - Hyphochytridiomycota bo‘ limi;
Oomikotalar - Oomvcota bolimi.
Haqiqiy zamburugiar dunyosi - Mycota, Fungi:
Xitridiomikotalar - Chytridiomycota bolimi;
Zigomikotalar - Zygomycota bolimi;
Xaltachali zamburugiar yoki askomikotalar -Ascomycota bolimi;
Bazidiyali zamburugiar yoki bazidiyamikotalar - Basidiomycota bolimi,
Takomillashmagan zamburugiar - Fungi imperfecti yoki Deyteromycota bolimi.
Lishayniklar— Lichvnes. Lichenomycota bolimi
Yer sharidagi o`simlik turlari bir-biridan aniq farq qiladi. Bunday farqlar avvalo ularning tashqi qiyofasida ko`rinadi. Bundan tashqari, ular o`rtasida qandaydir umumiy o`xshashlik va farq qiluvchi belgilar bor. Yer yuzidagi barcha o`simliklarning umumiy o`xshashlik belgilari avvalo ularning barchasi tirik organizm ekanligida ko`rinsa, so`ng ularning tanasi bitta yoki bir necha hujayradan tashkil topganligida ko`rinadi. Shunday qilib, barcha tirik organizmlar hozirgi vaqtda o`zining tashqi va ichki tuzilishi, turli sharoitda yashashi, o`sib ulg`ayishi, ko`payishi, tarqalishi va hokazolarga ko`ra bir-biridan farq qiladi va shunga ko`ra ular rivojlanishning (evolyutsiya) turli xil pog`onalaridan joy oladi.

Hozirgi vaqtda barcha o`simliklarning ichki va tashqi tana tuzilishi, yashash sharoiti, ko`payishi, tarqalishi va boshqa shunra o`xshash belgilari hisobga olinib, ularning 500`000 turi mavjud ekanligi aniqlangan va ro`yxatga olingan.
Suvo`tlar, bakteriyalar, shilimshiqlar, zamburug`lar, lishayniklar kabi gruppa o`simliklari juda sodda (ildizsiz, poyasiz, bargsiz) tuzilishga ega bo`lib, ularning tanasi tallom (qattona) yoki mitseliy deb ataladi. Bu xildagi o`simliklarga tuban o`simliklar deyiladi.
Moxlar, plaunlar, bo`g`imlilar, paporotni klar, ochiq urug`lilar va yopiq urug`lilar (yoki gulli o`simliklar) — yuksak o`simliklar deb ataladi. Barcha yuksak o`simliklarning tanasi (ba`zi bir boshlang`ich yuksak o`simliklardan mustasno) ildiz, poya, barg kabi organlarga ega. Ular vegetativ (o`sishni ta`minlovchi) organlar hisoblanadi. Vegetativ organlardan tashqari ko`payish vazifasini o`taydigan organlar ham mavjud. Moxlar, paporotniklar, plaunlar, qirqbo`g`imlar kabi o`simliklar sporalar yordamida ko`payadi. Shuning uchun ham ular ba`zan sporali o`simliklar deb ham yuritiladi. Ochiq urug`li va yopiq urug`li o`simliklarda ko`payish vazifasini urug`dan tashqari vegetativ organlar (ildiz, ildizpoya, tuganak, piyoz, barg va h. k.) ham bajaradi.
Yer yuzidagi barcha o`simliklar (tuban va yuksak o`simliklar) ovqatlanishga ko`ra uch gruppaga: avtotrof (mustaqil ovqatlanuvchi), geterotrof va simbioz organizmlarga bo`linadi. Avtotrof organizmlarga suvo`tlarining barchasi, moxlar, paporotniklar, plaunlar, bo`g`imlilar, ochiq va yopiq urug`li o`simliklar kiradi.
Avtotrof ovqatlanuvchi organizmlar quyosh nuridan foydalangan holda havodagi karbonat angidrid (CO2) gazini qabul qiladi va o`z tanasidagi (yoki tallomidagi) bu gaz suv bilan birikadi. Murakkab ximiyaviy reaktsiya sodir bo`lishi natijasida o`simlik tanasida (bargida, tallomida) organik modda hosil bo`ladi. Bu organik modda kraxmal shaklida to`planadi va keyinchalik o`simlik hayoti uchun zarur bo`lgan protsesslarda sarf bo`ladi.
Bunday murakkab ximiyaviy protsess fotosintez deb nomlanadi. Fotosintez protsessi tuban o`simliklar hujayrasidagi xromatofor tarkibiga kiruvchi pigmentlar (xlorofill, karotin, fikotsian, fikoeritrin, fukosantin), yuksak o`simliklarda esa ularning barg hujayralaridagi xlorofill — yashil tanachalar ishtirokida sodir bo`ladi.
Fotosintez protsessining formulasini quyidagicha ifodadalash mumkin:
6СО2 + 6Н2О = С6Н12О6 + 6О2 + 624
Boshqacha qilib aytganda, o`simlik 6 molekula, ya`ni 264 g karbonat angidrid, 6 molekula (180 g) suv va 674 kkal quyosh energiyasi yutganda 1 molekula (180 g) uglevod hosil bo`lib, 6 molekula (192 g) kislorod ajraladi.
Fotosintez natijasida xloroplastda hosil bo`lgan uglevod (shakar) fermentlar yordamida polimerlanib, xloroplastlarda kraxmalga aylanadi. Bu kraxmal molekulalari diastaza deb ataluvchi ferment ta`sirida yana shakarga aylanadi va so`ngra o`simlik organlariga tarqaladi. Bu hodisa ko`proq qulay temperaturada, ya`ni tungi soatlarda sodir bo`ladi.
Geterotrof organizmlarga bakteriyalar, shilimshiqlar va zamburug`lar kiradi. Ular tayyor ovqat (organik modda) hisobiga yashaydi.
Uchinchi gruppaga esa zamburug`lar bilan suvo`tlarning birgalikda xamkor bo`lib yashashidan tashkil topgan lishayniklar va zamburug`larning ba`zi yuksak o`simliklar ildizida hamkor bo`lib yashovchi vakillari kiradi.
Geterotrof organizmlarning o`zi parazit va saprofit kenja gruppachalarga bo`linadi. Parazit deb boshqa biror tirik organizm (xo`jayin) hisobiga yashovchi organizmlarga aytiladi. Saprofit deb boshqa biror o`lik (xo`jayin) organizmda yashovchi organizmlarga aytiladi.
Endi biz yuqorida ko`rsatib o`tilgan tuban va yuksak o`simlik gruppalari bilan qisqacha tanishib chiqamiz.

Yüklə 114,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin