Tuproq va uning qatlamlarida tuzlarning to'planish tiplari



Yüklə 82,5 Kb.
səhifə3/9
tarix04.02.2023
ölçüsü82,5 Kb.
#82827
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Tuproq va uning qatlamlarida tuzlarning to\'planish tiplari

Tuproq ishqoriyligi. Yeritmada gidroqsil ionlari vodorod ionlariga nisbatan ko’p bo’lganda (RN>7) yeritma va tuproqning ishqoriy reaksiyasi vujudga keladi.Ishqoriy reaksiyaning kelib chiqishida eritmadagi kuchli asosli va kuchsiz kislotali xaraktyerdagi (K2CO3, KHCO3, Na2CO4, NaHCO3) tuzlar asosiy rol o’ynaydi. Ishqoriy reaksiyaga ega bo’lgan sho’rtob va sho’rtobsimon tuproqlarning salbiy xossalarini yaxshilash uchun gipslash usulidan foydalaniladi.
Tuproqning singdirish qobiliyati bilan bevosita bog’liq xossalaridan biri,uning bufyerligidir.Tuproq yeritmasi va qattiq fazasining kislotali yoki ishqoriy reaksiyalar ta’siriga qarshi tura olish qobiliyatiga bufyerlik deyiladi.
Tuproqlarga muntazam ravishda organik o’g’itlar solib turish, engil mexanik tarkibli tuproqlarga loyqa yotqazish (kolmotaj) yo’li bilan ularning bufyerligini oshirish muhim agronomik tadbirlardan biri hisoblanadi.
Tuproqning turli tog’ jinslaridan farq qiladigan eng muhim sifat belgilaridan biri unumdorlikdir. Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishining asosiy vositasi hisoblangan tuproqning xalq xo’jaligidagi ahamiyati ham, ana shu unumdorligi bilan belgilanadi. O’simliklar uchun oziq moddalardan tashqari yorug’lik, issiqlik va kislorod uning yashil qismi uchun esa karbonat angidridi zarur. Ana shu moddalar va zarur shart-sharoitlar o’simliklarga tuproq orqali turli darajada etkazib turiladi.
Unumdorlik deb tuproqning o’simliklarni o’sishi va rivojlanishi (hosil byerish) uchun zarur suv, oziq elementlar va shuningdek boshqa barcha shart-sharoitlar bilan ta’min eta olish qobiliyatiga aytiladi. Tuproq unumdorligi nisbiy tushuncha bo’lib, unumdorlik nafaqat tuproq xossalariga, balki o’stiriladigan ekinlar turiga ham bog’liq. Masalan, muayyan bir tuproq alohida o’simliklar uchun unumdor hisoblansa, boshqasiga kam unumli bo’ladi. Chunki har xil o’simliklarning tuproq unumdorligiga bo’lgan talabi bir xil emas.
Tuproqning o’ziga xos xususiyati hisoblangan unumdorligi tuproq paydo bo’lish jarayonlari davomida shakllanib boradi va tuproqning qandaydir bir yoki ikkita xossasi (masalan,oziq moddalar, gumus miqdori yoki fizik xossalari) bilan emas,balki tuproqning barcha xossalari yig’indisi bilan belgilanadi. Unumdorlik tuproq barcha qatlamlari (profili)ning haraktyeri va xususiyatlari bilan belgilanadi. Tuproq unumdorligining elementlariga o’simliklarning o’sib-rivojlanishi uchun zarur oziq moddalar (N,P,K kabilarning) o’zlashtirish uchun oson shakllarining bo’lishi, o’simliklarga qulay tarzdagi suv, havo va issiqlik kabi omillarning mavjud bo’lishi singarilar kiradi. Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishida tuproqdan foydalanilayotganda tuproq unumdorligining barcha omillari va shart-sharoitlariga ta’sir etish lozim.

Yüklə 82,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin