Tuproq biotasini o’rganish usullari


Tuproqning nafas olish intensivligini o’rganish



Yüklə 98,5 Kb.
səhifə4/6
tarix17.05.2023
ölçüsü98,5 Kb.
#115171
1   2   3   4   5   6
tuproq mikroorganizmlari ekalogiyasi

Tuproqning nafas olish intensivligini o’rganish. Tuproqning nafas olishi bu undagi turli mikroorganizmlarning, o’simliklar ildizining hayotiy jarayonlarining va turli kimyoviy jarayonlarning ma’suli hisoblanadi. Tuproqdan ajralib chiqadigan CO2 ning asosiy qismi bu mikroorganizmlar faoliyatiga bog’liq bo’lib, tuproqning asosiy funktsiyalaridan biri hisoblanadi. Unda kechadigan organic moddalarning minerallashuv jarayoni, o’simliklar uchun zarur CO2 ni yetkazib beradi. Nafas olish energiyasi barcha geterotroflarda aktiv biologic jarayonlarning kechayotganligini va buning asosida organic moddalarning parchalanishi yotganligini anglatadi. Shuning uchun CO2 juda kam miqdorda tuproq bilan birikadi.
Tuproqning nafas olishini (CO2 ajralish intensivligini) ishqor bilan bog’lanish metodi yordamida aniqlash mumkin. U quyidagicha amalgam oshiriladi: buning uchun 500 ml li kolbaga 20 ml titrlangan ishqorga (NaOH) marlidan tikilgan qopchaga solingan 10 g tuproq osib qo’yiladi. Tuproqning namligini taxminan 60% ga yetkizilib, kolbaning og’zi rezina probka bilan mahkam yopiladi. Oradan 5 kun o’tgandan so’ng qolgan ishqor kislota bilan titrlanadi va quyida berilgan formula yordamida ajralgan CO2 miqdori (mg/sutkasiga) hisoblanadi:
(20×С -А×Д)×2200
Formuladagi:
С – ishqor titri;
А – titrlangan kislota miqdori (мл);
Д - kislota titri.
Tuproqdagi azotobacter va uning sonini tuproq bo’lakchalari usuli yordamida aniqlash. Buning uchun 50 mg tuproqqa distillangan suv solinib, smetana holatiga kelguncha yaxshilab aralashtirladi. Hosil bo’lgan massani sterillangan bakteriologik ilmoq yoki shpatel yordamida maxsus trafaretni chashka tagiga qo’ygan holda, tuproq bo’lakchalari Eshbi ozuqa muhitiga ekib chiqaladi. Tuproq ekilgan chashkalar o’ralgandan so’ng, 28-30 C da 3-5 kun davomida saqlanadi. Natijalar hisobga olishda, turproq bo’lakchalari atrofidagi hosil bo’lgan azotobakter kulturasidan fiksirsirlangan preparat tayyorlanib ko’riladi. Tuproqdagi azotobekteri miqdori esa protsen usulida hisoblab topiladi. Bu turli tuproqlarda azotobakter miqdorini aniqlash imkoni beradi.

Yüklə 98,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin