Tuproqning nitrifikatsiya aktivligini aniqlash. 2 mm li elekdan o’tkazilgan tuproq namunasidan 100 g olinib sterillangan 250 ml li Erlenmeyer kolbasiga solinadi. Tuproqning namligi 65% ga yetkizilgandan so’ng, unga 0,1 g (NH4)2SO4 va 0,2 g CaCO3 solib aralshtiriladi hamda 27-28 C da 30 kun inkubatsiya qilanadi. Nazorat sifatida sulfat ammoniy solinmagan tuproq namunasi bajaradi. Bu vaqt davomida tuproqning namligi doimiy nazorat qilib borilishi kerak. Buning uchun haq 7 kunda o’lchanib, distillangan suv solib turiladi. Tajriba oxirida nazoratdagi va tajribadagi nitrat miqdori aniqlanadi.