Tuproq va uning qatlamlarida tuzlarning to'planish tiplari


Кimyoviy singdirish qobiliyati



Yüklə 82,5 Kb.
səhifə6/9
tarix04.02.2023
ölçüsü82,5 Kb.
#82827
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Tuproq va uning qatlamlarida tuzlarning to\'planish tiplari

Кimyoviy singdirish qobiliyati.Tuproqda kechadigan kimyoviy reaksiyalar natijasida yeritmadagi birikmalarning qiyin eriiydigan holda cho’kmaga tushishi va tuproqda mustahkam ushlanib qolinishiga kimyoviy singdirish deyiladi. Fosforli o’g’itlardan foydalanilayotganda tuproqning kimyoviy singdirish qobiliyatiga alohida e’tibor byerish lozim.
Fizikaviy singdirish qobiliyati tuproqning mayda dispyers (kolloid) zarrachalari yuzasida turli moddalar konsentratsiyasining oshirilishiga fizikaviy singdirish qobiliyati deyiladi.
Fizik-kimyoviy singdirish qobiliyati.Tuproqning kolloid zarrachalari yuzasida turli ionlarning singdirishi va yeritmadagi ionlar bilan ekvivalent miqdorida almashinish qobiliyatiga fizik-kimyoviy yoki o‘rin almashinadigan adsorblanish deyiladi.
Tuproqda hosil bo’ladigan Na2CO3 (soda) va K2CO3 suvda oson eriydi va zararli tuzlardan hisoblanadi. Eritmada ularning ko’payishidan ishqoriy reaksiya vujudga keladi,tuproq strukturasi buziladi.Hamda o’simliklarga zararli ta’sir etadi.Sodali tuzlar bilan sho’rlangan yerlarni o’zlashtirish ancha qiyin.
Tuproqdagi almashinuvchi kationlar bilan bir qatorda ma’lum miqdorda almashinmaydigan yoki fiksatsiyalangan kationlar ham bo’ladi. Bu kationlar tuproqni neytral tuz eritmalari bilan ishlaganda, undan siqib chiqarilmaydi. Yerga kaliyli va ammoniyli o’g’itlar solinganda, ularning bir qismi almashmaydigan tarzda tuproqqda singdirilib, uning o’simliklarga samarasi pasayib ketadi. Bu jarayonni chuqurroq o’rganish tuproqshunoslik va agrokimyoda katta amaliy ahamiyatga ega.
Birinchi guruhga tuproqda kimyoviy jihatdan yaxshi singdiriladigan anionlar kiradi.Bu anionlar tuproq yeritmasi va tuproq singdirish kompleksidagi kalsiy, aluminiy, temir singari kationlar yoki oksidlarning gidratlari bilan suvda qiyin yeriydigan birikmalar hosil qiladi.
Ikkinchi guruhga tuproqda singdirilmaydigan yoki manfiy singdiriladigan anionlar,jumladan,suvda qiyin yeriydigan tuzlar hosil qilmaydigan CL-,NO3- anionlari kiradi. Bir valentli anionlar tuproqda yomon singdirilganidan, tuproqning pastki qatlamlariga yuvilib ketadi. Masalan, sho’rlangan yerlarni yuvish jarayonida xlorli tuzlarning tez yerib,yuvilib ketishi muhim ahamiyatga ega, ammo nitratlarning yuvilishi dehqonchilikda noqulay hodisadir. Shuni e’tiborga olib kaliyli,azotli o’g’itlar-ning qo’llanish muddatlariga va normalariga e’tibor byerish kyerak.
Uchinchi guruhga singdirilishi jihatdan yuqoridagi har ikkala guruh oralig‘ida turuvchi (SO42- ,CO2-3 ,SiO2-3kabi) anionlar kiradi. Magniy, kaliy, natriy sulfat tuzlari suvda yaxshi eriydi. Sho’rlangan yerlarni yuvib,sulfat tuzlarini oson ketkazish mumkin
Turli tuproqlar almashinuvchi kationlar tarkibi bilan farq qiladi.(19-jadval) Tuproqda singdirilgan kationlardan ko’pincha Ca2Q, Mg2+,K+, Na+, NH4 +, H+, Al3+, Fe3+ singarilar bo’ladi.
Demak, tuproqda natriyning ko’payishi,uning unumdorligini pasaytirib yuboradi.
Кationlarning singdirish sig’imi. Eritmadagi neytral tuzlar ta’siri bilan tuproq tarkibidan siqib chiqarilishi mumkin bo’lgan kationlarning umumiy miqdori almashinuvchi kationlar yig’indisini (S) tashkil etadi hamda 100g tuproqqa nisbatan mg.ekv bilan ifodalanadi. Bundan ko’rinib turibdiki, qora tuproqlarda kationlarning singdirish sig’imi yuqori bo’lib,ayniqsa ko’p gumusli qismi bu jihatdan aktivdir (100g tuproqda 53,7mg/ekv). Bo’z tuproqlarning singdirish sig’imi yuqori qatlamda biroz ko’p bo’lsada, umuman gorizontlari bo’yicha deyarli bir xil (8,0-8,6mg/ekv)
Tuproq reaksiyasi tuproq yeritmasidagi vodorod (N) va gidroksil (ON-) ionlarining mavjudligi hamda ular konsentratsiyasining nisbatiga bog’liq bo’lib RN bilan ifodalanadi. Tuproq eritmasidagi erigan moddalar bilan tuproq qattiq qismi orasidagi o’zaro ta’sirlashuv natijasida yuzaga keladigan vodorod va gidroksil ionlari konsentratsiyasining nisbatiga ko’ra tuproq neytral (RN-7), kislotali (RN<7) yoki ishqoriy (RN>7) reaksiyaga ega bo’ladi.
Nordon tuproqlarning xossalarini yaxshilashda yerni oxaklash usulidan foydalaniladi.Yerga ohak solinganda tuproqning kislotaliligi neytrallanadi. Ohaklash usuli tayga o’rmon zonasidagi podzol,chimli podzol va botqoq singari kislotali tuproqlarda keng ishlatiladi.

Yüklə 82,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin