«tuproqshunoslik»



Yüklə 1,96 Mb.
səhifə24/62
tarix30.03.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#91380
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   62
ўсимликшунослик сўнги

Biologik xususiyatlari. Kanop issiqsevar o‘simliklar qatoriga kiradi. Urug‘i 10-120 S da o‘sib chiqadi. Temperatura 20-220 S bo‘lganda to‘liq maysalar xosil qiladi. Temperatura 1,0-1,50 S sovuq bo‘lsa faqat maysalarigina emas, katta o‘simliklari xam nobud bo‘ladi. O‘sishi va rivojlanishi uchun 23-250 S yaxshi temperatura xisoblanadi. Kanop namsevar o‘simlik bo‘lganligi uchun suvni yaxshi talab qiladi. Transpiratsiya koeffitsenti 580-700 ga teng. Tuproq namligi 80% bo‘lishi kanop uchun optimal namlik xisoblanadi. SHuning uchun u sug‘oriladigan erlarda yoki yog‘ingarchilik ko‘p bo‘ladigan rayonlarda ekiladi. Suvni 3 barg xosil qilish davrida juda ko‘p talab qiladi. Kanopning vegetatsiya davri, ekiladigan navi va qo‘llaniladigan agrotexnik tadbirlariga qarab 130-140 kungacha boradi.
Kanop yorug‘sevar o‘simlik. Yorug‘lik kam bo‘lgan yoki juda qalin ekilganda, poyasi kalta va nimjon bo‘lib o‘sadi.
Kanop daryo bo‘ylaridagi tuproqlarda, kulrang, bo‘z va bo‘z-botqoq tuproqlarda o‘sadi. Sho‘r tuproqlarda o‘smaydi. Kanopning O‘zbekistonda quyidagi navlari ekiladi: Uzbekskiy-1972, Uzbekskiy-2124, Kubanskiy-338, 3976.
Agrotexnikasi. Almashlab ekishda kanop kuzgi g‘alla ekinlari, don-dukkakli ekinlar va bedadan keyin ekiladi.
Oziq moddalarga talabi katta. 1 gektardan 100 s poyasi bilan tuproqdan 120-150 kg azot, 60-80 kg fosfor, 120-160 kg kaliy olib chiqadi. Vegetatsiya davrining boshlarida kanop ko‘p miqdorda fosfor va kaliy talab qiladi. Azotga bo‘lgan talabi esa shonalash va gullash fazalarida ortib boradi.
O‘g‘itlarga juda talabchan, go‘ng bilan mineral o‘g‘itlar birga solinsa u yaxshi o‘sadi. Kanopga o‘rtacha gektariga 90-150 kg azot, 90-150 kg fosfor va 50-70 kg kaliy beriladi. Mineral o‘g‘itlarning asosiy qismi, ya’ni 50-60% fosfor va 50% kaliy organik o‘g‘itlar bilan birgalikda kuzgi shudgorda beriladi.
Agar kanop bedadan keyin ekilsa birinchi yili meneral o‘g‘it normasi kamaytiriladi. Go‘ng bilan fosfor va kaliy o‘g‘itlarini yarmini kuzgi shudgorlashda, ekish vaqtida 25-30 kg N va R beriladi, qolgan qismi esa 8-10 ta barg chiqarish fazalari va shonalashdan oldin beriladi. Ekishda eng sara urug‘ ekiladi, uning chiqishi 80% dan, tozaligi 94% dan kam bo‘lmasligi kerak.
Kanop tuproq yaxshi qizigan vaqtda, ya’ni temperatura 12-150S bo‘lganda ekiladi. O‘zbekistonda tola uchun ekiladigan kanop 10-12 aprelda ekiladi. Urug‘ olish uchun ertaroq 1-10 aprelgacha ekib olish kerak bo‘ladi. Agar kanop tola olish maqsadida ekilayotgan bo‘lsa, lenta usulida ekiladi. Bunda ekish normasi 35-40 kg ni tashkil etadi.
Urug‘ olish uchun ekilsa keng qatorlab, qator orasi 60 sm qilib ekiladi, bunda ekish normasi xam kamaytiriladi. 1 ga ga 18-20 kg urug‘ ekiladi. Ekish chuqurligi engil tuproqlarda 5-6 sm qilib, og‘ir tuproqlarda 3-4 sm qilib ekiladi. Butun vegetatsiya davrida tola olish uchun ekiladigan kanop 5-6 marta sug‘oriladi. Birinchi sug‘orish o‘simlik balandligi 12-15 sm bo‘lganda, keyin xar 15-20 kunda sug‘oriladi. Urug‘ olish uchun ekilgan kanop birinchi kultivatsiyadan so‘ng yaganalanadi. 1 ga da 150-180 ming o‘simlik qoldiriladi. Uch marta sug‘oriladi. Birinchi marta 18-20 barg xosil bo‘lganda, ikkinchi marta -shonalash va uchinchi marta gullash fazasida sug‘oriladi.
Tola uchun ekilgan kanopni 50% gullaganda o‘riladi. Lub tola ajratuvchi LS-1 rusumli mashinada kanopni poyasini ko‘k po‘stlog‘idan ajratib olinadi. Tolasi dalaning o‘zida quritiladi va 10-12 kg. dan qilib bog‘lab lub zavodlariga jo‘natiladi.
Urug‘lik kanop 50% o‘simlik sarg‘ayganda 1-10 sentyabrgacha o‘riladi. O‘rilgan poyalar 1-4 kun davomida so‘litiladi, keyin bog‘lab, taxlab qo‘yiladi. Qurigan poyalar maxsus kombaynlarda yanchib olinadi.
Jut: Jut poyasi to‘g‘ri o‘sadi, yumaloq, yashil yoki qizg‘ish och jigarrang bo‘ladi. Jut o‘simliklari to‘g‘ri parvarish qilinsa, poyasining balandligi 3 metrgacha oshadi va undan xam ortadi. Jut poyasida 22% gacha tola bo‘ladi. Xosili uzunchoq ko‘sakdan iborat bo‘lib, ichida 200 donagacha urug‘i bor. Jut urug‘lari to‘q yashil tusli, juda mayda bo‘ladi. Urug‘larining absalyut og‘irligi 2 g bo‘ladi. Xarorat 180S , namlik esa etarli bo‘lganda jut 4 kunda unib chiqadi. Aksincha bo‘lganda esa urug‘ning unib chiqishi 10 kungacha cho‘zilishi mumkin.
O‘simliklar dastlabki davrlarda juda sust (bir sutkada 0.3 sm) o‘sadi. Bu davrda ildiz sistemasi er ustki qismidan tezroq o‘sadi. Keyinchalik bu o‘simlik yaxshi rivojlanib ketadi. Jut gullayboshlashi bilan (unib chiqqandan 95 kun keyin) asosiy poya o‘sishdan to‘xtab, undagi shoxlari o‘saberadi. Poyadagi texnika qismining uzunligi uning sifat darajasini ko‘rsatadi. Jut o‘simligi qanchalik yaxshi parvarish qilinsa, poyasining texnika qismi shunchalik baland bo‘ladi. Jut o‘simligini er osti suvlari yuza joylashgan va sho‘rlashgan xududlarga ekish yaxshi samara bermaydi.
Tuproqning xususiyatlari , er osti suvlarining joylashuviga va o‘simliklarning xolatiga qarab, jut o‘rtacha 7 marotaba sug‘oriladi. Jut ayni o‘sadigan davrda (iyulda va avgustning birinchi yarmida) suvga bo‘lgan talabi ortadi. Jut unib chiqqandan 10 kun o‘tgach, birinchi marta sug‘oriladi. Jut poyasi uchun ekilganda o‘rishdan 7 kun ilgari, urug‘i uchun ekilganda esa, o‘simliklarning texnika qismi pisha boshlashi bilan sug‘orish to‘xtatiladi.
Jutga o‘suv davrida yillik o‘g‘it normasidan; fosforli o‘g‘itlarning 50% i, kaliyli o‘g‘itlarning 50% i va yillik azotli o‘g‘itlarning xammasi solinadi . Jut unib chiqqandan keyin 35 kun o‘tgach birinchi marta, undan 30 kun o‘tgach ikkinchi marta o‘g‘itlanadi.

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin