Tuproq biotasini o’rganish usullari


Tuproqning azotofiksatsiya aktivligini atsitilen qo’llash yordamida aniqlash



Yüklə 98,5 Kb.
səhifə5/6
tarix17.05.2023
ölçüsü98,5 Kb.
#115171
1   2   3   4   5   6
tuproq mikroorganizmlari ekalogiyasi

Tuproqning azotofiksatsiya aktivligini atsitilen qo’llash yordamida aniqlash. Buning uchun 5 g o’simlik ildizi va yirik tuproq agregatlaridan tozalangan va 1 mm li elakdan o’tkazilgan tuproq namunasi olinib, penitsillin flakoniga solinadi va unga 1-2% glyukoza (tuproq quruq vazniga nisbatan) solinadi hamda tuproq namligi 60% ga oshiriladi. Tuproq shisha tayoqcha yordamida bir xil namlikka ega bo’lguncha aralashtiriladi va probka yordamida yopilib, 28 C da termostatga joylashtiriladi. Har bir tuproq namunasidan uch martadan kam bo’lmagan holatda azotofiksatsiya potentsialini aniqlash uchun tuproq aralashmasi tayyorlanadi. Oradan 1 sutka o’tgandan so’ng flakonlar og’zi rezina probka bilan yopiladi va ularning har biriga 0,5 ml attsitilen solingandan so’ng, 1 soat yana termostatda saqlanadi. Bir soatdan so’ng har bir flakondan 0,5 ml gaz namunasi olinadi va uni gazli xromotografiyaga solinadi. Paralell flakonda esa attsitilenning etilengancha qaytarilishi 5 ml distillangan suv va tuproq aralashmasi bilan birga kuzatiladi. Gazli xromotografiya kolonkasi metan, propan, etilen, attsitilen kabi gazlarni ajratish vazifasini bajaradi. Kolonkaga solinadigan gaz aralashmasi 0,5 ml ni tashkil etadi va u meditsina shpritsi yordamida solinadi hamda ajralib chiqqan gazlar nisbatiga qarab azotofiksatsiya koiffitsenti hisoblab topiladi.
O’lchash tugagandan so’ng, flakonlar og’zidagi propkalar yana paxtali probkaga almashtirladi va yana 1 sutkaga termostatga qo’yilib, ikkala bir xil tuproqdan tayyorlangan tuproq namunasi solingan flakonlardan ajrladigan etilen miqdori 5% ga farq qilguncha o’lchnadi.
Tuproqning ammonifikatsiya aktivligini aniqlash. Har xil azotli organik birikmalarning mikrobiologik jarayon ta'sirida ammiak ajralishi bilan o`tadigan minerallashuvi ammoniylashtirish deyiladi. Ammoniylashtirishga oqsil, nuklein kislotalar, mochevina, xitin, gumus moddalar uchraydi.
Tuproqning ammonifikatsiya aktivligini o’rganish uchun tarkibida oqsil yoki uning parchalangan mahsulotlari bor ozuqa muhitiga (masalan, pepton bulyoni) tekshirilayotgan hamda sterillangan tuproq namunasidan alohida probirkaga ekiladi. So`ngra, ma'lum bir inkubatsion davr (5-7) dan so`ng tahlil o`tkaziladi.
Ammonifikatsiya natijasida N tutuvchi organik moddalarning parchalanishi natijasida ammiak hosil bo’ladi. Tuproqning ammonifikatsiya aktivligi ammiakka sifat reaksiyasi o`tkazish orqali aniqlanadi. Bu Nessler reaktivi yordamida amalga oshiriladi. Buning uchun chinni idishga tuproq ekilgan ozuqa moddadan 0,5-1 ml quyiladi va reaktivdan 1 tomchi qo`shiladi. Ammiak bor bo`lsa, sariq yoki zarg`aldoq rang paydo bo`ladi. Tuproqning ammonifikatsiya aktivligiga, ya’ni hosil bo’lgan ammiak miqdoriga qarab, reaktsiya rangi o’zgaradi.
Albatta ammoniylashuv jarayonida bir qator ammoniylashtiruvchi mikroorganizmlar ishtirok etadi. Ularni aniqlash uchun "ezilgan tomchi" usulida tirik preparat hamda fiksirlanagan va bo`yalgan preparatlarni tayyorlab ko’riladi.
Ammonifikatsiya jarayonida sporasiz grammanfiy bakteriyalardan: Serratia marcescens (qizil qon tayoqchasi), Pseudomonas fluorescens; spora hosil qiluvchi grammusbat bakteriyalardan esa: Bac. megaterium, Bac. subtilis, Bac. mycoides kabi bakteriyalar aktiv ishtirok etadi.

Yüklə 98,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin