Tuproq va uning qatlamlarida tuzlarning to\'planish tiplari
Fizikaviy usullarga fizik-mexanikaviy va meliorativ tadbirlar qo’llanishi ya’ni yerni ishlash, haydalma qatlamda agronomik jihatdan yaxshi struktura yaratish, tuproqning suv-fizik, issiqlik xossalari va rejimlarini yaxshilash singari tadbirlar kiradi.
Ana shu maqsadda tuproq-agronomik tadqiqotlar matyeriallaridan, jumladan, tuproq kartalari, agrokimyoviy kartogramma-laridan hamda sho’rlanish, botqoqlanish va yeroziyalanish darajasi-ni ko’rsatuvchi tuproq kartog’rammalaridan samarali foydalanish kyerak.
Tuproq unumdorligini muntazam oshirib borish va uning imkoniyatlaridan qishloq xo‘jalik ekinlari hosildorligini yanada oshirish maqsadida samarali foydalanish, hozirgi tuproq-shunoslikning aktual muammolaridan biridir. Tuproqqa maqbul darajada ishlov byerish, o’g’itlar va turli meliorativ tadbirlardan foydalanish, almashlab ekish,yerdan foydalanishni ilmiy asosda tashkil etish tuproqning ekologik holatini yaxshilash singari tadbirlar tuproq unumdorligining samaradorligini keskin oshirish imkonini beradi. O’rta Osiyo tuproqlari unumdorligini o’rganishga doir vegetativ tajribalar shuni ko’rsatadiki,gumusga boy tipik bo’z tuproqlar hamda o’tloq va botqoq-o’tloq tuproqlar ancha yuqori unumdorlikka ega bo’lib, och tusli bo’z tuproqlar kamroq va taqirlar past unumdorlikka ega. Masalan, azotli o’g’itlar barcha tuproqlarda ekinlarning hosilini oshirsada, ammo kam gumusli och tusli bo’z tuproq va taqir tuproqlarda uning samarasi yuqoriroq bo’lgan, fosfor taqirlarda azot va fosfor aralashmasi esa barcha tuproqlarda hosilni oshirish imkonini beradi. Har yili bir tonna paxta hosili uchun 300- 400 kg miqdorida gumus sarflanadi. Buning o’rnini qoplash uchun esa gektariga kamida 20t, go’ng yoki boshqa organik o’g’itlar solish kyerak bo’ladi. Agronom mutaxassislarning asosiy diqqat e’tibori ham tuproqning unumdorligini oshirib, uning ekologik holatini yaxshilab byerishga qaratilmog’i zarur. Tuproq paydo bo’lish jarayonlari natijasida turli tog’ jinslari minerallar va organik moddalarning to’xtovsiz maydalanishi va parchalanishi yuzaga keladi. Hamda tuproq tarkibida zarralar aralashmasi-dispyers sistema hosil bo’ladi.
Dispyers sistemadagi o’lchami 0,2 dan 0,001m(mikron)gacha bo’lgan zarrachalarga tuproq kolloidlari deyiladi.Tuproqning turli qattiq,suyuq va gazsimon moddalarni o’zida singdirishi yoki kolloidlar yuzasida ular konsentratsiyasini oshirish xossasiga tuproqning singdirish qobiliyati deyiladi. Tuproq kolloidlari asosan ikki yo’l: yirik zarralarning mexanik va kimyoviy nurab,maydalanishi va ionlarning kimyoviy yo’llar bilan birikishi(kondensatsiyasi) natijasida hosil bo’ladi.
Tuproq kolloidlari ham boshqa kolloidlar kabi ikki, ya’ni zol va gel holida bo’ladi. Natijada tuproqlarning fizik-suv, fizik mexanik xossalari yaxshilanadi.Demak tuproq kolloidlari bilan bevosita bog’liq bo’lgan koagullanish va singdirish jarayonlari dehqonchilikda muhim ahamiyatga ega. Quyida tuproqning singdirish qobiliyati haqida batafsilroq to’xtab o’tamiz.
Tuproqda kechadigan singdirish jarayonlari o‘z tabiati bilan nihoyatda murakkab bo’lib,jumladan turli moddalarning zarrachalar yuzasida yutilib, ushlanib qolinishi yoki ularning bevo-sita singdirilmasligi kabi har-xil hodisalar yig’indisini o‘z ichiga oladi. Tuproqning singdirish qobiliyati turli kimyoviy, fizikaviy, fizik-kimyoviy va biologik jarayonlar ta’sirida ro’y beradi. Mexanik singdirish qobiliyati. Atmosfyera yoig’nlari va sug’orish suvlaridagi mayda loyqa zarrachalarining tuproq qatlamlarida to’lik yoki qisman ushlanib qolinishiga mexanik singdirish deyiladi.
O’rta Osiyoning qator daryolarning loyqa suvlari bilan (masalan, Amudaryo suvida loyqa ko’p bo’ladi) yerni sug’organda tuproqda mexanik singdirilish natijasida,loyqa bilan birga ko’plab ozuqaviy moddalar to’planadi va tuproq unumdorligi ham oshib boradi.
Biologik singdirish qobiliyati o’simliklar va tuproq mikroorganizmlarining xayot faoliyati bilan bog’liq, ya’ni o’simliklar rivojlanish davrida tuproq yeritmasidan o’ziga kyerakli moddalarni tanlab oladi va ularning organik moddalarga aylantirib, tuproqda, mustahkam ushlab koladi. Demak, biologik singdirish natijasida tuproqda o’simliklar uchun zarur oziqa moddalar, jumladan,azot to’planadi va tuproq unumdorligi yaxshilanib boradi.