«tuproqshunoslik»



Yüklə 1,96 Mb.
səhifə29/62
tarix30.03.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#91380
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   62
ўсимликшунослик сўнги

Tayanch iboralari: tuganak meva, er nok, batat, quruq modda, fruktoza, ildiz chirish, nekroz, tunlam, uzuntumshuq.
Bu guruxga xar xil tur va oilaga mansub tuganak meva xosil qiladigan o‘simliklar kiradi. Tuganakmevalilar oziq-ovqat sanoatida, em-xashak tayyorlashda va texnik xomashyo sifatida ishlatiladi. Tuganakmevalar er osti poyalarida yoki ildizlarida 5-20 sm chuqurlikda rivojlanadi. Tuganakmevalilar qator orasiga ishlov beriladigan ekinlar bo‘lganligi sababli almashlab ekishda katta axamiyatga ega.
Jaxonda tuganakmevali o‘simliklardan quyidagilar ekiladi:

  1. Kartoshka - Solanum tuberosum L. oilasi- Solanaceae

  1. Batat - Ipomaea batatus Lam. oilasi- Convolvulaceael

  2. Topinambur - Helianthus tuberosus L. oilasi - Asteraceae va xokazolar.

Bu ekinlar xar xil oilaga mansub bo‘lgani bilan ularning tuganakmevasi bir-biriga yaqin, tarkibida quruq modda kam, shu bois yaxshi saqlanmaydi. Tuganakmevali ekinlarni etishtirish texnologiyasi bir-biriga yaqin, chunki ularning barchasi qator orasiga ishlov beriladigan ekinlardir. Jaxonda tuganakmevali o‘simliklar orasida eng ko‘p tarqalgani kartoshka o‘simligidir. Tuganakmevali ekinlardan Respublikamizda asosan kartoshka, qisman topinambur-er noki va batat (shirin kartoshka) ekiladi.
Topinambur, yernok (Helianthus tuberosus L.) — murakkabguldoshlarga mansub koʻp yillik oʻsimlik, tuganak mevali yemxashak ekini. Vatani — Shim. Amerika. Yevropaga 17-asr boshlarida keltirilgan. Rossiyada 18-asrda tarqalgan. O`zbekistonda silosbop ekin sifatida ekiladi. Poyasining koʻrinishi kungaboqarnp eslatadi. Yer osti poyalarida 20—70 ta noksimon (yernok nomi shundan), cho`zinchoq, urchuqsimon va sirti silliq yoki burushikdi tuganak hosil bo`ladi. Ildizi popuksimon, tuproqqa 2–3 m kirib boradi. Bo`yi 1,2—2,5, ba`zan 4 m gacha. Barglari bandli, tuxumsimon, gullari savatchato`pgulga yig`ilgan. Mevasi pista, 1000 dona pistasi vazni 7—8 g . T.ning yer usti poyasi —6°, yer osti poyasidagi tuganaklar —20° ga chidaydi. Sho`rlanmagan tuproqlarda o`sadi, oziqaga talabchan. O`suv davri 120—200 kun. T. ayni paytda texnik va oziq-ovqat o`simligi hisoblanadi. Tuganagi oziqovqatga ham ishlatiladi. Tarkibida 2,3% oqsil, 0,2% moy, 17,9% azotsiz moddalar, 1,3% kul va boshqa, shuningdek, 16—18% inulin [undan qand (fruktoza), spirt ishlab chiqariladi], V,, S vitaminlar, 100 kg palagida 22,5 ozuqa birligi va 1,8 kg g`azm bo`luvchi protein bor. T.dan tibbiyotda har xil doridarmonlar tayyorlanadi. T. yetishtirish uchun 25—50 g li tuganaklari ekiladi (yiriklari faqat bahorda kesib ekilishi mumkin). Ekish sxemasi: 70x70, 60x60, chuq. 10—15 sm. Poyasi yoz o`rtasida o`riladi, kuzda tuganagi kavlab olinadi. Ko`kati o`rilmasa tuganak hosildorligi yuqori bo`ladi. Hosildorligi: ko`k massa bo`yicha 350 — 500 s/ga, tuganagi bo`yicha 200—250 s/ga. Tuganagi yer ostida yaxshi sakdanadi, shu sababli uni zaruratga qarab kavlab olinadi.
Kasalliklari: ildiz chirish, nekroz. Zararkunandalari: tunlamlar, uzuntumshuq, simqurt.
Batat. Batat shirin kartoshka, oziq ovqat va em xashak sifatida ishlatiladi. Batat oziq ovqatda, uni non yopishda qisman qo‘llaniladi, konditer sanoatida, piva tayyorlashda, spirt va qand ishlab chiqarishda ishlatiladi. Batat tuganagi tarkibida 69.1% suv, 1.7% azotli moddalar, 1.7% kletchatka, 26.38% azotsiz moddalar, 1.18% kul maddasi bor. Batat chorva mollariga yangiligicha, siloslanagan va pishirilgan xolda beriladi. Xozirgi vaqtda Batat Xindistonda, Xitoyda, Janubiy Amerikada ko‘p ekilmoqda. Batat pechakguldoshlar oilasiga mansub bo‘lib, bu avlod 400 dan ortiq turni o‘z ichiga oladi. Ildizi o‘q ildiz bo‘lib ko‘p shoxlanadi, yon shoxlari yo‘g‘onlashib tuganakmevaga aylanadi. Tuganakmevasining yuzasi tekis, goxo g‘adir budir bo‘ladi. Batat chetdan changlanadi, batat tropik mintaqasida ko‘p yillik ekin, subtropik va mo‘‘tadil iqlim sharoitida bir yillik ekin xisoblanadi. O‘suv davri 5 oy davom etadi. Batat issiqsevar o‘simlik, uning o‘sishi va rivojlanishi 350 S da o‘tadi. Xarorat 100S bo‘lganda o‘sishdan to‘xtaydi. Batat yorug‘sevar qisqa kun o‘simligi, umuman qurg‘oqchilikka chidamli, ammo o‘suv davrining dastlabki 2 oyida suvga talabchan bo‘ladi. O‘suv davrining oxirida , xosilni yig‘ishga 2 oy qolganda kam sug‘oriladi. Oziq elementlaridan kaliyni ko‘p o‘zlashtiradi, fosforni kaliyga nisbatan kam o‘zlashtiradi. Azot o‘sishni keskin faollashtiradi, ammo xosilning sifati pasayadi. Batat o‘suv davri bo‘yicha 2 guruxga bo‘linadi: ertapishar va kechpishar. Tuganak meva mag‘izining rangi oq, sariq, qizil, tuganak meva shirali yoki shirasiz , suvli yoki dag‘al suvsiz bo‘ladi. Bu o‘simlik poya qalamchalaridan ko‘payadi. Uning tuganagi undirilsa, 50 dan ortiq o‘simta beradi, o‘simta berish muddati 50 kun davom etadi. O‘simtalarning pastki qismida mayda ildizlar xosil qiladi va ular yulingan xolda tuproqqa o‘tkazilganda tezda tutadi. Batatni poyasi qalamcha xolida yoki bargi tuproqqa ekilsa yaxshi tutadi va o‘sadi. Batat quyidaga usulda ko‘paytiriladi: vazni 200 gr bo‘lgan tuganaklar fevral oyi oxirlarida parnik yoki issiqxonada nam qumga ko‘mib so‘ng undira boshlanadi. Tuganak tezda o‘simta xlsil qiladi va o‘simta 4-5 bo‘g‘inlarga bo‘linib, balandligi 15 sm ga etgan vaqtda ona tuganakdan sindirib chirindi aralash tuproqqa pikirovka qilinadi. Ko‘karib chiqqan o‘simtalarni sindirib olish bir necha marta takrorlanadi va bu may oyigacha takrorlanadi. Pikirovka qilingan nixollar yaxshi ildiz otib o‘sa boshlagandan so‘ng , uni yuqori qismidan poyalari qalamcha qilib kesib olinadi va yana rassad qilinadi. Ko‘p o‘simta va qalamcha olish ona tuganakni erta undirishga bog‘liqdir. Mart oyi boshida undirishga qo‘yilgan 100 kg ona tuganaklardan 20 ming donagacha ko‘chat olish mumkin.

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin