Tabiiy unumdorlik. Insonlar qo’li tegmagan tabiiy holatdagi tuproqlar uchun xaraktyerli unumdorlik hisoblanadi.
Sun’iy unumdorlik. Insonlarning maqsadli faoliyati (yerni haydash, unga davriy ravishda mexanikaviy ishlov byerish, melioratsiyalash, o’g’itlardan foydalanish singarilar) ta’sirida yuzaga keladi. Potensial unumdorlik. Tabiiy tuproq hosil bo’lish jarayonlari natijasida paydo bo’lgan xossalar va shuningdek insonlar faoliyati ta’sirida yaratilgan yoki o’zgartirilgan tuproq xususiyatlari bilan belgilanadigan barcha unumdorliklar yig’indisidan iborat.
Effektiv (samarali) unumdorlik, Muayyan iqlim va texnik-iqtisodiy (agrotexnologik) sharoitda ekinlardan hosil olish uchun tuproq potensial unumdorligining foydalaniladigan qismi hisoblanadi. Demak, hosildorlik miqdori samarali unumdorlikning asosiy ko’rsatkichi va konkret ko’rinishidir.
Nisbiy unumdorlik-muayyan guruh yoki turdagi o’simliklarning tuproq unumdorligiga nisbatan bo’lgan munosabati bilan belgilanadi. Bir turdagi o’simliklar uchun unumdor hisoblangan tuproq boshqasiga yaroqsiz bo’lishi mumkin.
Iqtisodiy unumdorlik-tuproqning potensial unumdorligi va yer uchastkalarining iqtisodiy haraktyeristikasiga ko’ra tuproqlarni iqtisodiy jihatdan baholashdir.
Tuproq unumdorligini qayta takroriy yaratish-tuproqning samarali unumdorligini potensial unumdorlikka yaqin darajada saqlash maqsadida, tuproqqa ta’sir etadigan meliorativ va agrotexnika tadbirlari sistemasi yoki tabiiy tuproq jarayonlari yig’indisidan iborat.Tuproqlarni madaniylashtirishning biologik, kimyoviy va fizikaviy usullaridan foydalaniladi.
Biologik usul tuproqda chirindi va azotning ko’proq to’planishiga imkon beradigan tadbirlarni o’z ichiga oladi.Shu maqsadda ko’p yillik o’tlar (beda va turli dukkaklilar) ekiladi va mahaliy organik o’g’itlardan foydalaniladi.
Кimyoviy usul yerga minyeral o’g’itlar solish yo’li bilan tuproqda o’simliklar uchun zarur va tez o’tadigan oziq elementlari miqdorini ko’paytirish hamda tuproqning kimyoviy xossalarini yaxshilashga qaratilgan.