Tuproq resurslarini muhofaza qilish


Insonning tuproqqa ijobiy va salbiy ta'siri



Yüklə 11,09 Kb.
səhifə2/2
tarix22.12.2023
ölçüsü11,09 Kb.
#190535
1   2
Tuproqning ekologik holati, uning ifloslanishining inson organizmiga ta’siri 1

Insonning tuproqqa ijobiy va salbiy ta'siri ajratiladi. Ijobiy ta'siriga tuproq hosildorligini oshirish, erlarning holatini yaxshilash, yashil o'simliklar ekish, ixotazorlar tashkil etish, tabiiy o'g'itlar berish va hokazolar kiradi.
Salbiy ta'siriga, shaharlar qurilishi, atrof-muhitning ifloslanishi, agrotexnik tadbirlarning talabga javob bermasligi, gidrotexnika tadbirlarining noto'g'ri yo'ga qo'yilishi, kimyoviy moddalardan me'yordan ortiq ishlatilishi, yaylovlarga chorva mollarini boqish, o'rmon va to'qaylarni qirqib yuborish va hokazolar ta'siri oqibatida erlar yaroqsiz holga keladi.
Insonning ta'siri ayniqsa sug'oriladigan erlarda kuchli bo'lib, sug'orib ekin ekayotganda ilg'or agrotexnika qoidalariga rioya qilinsa, (sug'orish qoida va me'yorlariga rioya qilish, erlarning meliorativ holatini yaxshilash va b.q.) tuproqning holati, fizik-kimyoviy va biologik xususiyatlari yaxshilanib, uning hosildorligi ortib boradi.
Tabiatda shamol va suv ta'sirida tuproqning emirilishi yoki eroziyasi kuzatiladi. Lekin bugungi kunda kishilarning tuproqqa noto'g'ri munosabatda bo'lishi tufayli, ya'ni tik erlarni noto'g'ri haydash, bostirib sug'orish, o'simliklarga noto'g'ri munosabatda bo'lishi, qayta sho'rlanish, zaxarli kimyoviy moddalar solish va boshqalar tuproq eroziyasini vujudga keltirib chiqaradi.
Antropogen eroziya tuproq resurslaridan noto'g'ri foydalanishining oqibati bo'lib, uning asosiy sabablari o'rmon va to'qaylarni qirqib yuborish, yaylovlarda chorva mollarini boqish normasiga amal qilmaslik, dehqonchilik yuritishning noto'g'ri usullaridan foydalanish va boshqalardir. Ma'lumotlarga ko'ra, har kuni Yer yuzida eroziya natijasida 3500 gektar unumdor tuproqli erlar ishdan chiqadi. 
Tuproqlarning botqoqlanishi asosan namlik ko’p joylarda kuzatiladi. Suv omborlari atrofida ham botqoqlangan uchastkalar vujudga keladi. Botqoqlarni quritish uchun maxsus melioratsiya tadbirlari o'tkaziladi. Tuproqlarni ifloslanishdan saqlash muhim ahamiyatga ega. qishloq xo'jaligini kimyolashtirish tuproqlarning turli kimyoviy birikmalar bilan ifloslanishini kuchaytirib yuboradi.
Insonning tuproqqa ijobiy va salbiy ta'siri ajratiladi. Ijobiy ta'siriga tuproq hosildorligini oshirish, yerlarning holatini yaxshilash, yashil o'simliklar ekish, ixotazorlar tashkil etish, tabiiy o'g'itlar berish va hokazolar kiradi.
Salbiy ta'siriga, shaharlar qurilishi, atrof-muhitning ifloslanishi, agrotexnik tadbirlarning talabga javob bermasligi, gidrotexnika tadbirlarining noto'g'ri yo'ga qo'yilishi, kimyoviy moddalardan me'yordan ortiq ishlatilishi, yaylovlarga chorva mollarini boqish, o'rmon va to'qaylarni qirqib yuborish va hokazolar ta'siri oqibatida erlar yaroqsiz holga keladi.
Yеr inson uchun bebaho boyliklar, ammo inson bu boylikni saqlashni, undan oqilona foydalanishni hozirga qadar mukammal egallagan emas. Yerga nisbatan noto'g'ri munosabatda bo'lish tufayli hozirgacha 20 mln. kv.km unumdor yerning strukturasi buzilib, yaroqsiz holga kelib qoldi. Bu hozir foydalanib kelinayotgan yerdan qariyb ikki baravar ko'p.
M: Sobiq Ittifoqda turg'unlik yillarida qurilgan irrigasiya inshootlar (suv ombori, kanallar) ta'sirida 12 mln. gektar unumdor yerning miliotariv holati buzilib sho'rlanib va zaxlanib ketdi va natijada tarkibi buzildi.
Mineral o'g'itlar to'g"ri tanlanmasa va me'yorida ishlatilmasa tuproqning holati o'zgaradi, unumdorlik xususiyati buziladi. Ayniqsa, zararkunandalarga qarshi, begona o'tlarga va o’simlik kasalliklariga chora sifatida keng foydlaniladngan pestisidlar gerbisidlar, insektisidlar, defolliantlarni me'yoridan ortiq ishlatish tuproqga juda salbiy ta'sir ko’rsatadi
Pestitsidlar tuproqdagi foydali mikroorganizmlarni nobud qiladi va chirindining kamayishiga olib keladi. Masalan, DDT pestisidi ishlatilganidan 15 yil keyin ham tuproq tarkibida uning hali mavjudligi aniqlangan. Pestisidlar oziq zanjiri orqali o'tib, inson sog'lig'iga ham zarar etkazadi.
Hozirgi kunda olimlar qisqa vaqt ta'sir etib sung parchalanib ketadigan biosidlar ustida ishlamoqdalar. Tuproqlar sanoat korxonalari, transport chiqindilari, kommunal-maishiy chiqindilar bilan ham ifloslanadi.
Kimyo va metallurgiya korxonalari, tog' kon sanoati chiqindilari tuproqlarni ayniqsa kuchli ifloslaydi va ishdan chiqaradi
Tuproqda simob, qo’rg'oshin, ftor va boshqa o'ta zaharli birikmalar to'planadi.
Bu o’simliklarga salbiy ta'sir ko’rsatadi, bazilari nobud boladi va insonlarda turli xavfli kasalliklarni keltirib chiqaradi. Tuproqlarni maxsus tadbirlar o'tkazib tozalash qiyin. Shuning uchun tuproqlarni ifloslanishidan saqlash tadbirlari o'z vaqtida o'tkazilishi va qonuniy nazorat o'rnatilishi kerak
Harakatchan qumlarning yo'lini to'sish yashil qalqonlar bunyod qilish tuproqlarni saqlab qoladi
Tuproq qatlamining turli yo'llar bilan nest-nobud qilinishi muammosi ham mavjud
Shahar va yo'l qurilishi natijasida unumdor tuproqlar nobud qilinadi
Yer osti boyliklarini qazib olishda ham ko’plab tuproqlar nobud bo’ladi.
Bunday jarayonlarni oldini olishning maxsus tadbirlari mavjuddir. O’zbekiston qishloq xo'jalik ishlab chiqarishida yer resurslariiing 95 foizi va suv resursarining 85 foizi ishlatiladi. Sug'oriladigan yerlar umumiy yer fondining 15 foyizini tashkil qiladi.
O`zbekistonda mavjud sug'oriladigan yerlarning 50 foizdan ortig'i sho'rlangan. ayniqsa Qoraqalpog'iston respublikasi Buxoro va Sirdaryo viloyatlari tuproqlari kuchli sho'rlangan.
Tuproqlarda chirindi miqdori 30-50 foizgacha kamaygan. 2 mln.gektardan ortiq yerlar eroziyaga uchragan
Bunday yerlar Farg'ona, Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlarida keng tarqalgan. Tuproqlarning pestisidlar bilan ifloslanish darajasi yuqori
Bunday vaziyatning asosiy sabablaridan biri, uzoq vaqt davomida paxta monokulturasi hukumronligidir
Oxirgi yillarda paxta maydonlarining kamayishi, almashlab ekishning kengroq joriy qilinishi, mineral o'gitlarni ishlatilishining me'yorlashtirilishi va boshqa tadbirlar tuproqlar holatining yaxshilanishiga olib kelmoqda.
O’zbekiston juda ham boy yer resurslarga ega. Lekin shu kungacha ulardan samarali foydalanish yaxshi yo'lga qo'yilmagan
Respublikada yer va yer resurslaridan foydalanishni tartibga solish maqsadida 1990 yili (Jzbekiston Respublikasida «Yer to’g'risida» gi qonun qabul qilingan.

Foydalanilgan adabiyotlar:

  • A.Rasulov, M.Bahodirov. Tuproqshunoslik. Toshkent, 1956.
  • I.A.Karimov “Qishloq xo’jalik taraqqiyoti to’kin xayot manbai”. (Oliy majlisning X sessiyasida so’zlagan nutqi). “Turkiston” gazetasi, 1995 yil. gu dekabir.
  • I.Boboxo’jayev, P.Uzoqov “Tuproqshunoslik” Toshkent. 1995 yil.
  • I.Boboxo’jayev, P.Uzoqov “Tuproqshunoslikdan amaliy mashg’ulotlar ” Toshkent 1991 yil.
  • X.Abdullayev “O’zbekiston tuproqlari” Toshkent. 1990 yil.
  • Pochvovedeniye, pod.red. prof. I.S.Kauricheva, M. 1969 yil.

Yüklə 11,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin