Tuproq biotasini o’rganish usullari


Qattiq ozuqa muhiti yordamida aniqlanadigan mikroorganizmlar guruhlari



Yüklə 98,5 Kb.
səhifə2/6
tarix17.05.2023
ölçüsü98,5 Kb.
#115171
1   2   3   4   5   6
tuproq mikroorganizmlari ekalogiyasi

Qattiq ozuqa muhiti yordamida aniqlanadigan mikroorganizmlar guruhlari. Tuproq bakteriyalarining sonini aniqlashda ularning barchasini birdaniga aniqlaydigan ozuqa muhiti mavjud emas. Shuning uchun turli ozuqa muhitlari qo’llaniladi. Bunday ozuqa muhitlarga go’shtli pepton bulyoni (GPB) va go’shtli pepton agari (GPA), GPA va suslo, GPA va jelatina, Eshbi ozuqa muhiti, Getchinson ozuqa muhitlari qo’llaniladi. Organik azotni o’zlashtiradigan mikroorganizmlar GPA yordamida aniqlanadi. Batsilyar ko’rinishdagi bakteriyalarni aniqlashda E. H. Mishustin agarli aralashmadan: 1:1 nisbatda GPA + suslodan foydalanishni taklif qilgan. GPA odatdagiday tayyorlanadi, suslo-agar (pH 7,0) va 2% agar-agar qo’shiladi. GPA va suslo-agar ekish oldidan aralashtiriladi va chashkalarga quyib chiqiladi.
Go’shtli pepton bulyoni (GPB) quyidagicha toyyorlanadi: yog’siz go’sht olinib pichoq yordamida mayda kubikchalar qilib maydalanadi yoki bo’lmasa g’osht qiymalagichdan o’tkaziladi. Tayyor bo’lgan farshdan 500 g olinib, 1 l vodaprovod suviga aralashtiriladi va xona haroratida ekstraksiya bo’lishi uchun xona haroratiga 12 coatga yoki termostatga 30 ºC 6 coat, yoki 37-39 ºC 2 coat, 50 ºC da esa 1 coat qoldiriladi. Bu vaqt ichida go’shtdan turli birikmalar, shu jumladan vitaminlar suvga chiqadi. Undan so’ng marlidan suzib olinadi va filtrat 30 daqiqa davomida qaynatiladi. Qolgan massani paxtali filtrdan suzuib olinadi va suv yordamida yana avvalgi holiga keltiriladi. Hosil bo’lgan go’shtli suvga 1% peptone va 0,5% NaCl solinadi. GPB – boy ozuqa muhiti hisoblanadi, ammo deyarli uglevod tutmaydi. Shuning uchun unga 100 ml ga 1-2 g uglevod qo’shiladi va 1 atm (120 ºC) da 20 daqiqa sterillanadi.
Go’shtli pepton agari (GPA) 1 l GPB niga 15-20 g agar-agar qoshilib hosil qilinadi. Ozuqa muhiti agar erib ketguncha qaynatiladi va 40 ºC gacha sovutiladi. Ozuqa muhitining pH 20% li Na2CO3 yordamida kuchsiz ishqoriy muhitga to’grilangandan so’ng, probirka va chashkalarga (10 ml) solib chiqiladi. Ozuqa muhit solingan idishlar 120 ºC da 20 daqiqa davomida sterillanadi.
Ekish oldidan belgilangan tuproq suspenziyasi (10-1 va 10-2) 15 daqiqa davomida 70ºC da qizdiriladi. Olingan tuproq namunasini suyultirishdan avval xona haroratida quritish, batsilyar ko’rinishdagi bakteriyalarning ko’proq aniqlash imkonini beradi.
Mineral holdagi azotni o’zlashtirsh qobiliyatiga ega bo’lgan mikroorganizmlar, (shular qatori aktinomitsetlar ham) kraxmalamiakli agar (KAA) ozuqa muhiti yordamida, tarkibi (g/l): suyultirilgan kraxmal – 10; (NH4)2SO4 - 2; K2HPO4 – 1; MgSO4 · - 7H2O - 1; NaCl – 1; CaCO3 – 3; agar – agar – 20. Kraxmal ozuqa muhitga oz miqdordagi suvga suyultirilib solinadi.
Yuqorida ko’rsatigan mikroorganizmlar guruhini ajratishda Chapek ozuqa mihitidan ham foydalanish mumkin. Tarkibi (g/l): glyukoza – 2,0; NaNO3 – 2,0; K2PO4 – 1,0; MgSO4 · 7H2O – 0,5; KCl – 0,5; CaCO3 – 3,0; agar-agar – 20,0.
Tuproq mikroorganizmlarning ekologik funktsiyasini o’rganish usullari, tuproq biotasining biosferada moddalarning biogen migratsiyasida ishtiroki hamda bu jarayonlarning tuproqda amalgam oshishtezligini aniqlashga qaratilgandir.



Yüklə 98,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin