Tolaning ingichkaligi (mkm) qurigan tolaning diametrini (enini) o‘lchab aniqlanadi. U 1,0-3,0 ko‘pincha 15-25 mkm ni tashkil etadi. Ingichka tolali g‘o‘za navlarining tolasi eng ingichka bo‘ladi.
Tolaning metrik nomeri bilan xam tolaning ingichkaligi o‘lchanadi, u 1 g tolaning umumiy uzunligini ifodalaydi. Tolalarni umumiy uzunligi qancha uzun bo‘lsa, u shuncha ingichka bo‘ladi. Metrik nomer turli navlarda 3000 dan 8000 gacha bo‘ladi.
Tolaning pishiqligi 1 dona tola uzulguncha g xisobida qancha yuk ko‘tara olishini ko‘rsatadi. Tolaning pishiqligi 4 dan 7-8 g gacha va undan ortadi.
Tolaning uzilish uzunligi uning metrik nomeri bilan pishiqlik ko‘paytmasiga teng. U km bilan ifodalanadi. (masalan, 5000x525 km). Bu ko‘rsatkich qancha katta bo‘lsa, yig‘iriladigan ipning pishiqligi shuncha yuqori bo‘ladi.
Tola elastikligi ya’ni uning cho‘ziluvchanlik xususiyati pishiqligi va ingichkaligi bilan chambarchas bog‘liq bo‘ladi. Pishiq ingichka tola eng elastik bo‘ladi.
Biologik xususiyatlari. CHigit tuproq temperaturasi 10-120S bo‘lganda una boshlaydi. 20-250S da qiyg‘os unib chiqadi. 0,5-10S g‘o‘za uchunsovuq nobud qiladigan darajada ta’sir qiladi. G‘o‘za issiqni (25-300S) gullash va shonalash fazalarida ko‘p talab qiladi. Temperatura 10-120Spasayganda tolasi qisqa bo‘lib qoladi va to‘la etilmaydi.
G‘o‘za yorug‘sevar qisqa kun o‘simligi. Siyrak tushgan yorug‘likda uning rivojlanishi cho‘ziladi va vegetativ massasi ko‘payadi.
Qirg‘oqchilikka chidamli o‘simlik. Ildiz sistemasi tuproqning chuqur qatlamlaridan, er osti suvlaridan foydalanishga imkon beradi. Transpiratsiya koeffitsenti 500-600. Sug‘orishga juda ta’sirchan. Sug‘oriladigan sharoitda xosili ortadi. Mamlakatimizda g‘o‘za faqat sug‘oriladigan sharoitda ekiladi. O‘rta Osiyoda g‘o‘za bo‘z, bo‘z-o‘tloqi va o‘tloqi-botqoq tuproqli erlarga ekiladi. Tuproqning kuchsiz sho‘riga chidaydi.
G‘o‘za quyidagi tartibda rivojlanadi. CHigit ekilgandan keyin 5-6 chi kuni er yuziga urug‘ pallasi yorib chiqadi, 8-10 kundan keyin chin barg chiqadi. Navbatdagi xar qaysi barg 3-5 kunda chiqadi. 7-8 ta chin barg chiqarganda 4-5 chi barg qo‘ltig‘ida va undan balandroqda 1 chi xosil shoxi vujudga keladi. Bu shonalash davrining boshlanishi xisoblanadi. Birinchi chin barg chiqargandan to shonalash davri boshlarigacha 20-30 kun vaqt o‘tadi.
G‘o‘za tupida shonalar 2 xil yo‘nalashda: xosil shoxi bo‘ylab (gorizontal) va yuqorida joylashgan xosil shoxlarida spiral bo‘ylab paydo bo‘ladi. Birinchi shona xosil bo‘lishidan 1 chi gul ochilishigacha 25-35 kun o‘tadi, bu esa 9-10 xosil shoxining paydo bo‘lishiga to‘g‘ri keladi.
. Gullashdan ko‘saklarning ochilishigacha 50-65 kun o‘tadi. CHigit ekishdan to birinchi ko‘saklar ochilguncha g‘o‘za navlarida 120-140 kun, ingichka tolali g‘o‘za navlarida 145-160 kun vaqt o‘tadi.
G‘o‘za turlari va navlari. G‘o‘zaning Gossypium- avlodi 37 turni o‘z ichiga oladi, shundan 7 ta turi madaniy va 30 ta turi yovvoyi xisoblanadi. Asosan g‘o‘zaning 2 ta madaniy turi - oddiy meksika g‘o‘zasi (G, hirsutum L.) va peru g‘o‘zasi (G,barbadense L.) ekiladi.
G‘o‘za agrotexnikasi. Ko‘pchilik paxtachilik rayonlarining tuproqlari oziq elementlari bilan kam ta’minlangan bo‘ladi. Respublikamizda g‘o‘za ekiladigan maydonlarning kattagina qismi sho‘rlangan tuproqlarga keladi. SHuning uchun xam bunday tuproqlar unumdorligini oshirish, almashlab ekishni to‘g‘ri joriy qilish, tuproqlarga ishlov berish, o‘g‘itlash tizimini to‘g‘ri joriy etish talab etiladi.
Almashlab ekishda asosan bedadan foydalaniladi. Bedaning axamiyati shundan iboratki, u bir yilda tuproqda 150 kg gacha azot to‘playdi. SHu bilan bir qatorda er osti suvlarini satxini pasaytirishda, tuproqlarning sho‘rini kamaytirishda, tuproqlarning fizik-kimyoviy xususiyatlarini yaxshilashda muxim axamiyatga ega. Beda ekilgandan so‘ng, g‘o‘za ekilganda, ular vilt kasalligiga chalinmaydi. Bedadan tashqari almashlab ekish dalalariga qand lavlagi, dukkakli-don ekinlari ekiladi. G‘o‘za g‘allali ekinlar uchun eng yaxshi o‘tmishdosh xisoblanadi.
Tuproq-iqlim sharoitlariga bog‘liq xolda er kultivatsiya qilinadi, yuza xaydaladi, chizellanadi, shudgor qilinadi. Eng progressiv usullardan 2 yarusli shudgor qilishdir. Bunda 30-40 sm chuqurlikda er xaydaladi. Bu usul qo‘llanilganda tuproq oziq elementlari yaxshi taqsim qilinadi, begona o‘tlardan tozalanadi, natijada xosildorlik 2,5-3,0 s ga oshadi.
O‘g‘itlash. G‘o‘za o‘g‘itga talabchan o‘simlik. 1 t paxta xom-ashyosi va unga mos o‘simlik poyasini xosil qilish uchun g‘o‘za tuproqdan o‘rta xisobda 50-60 kg azot, 15-20 kg fosfor va 50-60 kg kaliy o‘zlashtiradi. G‘o‘za oziq elementlarni eng ko‘p qismini intensiv o‘sish davrida (gullash va etilish) fazalarida talab qiladi. Butun vegetatsiya davrida beriladigan umumiy azot, fosforni 60-70 % ini, kaliyni 70-80 % ini shu fazada iste’mol qiladi.
O‘rta Osiyoni ko‘pchilik tuproqlarida g‘o‘zadan yuqori xosil etishtirish o‘g‘itlar 1:0,7-0,8:0,3-0,5 nisbatda berilganda yaxshi natijaga erishiladi. O‘g‘itlarni yuqori samaradorligi ular vegetatsiya davrida bo‘lib-bo‘lib berilganda kuzatilgan. Azotni 12 normasi-ekin ekish oldidan yoki 3-4 ta chin barg chiqarish fazasida, qolgan yarim qismi 2 marta shonalash va gullash oldidan beriladi. Fosforli o‘g‘itlar xam 2 marta beriladi. Asosiy 70-80% kuzgi shudgorda, qolgan 20% ekish oldidan beriladi. Kaliyni shonalashgacha 15-20% ini, gullash va xosil tugish davrida 75-80 % ini iste’mol qiladi.
Azot, fosfor va kaliydan tashqari g‘o‘zani o‘g‘itlashda oltingugurt muxim rol o‘ynaydi. Oltingugurt etishmasa, o‘simliklar yaxshi o‘smaydi, bargi sariq rangda bo‘ladi. Magniy etishmasa o‘simlik barglari qo‘ng‘ir-qizil tusga kiradi. Bunday barglar tez to‘kiladi va xosilni kamaytiradi. Tuproqga superfosfat solish bilan o‘simliklarni magniy bilan ta’minlash mumkin. Natriy tuproqda etarli miqdorda bor, lekin ortiqcha miqdorda bo‘lishi o‘simliklarni o‘sish va rivojlanishiga salbiy ta’sir etadi. Mikroelementlardan marganets, bor,rux, molibden muxim rol o‘ynaydi. Mikroelementlar tuproqqa kombinirlangan o‘g‘itlar bilan solinadi yoki ekish oldidan chigitlar shu mikroelementlar bilan purkaladi.